Qoraqalpog‘istonlik pensioner: “Osmondan tuz yoqqanini birinchi ko‘rishim”
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatining bir qancha tumanlariga 26-27 may kunlari yoqqan qum-tuz yomg‘iri, 28 mayning tongiga kelib to‘xtadi. Ozodlik suhbatlashgan odamlarning aytishlaricha, ular bunday ekologik fojiani hayotlarida ilk bor ko‘rdilar. Barcha ekinzor va daraxtlarni oppoq tuz qatlami qoplab oldi, havoda nafas olish qiyinlashdi. Dehqonlar hosil taqdiridan xavotir olmoqda.