Добавить новость
103news.com
World News
Февраль
2022

Rossiya Xavfsizlik kengashida "DXR" va "LXR"ni tan olish masalasi ko‘rildi

0
Kremlda 21 - fevral kuni Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilib, unda Ukraina tevaragidagi vaziyat hamda bu mamlakat sharqidagi o‘zlarini Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) deb atab kelayotgan ikki hududni tan olish masalasi muhokama qilindi.



Dastavval Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi jonli efirda translyatsiya qilinishi bildirilgan, ammo ishtirokchilarning qo‘l soatlaridagi millar holatiga ko‘ra, u Moskva vaqti bilan soat 12-13 larda, ya’ni davlat kanallarida namoyish etilganidan oldinroq o‘tkazilgan.



Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, kuch ishlatar vazirliklar va idoralar rahbarlari, parlamentning ikkala palatasi spikerlari, Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari va sobiq prezident Dmitriy Medvedev, prezidentning okruglardagi vakillari hamda Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ishtirok etdi.



Rossiya prezidenti Vladimir Putin yig‘ilishni ochar ekan, “Minsk bitimlari doirasida Donbass bo‘yicha muzokaralar oldinga siljishiga umid yo‘q”ligini aytdi va Kiyevni Donbass bo‘yicha muzokaralarni barbod qilishda aybladi.



Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari, DXR va LXRning Kremldagi “kuratori” o‘laroq tanilgan Dmitriy Kozak ham “Ukraina hukumati Minsk bitimlarini bajarmaydi”, deb aytdi.



Ukrainaning Donbass xususidagi takliflarini esa u “huquqiy dumbullarning aqli hosilasi” deb atadi.



Dmitriy Medvedev “Rossiya G‘arb uchun Ukrainadan ko‘ra muhimroq”ligini va “buni ukrainlarning o‘zlari ham yaxshi tushunishi”ni aytdi.



“Respublikalarning tan olishi bilan bog‘liq vaziyat bora-bora yumshaydi, biz buni tajribada ko‘rdik”, dedi u ishonch bilan, bo‘lginchi tuzilmalarni tan olish taklifini dastaklarkan.



Tashqi razvedka xizmati boshlig‘i Sergey Narishkin esa DXR va LXRni Rossiyaga qo‘shib olishni taklif qilib hammadan o‘tib tushdi.



“Men Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shish taklifini qo‘llab-quvvatlayman”, deb yubordi u.



“Biz bu haqda gapirmayapmiz. Bu masala muhokama qilinayotgani yo‘q. Biz ularning mustaqilligini tan olish-olmaslik to‘g‘risida gaplashyapmiz”, dedi Putin unga javoban.



“Ha, men ularning mustaqilligini tan olish taklifini qo‘llab-quvvatlayman”, dedi Narishkin.



Xavfsizlik kengashining qolgan a’zolari ham Donbass bo‘lginchilarini tan olish qarorini yakdillik bilan dastakladilar.



Barcha birma-bir so‘zga chiqib bo‘lgach, Putin LXR va DXRni tan olish qarori bugunoq (21 - fevral) qabul qilinishini bildirdi.






Губернаторы России





Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media


103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости




Спорт в России и мире



Новости Крыма на Sevpoisk.ru




Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России