Добавить новость
103news.com
World News
Март
2018

Dushanbe hukumati ham vizasiz sayohat bitimining hali kuchga kirmaganidan ogohlantirdi

0
13 mart kuni Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi tojikistonliklarni O‘zbekistonga vizasiz safar qilish hali boshlanmaganini ma’lum qildi.


9-10 mart kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida ikki davlat fuqarolarining 30 kungacha vizasiz safar qilishlariga ruxsat beruvchi hukumatlararo bitim imzolandi.


Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi “ommaviy axborot vositalarida ushbu bitimning imzolangan kundan boshlab kuchga kirganiga oid noto‘g‘ri xabarlar tarqalgani” ortidan O‘zbekiston bilan chegarada odamlar to‘plana boshlagan.


Anglashilmovchilikning oldini olish maqsadida chiqargan bayonotida Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi hukumatlararo bitim hali kuchga kirmagani¸ buning uchun hujjat ikkala davlat parlamenti tomonidan ratifikatsiya bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi.


Vazirlik O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda vizasiz o‘tish-qaytish uchun lozim texnik va boshqa sharoitlarni yaratish ustida ish borayotganini ham bildirdi.


Yangi tartibga oydinlik kiritgan vazirlik tojikistonliklarning  O‘zbekiston hududiga faqat amalda bo‘lgan xorijiy pasport bilan o‘tishlari mumkinligini ham ma’lum qildi.


Aytilishicha¸ 30 kungacha vizasiz o‘tib-qaytish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning kuchga kirishi sanasi alohida e’lon qilinadi.


Tojikiston parlamenti quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonovning 13 mart kuni Ozodlikka aytishicha, mazkur bitimning  kelgusi oy boshida ratifikatsiya qilinishi kutilmoqda.


Bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot tarqatgan va unda "ommaviy axborot vositalarida ushbu Bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ushbu Bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma’lum" qilgan edi.


Ayni paytda¸ Tojikiston va O‘zbekiston chegaraoldi mintaqalarida yashovchilar uchun  5 kun vizasiz o‘tish va qo‘shni davlat hududida 30 kilometrdan uzoq bo‘lmagan masofaga sayohat qilish tartibi o‘zgarishsiz amalda qolmoqda.


Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi o‘ndan ortiq nazorat-o‘tkazish punktlari qayta ochilib, ular faoliyati qayta jonlantirildi.


Rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ Samarqand viloyatidagi «Jartepa» («Sarazm»), Jizzax viloyatidagi «Kushkent» («O‘ratepa») va «Uchqo‘rg‘on» («Havotog‘»), Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod» («Zafarobod»), Toshkent viloyatidagi «Bekobod» («Xashtyak»), Namangan viloyatidagi «Pop» («Navbunyod»), Farg‘ona viloyatidagi «Ravot» («Ravot»), Surxondaryo viloyatidagi «Gulbahor» («Ayvaj») kabi avtomobil yo‘llaridagi punktlar, shuningdek, temir yo‘l chizig‘idagi «Amuzang» («Hoshadi») punti ochildi.






Губернаторы России





Губернаторы России
103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России