103news.com
World News
Август
2018

4 sentabr kuni Shvetsiyada Gulnora Karimovaga pora berganlar ustidan sud boshlanadi

0
Shvetsiya prokuraturasi va sudi rasmiylarining Ozodlikka ma’lum qilishicha¸ 4 sentabr kuni Stokholm sudida O‘zbekiston 1-prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga kamida 350 million dollar pora berganlikda ayblanayotgan Telia (avvalgi nomi TeliaSonera) shirkati sobiq boshqaruvchilari ustidan mahkama jaraëni boshlanadi.


O‘zbekiston¸ AQSh va qator Yevropa prokuraturalari tomonidan G‘arb telekom shirkatlaridan bir milliard dollardan ko‘proq pora olganlikda ayblangan va ayblanayotgan Gulnora Karimova va uning bu ishdagi vositachi-yordamchilari shved mahkamasida ishtirok etmaydi.


Shvetsiya telekom shirkatining sobiq rahbarlari sudlanuvchilar kursisida


Ozodlikka berilgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ mahkamaning birinchi uch kuni davomida prokurorlar ayblov xulosasini o‘qib eshittiradi¸ ayblanuvchilarning advokatlari qo‘yilayotgan ayblarga o‘z javobini taqdim etadi.


Shundan so‘ng ikki haftalik tanaffus e’lon qilinadigan sud o‘z majlisini 19-21 sentabrda davom ettiradi va sudlanuvchilarni so‘roq qiladi.


Sudlanuvchilar kursisida 2003-2007 yillarda Telia shirkatining moliyaviy direktori va vitse-prezidenti¸ 2007-2012 yillarda esa, shirkatning Yevroosiyo faoliyati prezidenti bo‘lgan Tero Kivisaari¸ 2007-2013 yillarda shirkatning bosh menejeri bo‘lgan Lars Nyuberg va Yevroosiyo faoliyati bo‘yicha bosh maslahatchisi Uli Tuimalarning o‘tirishi kutilmoqda.


Shvetsiya prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi direktori Gunnar Stetler  uchala  sudlanuvchini 2007-2012 yillar mobaynida O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoriga (mahalliy brend nomi Ucell) kirish va maxsus himoyada bo‘lish uchun Gulnora Karimovaga 350 million dollarga yaqin pora berganlikda ayblamoqda.


Pora olgan o‘zbekistonliklar sudda qatnashmaydi


Shvetsiya tarixidagi eng katta kooruptsion sxemani amalga oshirganlikda ayblanayotgan Telia sobiq boshqaruvchilaridan yuzlab million dollar pora olgan o‘zbekistonlik ayblanuvchilarning sud ishida bevosita ishtirok etishi kutilmayotir.


21 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda Stetler¸ Gulnora Karimovaning Shvetsiya telekom shirkatidan pora olgan asosiy shaxs ekani deyarli isbotini topib bo‘lgani va shu bois Karimova va sheriklarining sudda qatnashishi boshlanajak sud uchun uncha muhim emasligini bildirdi:


- Shvetsiya qonunchiligida sirtqi sud tushunchasi yo‘q. Shuning uchun O‘zbekistonda qamoqda saqlanayotgan Karimovani sudlanuvchilar ro‘yxatiga qo‘sha olmaymiz. Men uchun muhimi Telia rahbarlarining bu ish jinoyat ekanini bilib turib¸ Karimovaga yuzlab million pora berganini sudda isbotlashdir. Bu esa¸ guvohlik ko‘rsatmalari va boshqa dalillar asosida 100 foiz o‘z tasdig‘ini topdi. Shu bois na Gulnora Karimova va na Gayane Avakyan va Rustam Madumarovning sudda qatnashishi prokuratura uchun unaqa muhim emas.


(Aktsiyalarining 37 foizdan oshig‘i shved hukumatiga qarashli Telia AQSh Adliya vazirligi bilan sudgacha erishilgan kelishuvda O‘zbekistonga kirish uchun Gulnora Karimovaga 331 million dollar pora berganiga iqror bo‘ldi va 2017 yil sentabrida qariyb 1 milliard dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi - tahr.)


Og‘ir iqtisodiy jinoyatlarda ayblanayotgan Gulnora Karimova O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra¸ 2015 yil besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan¸ uning korrupsion sxemalari va pul yuvishdagi asosiy sheriklari deb topilgan shaxsiy kotibasi Gayane Avakyan va fuqaroviy eri Rustam Madumarovlar ham O‘zbekistonda uzoq yillik qamoq jazosini o‘tamoqda.


Gunnar Stetler ta’kidicha¸ o‘zbekistonliklar shved mahkamasida qatnashgan taqdirda ham ular “qasamyod ostida” ko‘rsatma bermaydi.


O‘zi va oilasi xavfsizligiga mavjud xavotirlar bois Rossiyada yashirinib yashayotgan Behzod Ahmedovning (Gulnora Karimovaning telekom bozoridagi asosiy maslahatchisi¸ MTS-O‘zbekiston shirkatining sobiq boshqaruvchisi) advokati Valeriy Orlov 21 avgust kuni Ozodlik bilan qisqa suhbatda o‘z mijozining Shvetsiyada boshlanadigan mahkamada videoaloqa orqali ko‘rsatma berish-bermasligini ochiqlay olmasligini bildirdi.


Guvohlik ko‘rsatmasi beruvchi sobiq “sheriklar”


Ozodlikka shved mahkamasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra¸ sudning 25 sentabr va 27 noyabr oralig‘ida o‘tkaziladigan majlislarida guvohlar ko‘rsatmalari tinglanadi.


Bevosita ko‘rsatma beruvchi guvohlar ro‘yxatida 2007 yili TeliaSonera rahbariyatining Gulnora Karimova bilan muloqot o‘rnatish jarayonida qatnashgan Fintur shirkatining Qozog‘istondagi maslahatchisi Talgat Dairbekov¸ Coscom shirkatining sobiq ijroiya direktori Abraham Smith¸ muzokaralar jarayonida qatnashgan TeliaSoneraga qarashli Fintur Holdings shirkatining o‘sha paytdagi bosh direktori, asli turkiyalik Sarkan Elden va advokat Tolga Ismenlar nomi bor.


Bu ro‘yxatga O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi rahbari sifati Shavkat Umrzoqov nomi ham kiritilgan. Ammo hozirda bu lavozimga tayinlangan Ulug‘bek Anvarovning shved mahkamasida videoaloqa orqali bog‘lanib¸ Gulnora Karimova va sheriklariga nisbatan O‘zbekiston prokuraturasi ochgan jinoiy ish haqida ma’lumot berishi-bermasligi ham hozircha ma’lum emas.


11-14 dekabr kunlari prokurorlar va advokatlarning so‘nggi chiqishlari rejalashtirilgan Stokholm mahkamasining 2019 yil yanvar-fevral oylarida sudlanuvchilar ustidan hukm chiqarishi kutilmoqda.




Губернаторы России
Москва

Собянин: МЦД продлят до Калужской, Смоленской, Тульской и Ярославской областей





Москва

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин пообещал продлить скоростные диаметры Москвы в Ярославскую область



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

В Москве ежегодно состоялся юбилейный, всероссийский, патриотический гала-концерт «Проза и поэзия» «Россия - семья семей»




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»


Елена Веснина

«Теннисистки заслуживают зарабатывать на равных с мужчинами». Веснина выступила за соразмерные призовые



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Жизнь

Желдорреммаш определил лучших работников локомотиворемонтных заводов 2024 года



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России