Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2018

Prezident taqiqiga qaramay, vrachlardan metallolom uchun haq ushlab qolindi

0
Prezident taqiqiga qaramay, vrachlardan metallolom uchun haq ushlab qolindi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani Davlat epidemiologiya-sanitariya nazorat markazi (DSENM​) xodimlarining bir kunlik ish haqi metallolom uchun ushlab qolindi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan shifokorlarning aytishlaricha, bosh vrach ham, bu haqda topshiriq bergan tuman hokimligi ham joriy yilning 1 yanvaridan boshlab ta’lim va tibbiyot muassasalariga temir-tersak yig‘ish prezident qarori bilan taqiqlanganini nazar-pisand qilmayapti.

Tuman hokimligi metallolomga pul o‘tkazish haqida topshiriq berilganini inkor qilmoqda.

Sho‘rchi tumani DSENMda ishlaydigan, ismi sir qolishini so‘ragan xodimlardan birining Ozodlikka aytishicha, ulardan bir kunlik ish haqini metallolomga o‘tkazish to‘g‘risidagi ro‘yxatga imzo chekdirib olingan.

“Markazning qariyb 80 nafar shifokoru hamshiralari 30-50 ming so‘m atrofidagi bir kunlik ish haqini metallolomga o‘tkazishga majburlandi. Hamma ro‘yxatga imzo chekdi. Direktorimizning aytishicha, bu hokimiyatning topshirig‘i va biz buni bajarishga majbur ekanmiz. Prezidentimiz bu yildan boshlab o‘qituvchiyu shifokorlarni metallolomdan ozod qilgan bo‘lsayu, bular bilganini qilsa. Bu rahbarlar prezidentning qarorini nega bajarmaydi”, - deydi shifokorlardan biri.

Ismi sir qolishini so‘ragan markaz hamshiralaridan biri dekabrda obuna¸ mart oyida esa¸ makulatura solig‘i solinganini bildirdi.

“O‘tgan yilning oxirida har bir xodimdan 100-200 ming so‘mdan obuna uchun ushlab qolishdi. Koshkiydi biz obuna bo‘lgan gazetalarimizni qo‘limizga olsak. Mart oyida esa har bir xodim 9 kilogrammdan makulatura topshirishga majburlandi. Do‘konlarga kirib, iltimos qilib, korobka-morobka qilib olib kelib topshirdik. Endi esa yana metallolom uchun bir kunlik ish haqimizdan ushlab qolishayapti. Baribir biz hokimlikka mutelikdan qutula olmayapmiz”, deydi bu hamshira.

Sho‘rchi tumani DSENMining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimlaridan biri, Ozodlik bilan suhbatda metallolomga pul o‘tkazish topshirig‘i hokimiyatdan bo‘lganini aytdi.

“Siz ham qiziq savol berasiz, albatta bunday topshiriqlar hokimlikdan bo‘ladi-da. Metallolom, makulatura bizga nima zaril, shunday ham o‘z ishimizdan ortmaymiz. Hokimiyatdan so‘rang, hokimiyatdan”, - dedi mulozim.

Sho‘rchi tumani hokimining yordamchisi Ahliddin Xolmatov shifokorlarga metallolom topshirig‘i berilganini inkor qildi.

“Yo‘q, bunaqa topshiriq berilgan emas. Agar beriladigan bo‘lsa, metallolomning o‘zini beringlar deyiladi, bir kunlik ish haqi deb emas. Lekin bog‘chalarga ham, maktablarga ham, tibbiyotga ham bunday topshiriq bo‘lmagan. Bu yerda qandaydir tushunmovchilik borga o‘xshaydi”, - dedi Ahliddin Xolmatov.

Joriy yilning yanvar oyida Sho‘rchi tuman Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazining shifokor va hamshiralari fermer xo‘jaliklari va aholi uylarida qancha go‘ng zaxirasi borligini aniqlashga safarbar qilingani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 dekabrda imzolagan temir tersak yig‘ishning 2018 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorda 2018 yilning 1 yanvaridan ta’lim va tibbiyot muassasalariga metallolom va temir-tersak chiqindilarini yig‘ish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish taqiqlagan edi.

Ozodlik radiosi temir –tersak yig‘ishga yoki buning uchun pul yig‘ishga nafaqat o‘qituvchilar, o‘quvchilar va tibbiyot xodimlari, balki fermerlar hamda bolalar bog‘chasiga qatnaydigan farzandlari bor ota onalar ham jalb qilib kelinganini muntazam yoritib kelgan.





Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил победителей городского конкурса в сфере культуры и искусства





Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин посетил фестиваль "Москва – на волне. Рыбная неделя"



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

НА ДЕТСКОМ ФЕСТИВАЛЕ ИСКУССТВ «НЕБО» СОСТОИТСЯ 5 ПРЕМЬЕР И ПОКАЖУТ НОВИНКИ ОТ ВЕДУЩИХ МОСКОВСКИХ ТЕАТРОВ




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Спортсмены из Химок выиграли Первенство Подмосковья по автокроссу

Фильм «Мой любимый чемпион» показали в павильоне «Роснефти» на ВДНХ в Москве

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой


Ролан Гаррос

Прямая трансляция матча Рыбакиной с победительницей четырех "Больших шлемов"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Архангельск

XXXIII Церемония «Хрустальная Турандот» объявит победителей сезона 2023/2024



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России