Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2018

Hibsdagi MXX polkovnigi To‘raqulov ishi doirasida yuzlab shirkatning bank hisoblari tekshirilmoqda

0
 Hibsdagi MXX polkovnigi To‘raqulov ishi doirasida yuzlab shirkatning bank hisoblari tekshirilmoqda

Joriy yil fevralidan beri qamoqda qolayotgan 42 yashar MXX Tergov boshqarmasi sobiq tergovchisi Nodirbek To‘raqulov bergan ko‘rsatmalar asosida O‘zbekistondagi 130 dan ziyod shirkatning bank hisoblari tekshirilmoqda.  

Bu shirkatlar orasida Uzdunrobita telekom shirkati¸ MEGA PLANET savdo markazi¸ Mehrjon-mehribon lok-bo‘yoq shirkati va yog‘och-taxta mahsulotlarini Rossiyadan  eksport qilish bilan shug‘ullanadigan Sib-Akbar kabi yirik shirkatlar bor.

Ozodlik ro‘yxatdagi shirkatlardan ayrimlari bilan bog‘langanda¸ ular tekshiruvlar borayotganini tasdiqladi.

O‘zini sobiq MXXchilarni tergov qilayotgan guruhga yaqin deb aytgan mulozimning Ozodlikka bildirishicha¸ To‘raqulov joriy yilning 17 martidan beri hibsda qolayotgan O‘zbekiston Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari Alisher Akmalov bilan yuzlashtirilgan va unga qarshi ayblov ko‘rsatmalarini bergan.

Shuningdek¸ To‘raqulov 2015 yildan beri qamoqda jazo o‘tayotgan Milliy xavfsizlik xizmati Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining sobiq boshlig‘i, 54 yashar MXX sobiq polkovnigi Javdat Sharifxo‘jaev bilan ham yuzlashtirilgan.

Suhbatdosh o‘z gaplariga isbot sifatida To‘raqulov ustidan ochilgan 26612-18 sonli jinoyat ishiga doir ba’zi hujjatlarni Ozodlikka taqdim qildi.

Bu hujjatlardan biri nusxasi - O‘zbekiston Harbiy prokurori o‘rinbosari¸ adliya podpolkovnigi A.Abduhakimov 23 mart kuni imzo chekkan qarordir.

"Bank siri hisoblangan ma’lumotlarni olishga "SANKSIYa BERAMAN" deb boshlangan bu hujjat tergov guruhi a’zosi A.O.To‘ychiev tergov harakatlari davomida aniqlagan ma’lumotlarga asoslangan.

Unda:

“N. To‘raqulov va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari bo‘yicha" jami 130 shirkatning tashkil qilingan kunidan boshlab 2018 yil 1 martga qadar bo‘lgan davrda amalga oshirgan konvertatsiya operatsiyalari haqidagi ma’lumotlar olib qo‘yilsin" deb sanksiya berilgan.

Ozodlik  27 aprel kuni bu ro‘yxatga kiritilgan “Toshkent vino kombinati”¸ “Saroy plastik”¸ “Great Shosh buziness”¸ MEGA PLANET shirkatlarida keyingi ikki oy davomida tekshiruvlar borayotgani¸ xususan¸ ularning moliyaviy faoliyatiga oid digital ma’lumotlar olib qo‘yilganini aniqladi.

Tekshiruvlar davom etayotgani haqidagi bu ma’lumotni nomlari tilga olingan shirkat vakillari¸ shuningdek¸ tergov jarayoniga bevosita aloqador rasmiylar tasdiqladi.

Ozodlikka ma’lumot sizdirgan O‘zbekiston huquq tartibot organlarida ishlovchi mulozimning iddao qilishicha¸ Nodir To‘raqulov mansub MXXdagi jinoiy guruh konvertatsiya operatsiyalarini tekshirish buyurilgan 130 ta shirkatning har biridan amalga oshirilgan konvertatsiya uchun 25 foiz cho‘tal olib kelgan.

Hozirga bu iddaoni tasdiqlovchi rasmiy hujjat-dalil Ozodlikda yo‘q.

Sobiq MXXchining mol-mulki xatlandi

Hibsdagi sobiq MXX polkovnigi To‘raqulov ustidan olib borilayotgan o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilayotgan guruhga yaqinligini iddao etgan yana bir mulozimga ko‘ra¸ Nodir To‘raqulovning Andijon¸ Termiz va Toshkentdagi uy¸ avtomobillari va To‘raqulov qarindoshlari nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklari xatlab qo‘yilgan.

Uning aytishicha¸“sud hukmi chiqquniga qadar To‘raqulovga oid deb topilgan ko‘chmas mulk¸ transport vositasi va boshqa mulklarning sotilishi yoki boshqa odamga berilishiga rasman taqiq qo‘yilgan.

16 fevral kuni ochilgan 26612-18-sonli jinoyat ishi doirasida Nodir To‘raqulov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi)¸ 230-moddasi (Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish)¸ 165-moddasi (Tovlamachilik ) va 168-moddasi( Firibgarlik)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Tergovga aloqadorligini aytayotgan mulozim o‘z gapiga isbot sifatida Nodir To‘raqulovning Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani¸ xalq orasida “Tsentr Lunacharskiy” deb ataladigan boylar yashaydigan mavzedagi hovlisining fotosini yubordi.

Ozodlik suhbatlashgan To‘raqulovning yaqinlari bu suratdagi 1200 kvadrat metrlik hovlining Nodir To‘raqulovga tegishli ekanligini tasdiqlashdi.

Uy-joylarni olib sotish bilan shug‘ullanuvchi shirkat vakiliga ko‘ra¸ ayni mavzedagi va ayni o‘lchamdagi hovlining narxi shu kunlarda 600 ming AQSh dollaridan 1 million 200 ming dollargacha narxlanmoqda.

Bundan oldin Nodir To‘raqulovning otasi Dilmurod To‘raqulovga qarashli “Poytug‘ gaz to‘ldirish korxonasi” (GNEZ)da tekshirish boshlanib¸ mol-mulklar xatlab qo‘yilgan edi.

MXX polkovnigi shaxsan prezident g‘azabiga uchradi

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov O‘zbekiston prezidentining 19 yanvar kuni Qiziriqdagi yig‘ilishda MXXning ayni viloyatdagi boshqarmasi faoliyatini keskin tanqid qilgani ortidan Toshkentda qamoqqa olingan edi.

To‘raqulov qamoqqa olinganidan keyin u ishlagan MXX idorasi rahbari Davlat xavfsizlik xizmati deb o‘zgartirildi¸ uni 23 yil davomida boshqarib kelgan qudratli general Rustam Inoyatov o‘rniga¸ 30 yanvar kuni mamlakat Bosh prokurori bo‘lib ishlagan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi. 

DXX raisi Ixtiyor Abdullaev 16 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligida o‘z idorasi mulozimlari¸ xususan uning sobiq polkovnigi Nodir To‘raqulovdan jabr ko‘rgan tadbirkorlar, korxona-tashkilotlar rahbari va sobiq hokimlar bilan shaxsan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Bu uchrashuvda qatnashgan jabrlanuvchilardan o‘zlariga nisbatan noqonuniy harakat tutgan MXX rasmiylari¸ xususan¸ Nodir To‘raqulov to‘g‘risida aniq ko‘rsatma yozib berish so‘ralgan edi.

Nodir To‘raqulov va uning ishi doirasida tergov harakatlariga tortilgan sobiq amaldorlar ustidan sud jarayonining qachon boshlanishi haqida Ozodlikda hozircha ma’lumot yo‘q.

Bu ishning O‘zbekiston Harbiy prokuraturasida tergov qilinayotgani¸ mahkamaning yopiq eshiklar ortida o‘tishini taxmin qilishga asos beradi.

MXX raisining sobiq 1-o‘rinbosari¸ general Shuhrat G‘ulomov ustidan sud bo‘lib¸ uning umrbod qamoqqa hukm qilingani haqida hozircha prezident bayonotidan boshqa rasmiy ma’lumot jamoatchilikka taqdim etilgani yo‘q.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва подписала ряд крупных соглашений на Петербургском форуме





Москва

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

Саксофонист Бутман нашел плюсы в отмене русской культуры за рубежом




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве прошёл спортивный праздник для росгвардейцев

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы

Спортивные тренировки и мастер-классы пройдут на летнем фестивале в Москве


Уимблдон

Уимблдон и Олимпиада? Что нужно знать о планах Рыбакиной после Ролан Гаррос



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Столичный психолог рассказала, как уладить конфликт с коллегами из-за кондиционера



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России