Добавить новость
103news.com
World News
Декабрь
2018

Islom Karimovning Xavfsizlik xizmati rahbari hibsga olindi

0
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingan. 


Bu haqda Turon24 Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga tayanib xabar qildi.



"Muidjon Tohiriy hibsga olindi. Hozir tergov olib borilmoqda. Tergov siri nuqtai nazaridan boshqa ma’lumot berilishi maqsadga muvofiq emas", deb aytgan Surayyo Rahmonova.


Huquq-tartibot tizimlaridagi Ozodlik manbasining ma’lum qilishicha, shu hafta boshida hibsga olingan Muidjon Tohiriy korrupsion jinoyatlarda ayblanmoqda. 


"Bu jinoyatlar uning Davlat bojxona qo‘mitasidagi faoliyatiga bog‘liq," dedi huquq tartibot tizimlaridagi Ozodlik manbasi.


55 yashar general-mayor Muidjon Tohiriy 2018 yil 13 fevralida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisligidan bo‘shatilgan edi.


Shu yil boshida Bosh prokuratura tergovchilarining prezident topshirig‘i bilan Davlat Soliq va Bojxona qo‘mitalarida jiddiy tekshiruvlar o‘tkazayotganini xabar qildi.


O‘shanda Muidjon Tohiriyning ishdan olingani ushbu tekshiruvlar natijasi bilan bog‘liq bo‘lishi taxmin qilingan edi.


Mazkur lavozimda Muidjon Tohiriy 2016 yil 20 dekabridan boshlab 13 oy davomida faoliyat yuritdi. 


Muidjon Tohiriy 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari¸ 2008-2010 yillarda Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari¸ 2010-2011 yillarda o‘shandagi prezident Karimovning kuch ishlatar salohiyatiga ega tizimlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan.


2011-2016 yillarda yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Tohiriy¸ 2013 yildan Karimov o‘limiga qadar¸ SBP - Prezident xavfsizlik xizmatiga raislik qilgan.




Ayni lavozimda Karimovning eng ishongan odamlaridan biriga aylangan Muidjon Tohiriy, sobiq prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova iddaosicha, 2014 yili fevralida uning uyida o‘tkazilgan tintuvga shaxsan rahbarlik qilgan.


O‘shanda bu haqda Twitter tarmog‘ida Free Gulnara (SOS) xeshtegi ostida xabar tarqatgan @Persona887788 akkaunti tintuv hujjatini taqdim qilgan. Kimligi ma’lum bo‘lmagan bu akkaunt egasi hujjat nashr qilish barobarida, Muidjon Tohiriy Gulnora Karimovani urganini ham iddao qilgandi.






Губернаторы России





Губернаторы России
103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России