103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2019

To‘rtko‘llik yer berilmagani uchun hokimlik binosida o‘z tomirini kesdi

0
19 aprel kuni To‘rtko‘l tuman hokimligi binosida  uch bolaning otasi, 45 yashar Umar Fayzullaev o‘z joniga qasd qilib, tirik qoldi.

Voqea guvohlariga ko‘ra, Fayzullaev qo‘lining tomirini to‘rt marta kesgach, o‘sha yerdagi odamlar uni to‘xtatib qolgan.

To‘rtko‘l tuman hokimligi mulozimi 19 aprel kungi ushbu voqea bo‘yicha savollarimizni javobsiz qoldirdi. Telefon go‘shagini ko‘targan hokimlik mulozimi o‘z joniga qasd qilish voqeasini eshitishi bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Umar Fayzullaevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, u tadbirkorlik uchun so‘rayotgan yerini berishmayotganiga norozilik sifatida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

 


Voqea o‘tgan juma, ertalab soat 10:30larda sodir bo‘lgan. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan to‘rtko‘llikka ko‘ra, u voqeaga shaxsan guvoh bo‘lgan.


“To‘rtko‘l tuman hokimligida, hokimning qabulida bir yigit o‘zini so‘yib tashladi. Hozir To‘rtko‘l tuman markaziy kasalxonasida yotibdi”, dedi ismini ochiqlamayotganimiz to‘rtko‘llik manba.




Ozodlik surishtiruvlari natijasida o‘z joniga qasd qilib, tirik qolgan shaxs – To‘rtko‘l shahri Do‘stlik mahallasida yashovchi 45 yashar Umar Fayzullaev ekanini aniqladi.


Umar Fayzullaev Ozodlik bilan suhbatda norozilik sifatida o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytdi:


- Cho‘ntagimda lezvie bor edi. Jonimdan to‘yib ketdim. O‘zimni kesib yubordim.O‘zimni shu yerda o‘ldiraman, deb borgandim. Mening dardimga e’tibor qaratsinlar, degan ma’noda qildim. Meni eshitsinlar dedim. Hokim ham eshitmadi. Qurilish bo‘limlari ham eshitmadi. Boshqalar ham eshitmadi. O‘zimni o‘ldirmoqchi bo‘lib bordim. O‘lsam, bolalarimning dardini eshitar deb o‘yladim. Qo‘limning tomirini 4 marta kesdim. Keyin ushlab qolishdi. To‘rt marta kesgandan keyin o‘sha yerda odamlar ushlab qoldi. Keyin skoriy chaqirishdi. 




Umar Fayzullaevning aytishicha, 2007 yilda tuman hokimligi qarori bilan shaharning Do‘stlik tumanidan 6 sotix yerni olgan va uning bir qismiga turar-joy qurgan, qolganiga tadbirkorlik qilish uchun bino qurishni rejalagan.


“Biroq keyinchalik yer to‘g‘risidagi hokim qarorini soxta deb topishdi. Yugur-yugur qilib, zo‘rg‘a, yashab o‘tirgan joyimizga qaytadan qaror chiqarib oldik. Atigi 100 kvadrat/metr yerga chiqdi hokim qarori. Men tadbirkorlik qilmoqchiman. Ustaxona, meva- sabzavot sotadigan laryok va tikuvchilik sexi qurmoqchiman. Hozir uyimning oldiga do‘kon qurishni boshlashayapti. O‘sha kuni hokimiyatga stress holatida keldim. Hokimga bir hafta avval kelib uchrashganimda, u “mayli, hal qilib beramiz” dedi. Og‘zaki aytdi.




​Oldingi juma kuni edi. Lekin keyin kelib, baribir shu yerga do‘kon quramiz deyishdi. Hokimlik qabulida dardimni aytib, o‘zimni kesdim. Hamma joy bardak. O‘zlari qaror chiqarib, keyin yana falshiviy deydi. Qaytadan yana pul olishadi”, deya nolidi Umar Fayzullaev.


To‘rtko‘l tuman hokimligi mulozimi 19 aprel kungi ushbu voqea bo‘yicha savollarimizni javobsiz qoldirdi. Telefon go‘shagini ko‘targan hokimlik mulozimi o‘z joniga qasd qilish voqeasini eshitishi bilan go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.


Umar Fayzullaevning aytishicha, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i kelib, voqea bo‘yicha u bilan suhbatlashgan.


Ikki yil avval Umar Fayzullaevning hamyurti Ahmad Niyozimbetov uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, tomdan sakragan va tirik qolgan edi.




O‘zbekistonda norozilik bois o‘zini o‘ldirish yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish holatlari avval ham kuzatilgan.


Jumladan, MIB gazini uzgan qibraylik 29 yashar Nozima Ergasheva 14 dekabr kuni ertalab hokimi qabulida norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘ygandi.


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil noyabrdagi hukumat majlisida mamlakatda suiqasd holatlari "soat sayin" ortayotganini aytgandi.


Joriy yildan prezident farmoni bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga “O‘zbekiston Respublikasi Bosh psixiatri” va “O‘zbekiston Respublikasi Bosh suitsidologi” lavozimlari kiritildi.  




Губернаторы России
Москва

Собянин: Конкурс грантов для НКО побил рекорд по числу одобренных заявок





Москва

Можно ли перевестись из одной автошколы в другую в процессе обучения?


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин подвел итоги конкурса грантов для социально ориентированных НКО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Фрэнк Синатра

Мартин Скорсезе отложил производство фильмов про Иисуса Христа и Фрэнка Синатру




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Офицеры Управления Росгвардии по Ивановской области стали призерами Чемпионата Центрального округа

Чемпионат Центрального округа по летнему офицерскому троеборью завершился в Москве

Сборная команда Главного управления Росгвардии по Московской области вошла в тройку победителей на чемпионате Центрального округа


ATP

Алибек Качмазов поднялся на 73 позиции в рейтинге ATP, достигнув 179-го места



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России