"Besh kelin, ikki qayinsingil¸ jami 24 jon bir hovlida tiqilib yashayapmiz"
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidan qo‘ng‘iroq qilgan Munira Turdievaning OzodMikrofon ga aytishicha, u qaynota-qaynonasi, eri, to‘rt qaynog‘asi, to‘rt ovsini, ikki qayinsinglisi va bolalar bilan, jami 24 kishi bir hovlida tiqilib yashashadi.
Zuhra Turdieva mahalliy hokimiyatga oilasiga uy qurish uchun yer ajratishni so‘rab bir necha bor murojaat qilgani, lekin hokimiyatdagilar shaxsiy tomorqa uchun yer ajratilmasligini aytgani, aslida esa puldorlar noqonuniy yo‘llar bilan yer olib uy qurayotganini iddao qiladi.
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!