Militsiya "islovotxona"dagilarni videoga olib¸ uni Internetda tarqatishga haqlimi? (VIDEO)
O‘zbekistondagi hokimiyat tizimlaridan tortib keng jamoatchilik vakillarini junbushga solgan Kattaqo‘rg‘on IIBsida gumonlanuvchi ayolning qip-yalang‘och qilib yechintirilib¸ uni videoga olib-tarqatilishi voqeasining Ozodlikda yoritilishi ortidan militsiya xodimlarining turli tezkor amaliyotlar davomida inson sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi noqonuniy ishlar qilayotganiga oid yangi shikoyatlar kelmoqda.