Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News
Июнь
2018

Kollej o‘quvchisining urib o‘ldirilgani bo‘yicha tergovning adolatsiz borayotgani aytilmoqda

0
 Kollej o‘quvchisining urib o‘ldirilgani bo‘yicha tergovning adolatsiz borayotgani aytilmoqda

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanining Shaxand agroiqtisodiyot kollejining 2-bosqich o‘quvchilari tomonidan urib o‘ldirilgan 3- bosqich o‘quvchisi 19 yashar Abdug‘affor Alijonovning o‘limida asosiy aybdor ochiqda qolib, boshqalar hibsga olingan.

Bu iddaoni Ozodlikka marhumning yaqinlari¸ ayni paytda tergov harakatlarida ishtirok etayotgan mulozimlardan biri ma’lum qildi.

Abdug‘affor Alijonov 1 iyun kuni kollej binosi oldida kaltaklab o‘ldirilgan edi.

To‘raqo‘rg‘on Ichki ishlar bo‘limining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimiga ko‘ra¸ Abdug‘affor Alijonovni urib o‘ldirganlikda gumonlanib Shaxand agroiqtisodiyot kollejining 2-bosqichida o‘qiydigan besh nafar talaba hibsga olingan.

Ayni mulozimga ko‘ra, 17 va 18 yoshdagi bu bolalar ustidan jinoyat ishi ochilgan va ular O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida ko‘zda tutilgan (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, d) jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa, - sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlarida ishtirok etayotgan shaxsning ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka aytishicha¸ tergov Abdug‘affor Alijonov o‘limi bilan tugagan janjalning asosiy sababchisini ochiqda qoldirib, uning keyingi qatnashchilarini hibsga olgan.

“Kollejning 2-bosqich o‘quvchisi A. janjalning asosiy sababchisi. U bolalarni yig‘ib kelgan. Abdug‘afforga birinchi zarbani ham A. bergan. Keyin qolgan bolalar uni o‘rtaga urishgan. Hozir O., Sh., A., I., M., ismli besh bola hibsga olingan. Lekin janjalning asosiy sababchisi A. ochiqda qolmoqda. Chunki u obro‘li, boy-badavlat shaxsning o‘g‘li. Bizning qonunchilikda jinoyat tashkillashtirgan odam uning ijrochilari bilan hech bo‘lmasa teng qatorda javob berishi kerak emasmi? A. esa chetda qolib ketdi. Unga nisbatan hech qanday ayblov ham qo‘yilmagan, vatincha saqlash izolyatoriga ham olinmagan”, deydi tergov harakatlarida ishtirok etayotgan shaxs Ozodlik bilan suhbatda.

Ayni manba, jinoyatda gumonlanayotgan 18 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan tergov davomida qiynoq qo‘llanilayotganini ham iddao qildi.

“Voqea bo‘lgani fakt. Bolaning o‘lgani fakt. Dastlabki tergov faqat ana shu janjalda ishtirok etgan bolalarning surishtiruv davomida olingan gaplariga qarab qurilayapti. Bu bolalardan ikki sutka davomida qo‘llariga kishan solingan va batareyalarga bog‘langan holatida ko‘rsatma olindi. Bolalarni bir-birlariga qarshi qayrab o‘zlariga istalgan ko‘rsatma olishga harakat qilindi. Bu holatni bolalarning o‘zlari aytib berayapti. Voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan odamlardan ko‘rgazma olinmayapti”, dedi tergov harakatlarida ishtirok etayotgan shaxslardan biri.

Marhum Abdug‘affor Alijonovning otasi ham o‘g‘lining o‘limiga sabab bo‘lgan janjal tashkilotchisi ochiqda yurganini ko‘rganidan so‘ng, tergovni boshqa viloyat yoki tuman tergovchilari olib borishini so‘rab prezidentga maktub yozganini aytadi.

“U guruhda o‘ntacha bola bo‘lgan. Men voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan guvoh bilan gaplashdim. Uch-to‘rttasi o‘rtaga olib urib, tepadi ekan, qolganlari atrofida devor hosil qilib boshqalarni kelgani qo‘ymas ekan. Bu jinoiy guruh bo‘lmasdan, nima? Lekin nega uning asosiy kattasi ochiqda yuribdi, nega uning ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmayapti?  Farzand dog‘ini hech kimga ko‘rsatmasin, hatto dushmanimga ham. O‘g‘lim hech qanday ayb qilmay o‘ldirildi, yuragim ezilib ketayapti. Lekin odilona ish borilmayotganiga chidab turolmayapman, prezidentimizga xat yozdim, chunki u kishi doim adolat bo‘lsin, deb aytadilar”, deydi Ozodlik muxbiri gaplashgan Tohirjon Alijonov.

O‘zini To‘raqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi tergovchisi Shuhrat deb tanishtirgan mulozim Ozodlik muxbiri bilan gaplashayotganini bilganidan so‘ng, aloqani uzib qo‘ydi va  boshqa qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

Bu jarayon tafsilotlariga yaqin to‘raqo‘rg‘onliklardan biri o‘quvchilar orasida yuzaga chiqqan janjal va qotillik uchun mas’uliyatning katta qismi kollej rahbariyati zimmasida ekanini aytadi.

“Bizning aniqlashimizcha o‘sha kuni kollej direktori Gulnora ismli ayolning 2- bosqich talabalariga 3-para darsi bo‘lgan, lekin darsni o‘tmagan va bolalar qarovsiz qolgan. Yana olgan ma’lumotimizga ko‘ra, kollej ichida boshlangan janjalni o‘qituvchilar tinchitmay, bolalarni “boringlar, ko‘chada razbor qilinglar”, deb tashqariga haydab yuborgan. Lekin kollej direktori bu voqeadan keyin ham bemalol hech narsa bo‘lmaganday ishlab yuribdi”, dedi huquqshunos.

Ozodlik bu iddaolarga munosabat olish uchun Shaxand agroiqtisodiyot kolleji direktori Gulnora Sodiqova bilan bog‘lanishga harakat qildi, lekin uning teli o‘chirilgani bois bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekistonda maktab, kollej-litsey o‘quvchilarining turli xil jinoyat sodir etishlari uchrab turadi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ham joriy yilning fevralida O‘zA agentligiga bergan suhbatida o‘tgan yilda maktab o‘quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan 1,5 mingdan ziyod jinoyat sodir etilganini aytgan edi.

1,5 ming jinoyatning bir nechasi haqda Ozodlik o‘z vaqtida xabar qilgan.

Joriy yilning 7 aprel kuni Andijon shahridagi 10-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida shaharning 29-maktabida o‘qiydigan tengqurining yuragiga pichoq sanchib o‘ldirgan edi.

Joriy yilning fevral oyida Toshkent viloyat, Chirchiq shahridagi Ijtimoiy-iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining ikkinchi bosqich o‘quvchisi o‘zining qiz kursdoshini pichoqlagan edi.

O‘tgan yilning 6 oktabr kuni 1- sonli Toshkent yuridik kolleji talabasi 2 kursdoshini pichoqlagan edi. Talabalardan biri voqea joyida jon berdi. Pichoqlangan yana bir talaba Toshkentdagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Toshkentdagi Borovskiy nomli Tibbiyot kollejida o‘tgan yil may oyida 17 yoshli Jasur Ibragimov kursdoshi tarafidan kaltaklab o‘ldirilishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

Mart oyida esa Toshkent Davlat texnika universitetining 1-kurs talabasi Toshkentdagi kollejlardan birining o‘quvchisini rashq sababli, oshxona pichog‘i bilan jarohatlagan edi.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал, как электробусы помогают улучшать экологическую ситуацию





Москва

Совместное заявление участников круглого стола, приуроченного ко «Дню защиты прав безвинно осужденных»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Жанна Фриске

Память Жанны Фриске почтили посмертной наградой и ее песней на музыкальной премии




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве вручили премию МУЗ-ТВ — 2024

ЕВРО-2024: большой футбол ждет слушателей «Авторадио»

«Этот спорт воспитывает силу и упорство»: Вице-спикер Народного Хурала Бурятии приняла участие в открытии чемпионата России по гиревому спорту


WTA

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Владимир Путин

Владимир Путин, Дмитрий Медведев, Анатолий Голод: ПРИЗНАНИЕ НАТО НАДО ПРИМЕНЯТЬ!



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России