Rossiya yana bir qidiruvdagi o‘zbekni O‘zbekistonga berib yubordi
Qashqadaryolik 31 yashar Nurali Orziev Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qarori borligiga qaramasdan Rossiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga ektraditsiya qilindi. O‘zbekistonda “diniy tashkilot tuzib, konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishda” ayblanayotgan bu o‘zbek muhojiri 2013 yildan buyon Qashqadaryo Ichki ishlab boshqarmasining tergov bo‘limi tomonidan xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum.