Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Июль
2018

Quvasoyda shifokorlar ko‘cha tozalash ishida, bemorlar navbat kutishmoqda (yangilandi)

0
Quvasoyda shifokorlar ko‘cha tozalash ishida, bemorlar navbat kutishmoqda (yangilandi)

O‘zbekiston prezidentining sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash haqidagi qat’iy ko‘rsatmasiga qaramay, Farg‘onaning Quvasoy shahri Tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari ko‘cha tozalashga jalb etilganliklari haqda Ozodlikka shikoyat qilishdi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasining ismi sir qolishini istagan xodimi Ozodlikka vrach va xamshiralar ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqilgani sabab, shifoxona va poliklinikada bemorlar navbat kutib qolishganini aytdi.

- Shahar hokimi Adham Ziyovutdinov ko‘cha tozalash ishlariga olib chiqib ishlatmoqda. Hech kim bemorlar haqida o‘ylamaydi. Axir biz ko‘cha tozalash uchun tibbiyot birlashmasiga ishga kirganimiz yo‘qku, biz shifokorlarbemorlarga qarashimiz kerak. Bu yerda bemorlar navbat kutib qolishayapti, - deydi birlashmaning ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan xodimi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasining Ozodlik suhbatlashgan boshqa yaga bir necha xodimi shahar hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan har juma obodonlashtirish ishlariga majburlanayotganliklarini tasdiqlashdi.

- Har juma o‘zimizni territoriyani tozalayapmiz. Hokimiyat kasalxona oldida territoriya bo‘lib bergan, shu yerlarni ham tozalaymiz, - dedi Tibbiyot birlashmaning Ozodlik suhbatlashgan mulozimi.

Ozodlik Quvasoy Tibbiyot birlashmasi xodimlarining ushbu shikoyati yuzasidan munosabat olish uchun Quvasoy shahar hokimiyatiga qo‘ng‘iroq qildi.

Hokim yordamchisi Ozodlik savolini eshitgach telefonni qo‘yib qo‘ydi.

Quvasoy shahar Tibbiyot birlashmasi rahbarlaridan biri xodimlar ko‘cha tozalash ishiga olib chiqilayotganini tasdiqladi. Lekin, unga ko‘ra asosan texnik xodimlar o‘z xohishiga ko‘ra olib chiqilmoqda.

Eslatamiz, 17 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov jurnalistlar uchun brifing o‘tkazib, byudjet xodimlari va talabalarni jamoat ishlariga majburlash taqiqlanishi, bunga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkinligini aytgandi.

O‘z chiqishida Allamjonov prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqandga tashrifi oldidan obodonlashtirishga jalb qilingan o‘qituvchining o‘limiga sabab bo‘lgan mansabdorlar ham javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.

Shu yilning 14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktab o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeeva katta yo‘ldagi to‘siqlarni oqlash chog‘ida yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Prokuratura Ma’lumotnomasi

Mazkur maqola e’lon qilinganidan to‘rt kun o‘tib¸ O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati unda tilga olingan muammo yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvi xulosasini Ozodlikka taqdim etdi.

11 iyul kuni yuborilgan "Ma’lumotnoma"da aytilishicha¸ "Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasining shifokor va hamshiralari shahar hokimining buyrug‘iga asosan obodonlashtirish ishlariga jalb etilganligi to‘g‘risidagi internet xabari mutaxassislar ishtirokida bevosita joyida o‘rganilgan.

"O‘rganishda shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning 50 nafaridan xabarda ko‘rsatilgan holat yuzasidan tushuntirish xatlari olingan.

Xodimlar tushuntirish xatlarida internet xabarida ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlamasdan, shahar hokimi yoki tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining buyrug‘iga asosan obodonlashtirish ishlariga jalb etilmaganliklarini bayon qilishgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan tushuntirish bergan Quvasoy shahar hokimi A.Ziyaviddinov shaharda ijtimoiy soha xodimlari obodonlashtirish ishlariga jalb etilmaganligini, xabarda ko‘rsatilgan holatdan xabari yo‘qligini bildirgan.

Shuningdek, o‘rganishda maqolaga ilova qilingan suratdagi ko‘rinish shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli binolarga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan hamda birlashmada bemorlarni asossiz kuttirish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi tasdiqlanmagan"¸ deyiladi 11 iyul kuni yuborilgan prokuratura Ma’lumotnomasida.

(7 iyul kuni chop etilgan bu maqola Bosh Prokuratura Ma’lumotnomasi bilan to‘ldirildi.)





Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил всех социальных работников с профессиональным праздником





Москва

РОСГВАРДЕЙЦЫ ЗАДЕРЖАЛИ МУЖЧИНУ С ПОДДЕЛЬНЫМИ ДОКУМЕНТАМИ В МОСКВЕ


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва подписала ряд крупных соглашений на Петербургском форуме



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Песня

В Тургиново состоялся первый концерт Всероссийского фестиваля-марафона «Песни России» Надежды Бабкиной




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве 14-летний мальчик ранил ножом 16-летнего юношу на футбольном поле

Спортивные тренировки и мастер-классы пройдут на летнем фестивале в Москве

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы


Арина Соболенко

«Сейчас даже счёт не помню»: Андреева сенсационно победила Соболенко и вышла в полуфинал «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


News Every Day

Watch awkward moment baffled French Open teen is ‘teleported’ into Eurosport studio for live TV interview



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России