Qudratli general Parpiev iste’fosi ortidan uning ikki polkovnik jiyani ishdan olindi
Andijon shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Parpiev 27 may kuni kechqurun ishdan olindi. Ayni shu kuni, Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasining mulozimi bo‘lib ishlagan polkovnik Anvar Parpiev ham lavozimidan ozod qilindi.