Добавить новость
103news.com
World News
Январь
2019

Hibs muddati cho‘zilgan belorus modeli oligarxdan uzr so‘radi (VIDEO)

0
Rossiyaning 2016 yilgi AQSh prezident sayloviga aralashganini  isbotlovchi dalillari borligini iddao qilgan beloruslik model qiz rossiyalik oligarxdan kechirim so‘radi. Shuningdek, o‘ziga qo‘yilgan fohishalik bilan bog‘liq ayblovlarni asossiz, deb rad etdi.


"Nastya Ribka" taxallusi bilan mashhur Anastasiya Vashukevich 19 yanvar kuni Moskvaning Nagatinsk tuman sudida jurnalistlarga “menga qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz”, deb aytdi. U rossiyalik milliarder ish odami Oleg Deripaskaning “obro‘sini to‘kmaslik”ka va’da berdi.


Vaholanki, Vashukevich ilgari qo‘lida Rossiyaning AQSh sayloviga aralashgani ehtimoliga oid suhbatning audioyozuvi borligini da’vo qilgan edi.


Moskva sudi Nastya Ribka bilan ustozi Aleksandr Kirillovni, fohishalikka aralashib qolganlik aybi bilan, 3 kecha-kunduzga hibsga olganini e’lon qildi.


‒ Do‘stlar, mening uzrimni Oleg Deripaska bilan rus siyosatchisi va sobiq bosh vazir o‘rinbosari Sergey Prixodkoga yetkazib qo‘yinglar, ‒ dedi u sud zalida. ‒ Bunaqa ish bo‘lganidan afsus qilyapman va astoydil xijolatdaman. Men vaziyatni chigallashtirmoqchi emasman va Oleg Deripaskadan shaxsan kechirim so‘rayman. Bu ishim bilan uning, shaxsan uning e’tiborini tortmoqchi edim.


Vashukevich 17 yanvarda Moskvaning Sheremetyevo aeroportida, Tailanddan chiqarib yuborilgandan so‘ng, hibsga olindi. O‘sha yerda u fohishalik ayblovi bilan 9 oy qamoqda o‘tirgan edi.


O‘ziga Aleks Lesli, deb laqab qo‘yib olgan rus seks gurusi Aleksandr Kirillov va yana Andrey Jejka va Mariya Jarkova ham Ribka bilan birga qo‘lga olindi.







Vashukevich 2018 yil fevralida mashhur bo‘lib ketgandi. Bunga rossiyalik korrupsiyaga qarshi kurashuvchi faol Aleksey Navalьniy bir fosh etuvchi materialni e’lon qilgani sabab bo‘ldi. Unda o‘sha paytdagi Bosh vazir o‘rinbosari Sergey Prixodkoning Norvegiya qirg‘oqlari yaqinida Deripaskaning yaxtasida dam olayotgani tasvirlangan edi.


O‘sha materialga Vashukevich 2016 yili Instagramda e’lon qilgan fotosurat va video ilova qilindi. Prixodkoga izzat-ikrom ko‘rsatilgan yaxtada ikkovlon AQSh siyosatini muhokama qilgani aytildi.


Yaxtada ikki kishi bilan suratga tushgan Vashukevich o‘shanda Deripaska bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini aytdi.


So‘ngra Kirillov bilan Tailandda hibsga olingach, Vashukevichning  Qo‘shma Shtatlardan boshpana so‘ragani dunyo OAVda shov-shuvga sabab bo‘ldi.


Vashukevich Rossiyaning AQSh sayloviga aralashgani to‘g‘risidagi gumonlarni tasdiqlovchi tafsilotlarni oshkor qilishini va qo‘lida bir necha soatlik audioyozuv borligini iddao qilgan edi.


AQShning sanksiyalar ro‘yxatiga kirib qolgan Deripaska bir paytlar Trampning saylovoldi kampaniyasi menejeri Pol Manafortning sherigi bo‘lgan. U o‘tgan yili soliq va bank qallobligida ayblanib, sudlandi.


Instagramda Vashukevichning 120 ming izdoshi bor, yana u qanday qilib oligarxlarni yo‘ldan urish bo‘yicha kitob muallifi hamdir.


U bilan Kirillov Rossiyada qamalishi ham mumkin, chunki Deripaskaning ularga qarshi shaxsiy hayotga aralashishga oid sudda yutib chiqqani shunday taxminga asos beradi.






Губернаторы России





Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России