Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Август
2018

Ona IIV xodimlarini 24 yashar o‘g‘lini urib, nogiron qilganlikda ayblamoqda (VIDEO)

0
Ona IIV xodimlarini 24 yashar o‘g‘lini urib, nogiron qilganlikda ayblamoqda (VIDEO)

Qoraqalpog‘istonlik Gulxon Nurullaeva Ozodlikka murojaat qilib, uning 24 yashar o‘g‘li kech soat 10 dan keyin yurganlarni tekshirgan Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangani va oqibatda nogiron bo‘lib qolganidan shikoyat qildi.​

 

Nurullaevaning aytishicha, u 2018 yilning 8 martida sodir bo‘lgan bu voqea to‘g‘risida tuman darajasidagi huquq tizimlaridan to Bosh prokuratura va prezident qabulxonasigacha tinimsiz yozgan, adolat istab Toshkentga muntazam qatnagan, lekin natija bo‘lmagach Ozodlikka murojaat qildi.

Nurullaeva o‘z iddaolariga dalil sifatida o‘g‘lining bir necha militsiya xodimi tomonidan avtobus poliga yotqizib tepkilanayotgani aks etgan qisqa videoni taqdim etdi.

Beruniy tuman ichki ishlar bo‘limiga olib ketilayotganlardan biri tomonidan olingan bu videoda kaltaklangan yigit¸ Nurullaevaning aytishicha¸ uning 24 yashar o‘g‘li Zokir Yo‘ldoshevdir:

- O‘g‘lim 8 mart kuni 4-5 do‘sti bilan bayram qilib o‘tirganida melisalar kelib¸ bularni haydagan. O‘g‘lim o‘rtog‘i bilan chiqib ketayotib¸ o‘zaro gaplashib¸ kulishgan. Shunda ular bizning ustimipdan kulding¸ deb buni kaltaklashni boshlagan. Majburlab avtobusga tiqmoqchi bo‘lganda¸ o‘g‘lim qarshilik qilmoqchi bo‘lgan¸ qo‘limni qo‘yib yubor¸ deb qichqirgan. Ular besh-oltilashib¸ uni o‘sha joyning o‘zida yerga yiqitib¸ urgan. Avtobusga chiqqanidan keyin ham rosa urishgan. Lekin eng yomon kaltaklash IIVda bo‘lgan. Tanib qolmasin debmi¸ uni svetni o‘chirib¸ ko‘pchilik bo‘lib qorong‘uda tepkilashgan.

Onaning aytishicha¸ bu kaltaklar oqibatida¸ o‘g‘lining oshqozon osti bezi yorilib¸ butun tanasi zaharlangan:

- Oldiniga hech narsa bo‘lmadi¸ deb turgan do‘xtirlar¸ ahvoli og‘irlashgandan keyin¸ kattarog‘ini chaqirdi. Katta do‘xtirlar darrov operatsiya qilish kerak¸ bo‘lmasa o‘ladi¸ deganidan keyin¸ operatsiya qilishdi. Olti kun komada yotib¸ keyin hushiga keldi. 40 kun bolnitsada yotdi. Yozda ham 15 kun do‘xtirda¸ 15 kun uyda qilib¸ ushladik. Yagona boquvchim bo‘lgan o‘g‘lim bir umrga nogiron bo‘lib qoldi.

Yo‘ldoshevning onasi¸ o‘g‘lining operatsiyadan keyingi avholi aks etgan o‘nlab suratni Ozodlikka yubordi.  “O‘g‘limning tanasi IIV xodimlarining kaltaklaridan keyin ko‘karib yotganini suratlardan ham ko‘rish mumkin”¸ deydi Gulxon Nurullaeva.

Adolat istab...

Zokir Yo‘ldoshevning onasi uning IIV xodimlari tomonidan kaltaklangani yuzasidan prokuraturaga shikoyat qilganini aytadi:

“Ammo bu ishni ko‘rib chiqqan Qoraqalpog‘iston prokuraturasi melisalarning harakatida jinoyat alomati yo‘q¸ deb ishni yopdi. Keyin Bosh prokuraturaga bordim. Ular qayta ko‘rib chiqishini aytdi¸ lekin hozirgacha bizni hech kim so‘roqqa chaqirmadi. Ular ham bir xil javob bilan bu ishni yopib yuboradi¸ deb qo‘rqayapman”.

Nurullaevaning iddaosicha¸ Beruniy tuman kasalxonasi vrachlari¸ tuman sud-tibbiyot ekspertizasi mutaxassislari o‘g‘lining go‘yo avtobusga chiqayotib¸ yiqilish oqibatida jarohatlangani haqida rasmiy xulosa chiqarib bergan.

Nurullaevaning shikoyati O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan davlat idoralari ishlamayotgan kunlarda kelgani bois¸ unga Beruniy tuman IIB va prokuraturasidan rasmiy munosabat olishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik bu murojaat yuzasidan O‘zbekiston IIV va prokuraturasidan rasmiy munosabat olishga urinishda davom etadi.

Militsiya zo‘ravonligi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlarining inson haq-huquqlarini poymol etishi haqidagi shikoyatlar¸ mamlakat prezidenti virtual qabulxonasiga tushayotgan shikoyatlarning kattagina qismini tashkil etadi.

Prezident portali ish boshlaganidan ko‘p o‘tmay e’lon qilingan rasmiy statistikaga ko‘ra¸  2016 yil sentabri oxiridan 1 dekabrga qadar kelgan 217 ming shikoyatning 12 foizi aynan  Ichki ishlar vazirligi faoliyati bilan bog‘liq. 

(Hozirda pm.gov.uz saytida xalqdan tushayotgan arizalar mohiyatiga oid statistika e’lon qilish to‘xtatilgan va shu bois¸ 2018 yilgi rasmiy raqamlar haqida ma’lumot yo‘q.)





Губернаторы России
Москва

Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО





Москва

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Стравинский

Фестиваль «Гений места», посвященный Игорю Стравинскому, откроется в Ораниенбауме 15 июня




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Московские школьники завоевали четыре медали на престижной Международной олимпиаде

ЕВРО-2024: большой футбол ждет слушателей «Авторадио»

В Москве вручили премию МУЗ-ТВ — 2024


WTA

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Нижегородские наличники отправили на выставку на остров Кижи



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России