Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiadada boksni o‘yinlar dasturidan olib tashlashi mumkin. Bu haqda XOQ rahbari Tomas Bax Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari ochilishi arafasida o‘tkazilgan qo‘mita yig‘inida ta’kidladi. Janob Bax bunga sabab sifatida Xalqaro Havaskor boks uyushmasi AIBAdagi korrupsiya va dopping-nazorati bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatib o‘tgan. O‘tgan oy AQSh "Qora ro‘yxat"iga kiritilgan o‘zbekistonlik taniqli ishbilarmon va metsenant G‘afur Raximov AIBA prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanlandi. Hozirda AIBA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv boshlangan, XOQ uyushmaga moliyaviy to‘lovlarni to‘xtatgan.