"Qora ro‘yxat hanuz amalda". AQShdan Toshkentga uchib borgan o‘zbekistonlik faol vataniga kiritilmadi
O‘zbekistonga sayyohlik vizalarini olish soddalashtirilgani haqidagi xabarlar ortidan Toshkentga otlangan asli o‘zbekistonlik chet el vatandoshlari sayyohlik vizasi ololmayotganliklarini aytishmoqda. Borganlari esa o‘zbek qonunchiligidagi vizasiz kirish imtiyoziga qaramasdan Toshkent aeroportidan deportatsiya qilingan holatlar bor. 65 yashar Isoqjon Zokirov sobiq O‘zbekiston vatandoshi. U bundan qariyb 20 yil avval, o‘zining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi siyosiy ta’qiblardan qochib AQShda boshpana topgan. Читать дальше...