Beshariqda qariyb 40 mardikor ayol tushgan avtobus zovurga ag‘darildi, 7 kishi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi
Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida aksari ayollar va yosh bolalar bo‘lgan qirqqa yaqin mardikor ishchini meva terimiga olib borayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida kamida 7 kishi jarohatlandi.