Добавить новость
103news.com
World News
Январь
2019

Rossiyalik bankir xalq ertaklarini bolalarni tekinxo‘rlikka o‘rgatayotganlikda aybladi

0
Rossiyalik bolalar ba’zi xalq ertaklaridagi alvastilar va boshqa vahimali qahramonlardan qo‘rquvga tushishi mumkin. Ammo Markaziy bank rahbarlaridan biri ularda yanada dahshatli bir narsani ko‘rayotganini aytadi. 


Bank raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Shvetsov fikricha, rus ertaklari bolalarni “xayr-sadaqa”ga, erinchoqlikka o‘rgatadi.


 “Yemelya bilan cho‘rtanbaliq” rus mumtoz ertagi haqida so‘z yuritar ekan, Shvetsov erinchoq qahramonning istaklarini sehrli baliq bajo keltirishi yaxshi emasligini aytadi.  


‒ Biz bolalarga oltin baliq, cho‘rtanbaliq haqida ertak aytamiz. Qarang, katta akasi ishlaydi, u esa – axmoq; ikkinchi akasi ishlaydi, u esa – axmoq; kenjasi pechka ustida o‘tiradi, keyinchalik cho‘rtanbaliq tutib oladi – uning oshig‘i olchi”, – deya achchiqlanadi Shvetsov.


Bunday zararli xabar bolalarni katta yoshida ham ta’qib qiladi, ularga moliyaviy muammolarini hal etayotganda xalaqit beradi, deydi Shvetsov.


– Biz ertaklarni o‘zgartirishimiz kerak. Biz bolalarni “xayr-sadaqa”ga o‘rgatadigan bunday ertaklardan voz kechishimiz kerak. Bu – o‘ta jiddiy masala”, dedi bankir.


“Baliq amri balan!”


“Yemelya bilan cho‘rtanbaliq” ertagida bosh qahramon asosiy vaqtini issiq oshxona pechi ustida esnash bilan o‘tkazadi. Faqat pora olsagina¸ joyidan qimirlaydi. Bir kuni Yemelya istaklarini bajo keltiradigan cho‘rtanbaliq tutib oladi. Uning istaklarning aksariyati esa ro‘zg‘or tashvishlari bilan bog‘liq edi.


Rossiyaning ushbu mashhur va uzun ertaklaridan biri XIX asrda chop etilgan xalq ertaklari qatoriga qo‘shilgan, sho‘rolar hukmronligi vaqtida unga bir necha marta film va animatsion filmlar ishlangan. Ularning aksariyati “Cho‘rtanbaliqqa aytilgan istaklar” deb nomlanadi. Bu rus madaniyatiga shu qadar singib ketganki, ertakning: “Baliq amri bilan men aytganday bo‘lsin!” degan satri omma ongiga singib ketdi.


Rus ertaklarida erinchoq qahramonlar timsoli ko‘p. Shuningdek¸ erinchoq qahramon bo‘lgan misollarni rus adabiyoti¸ xalq matal va  maqollarida ham ko‘p topish mumkin.


Ko‘hna an’analar


“Go‘zal Vasilisa” ertagi qahramoni Vasilisaga Yalmog‘iz kampirning jodusidan qutulish uchun sehrli qo‘g‘irchoq yordam beradi. Lekin Vasilisaning o‘zi to‘qish va zardo‘zlikni o‘rganadi. U to‘qigan narsa shahzodaning nazariga tushib, unga erga tegadi. Bu ertakda, mehnat rag‘batsiz qolmaydi, degan gap yashirin.






Губернаторы России





Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России