Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Fermerlarni kaltaklagan militsiya boshlig‘i ustidan sud boshlandi

0
Fermerlarni kaltaklagan militsiya boshlig‘i ustidan sud boshlandi

8 noyabr kuni Samarqand viloyati Urgut tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani IIB sobiq boshlig‘i Jahongir Rajabov ustidan mahkama boshlandi. Sud majlisi jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudi binosida bo‘lib o‘tmoqda.

Sudda jabrlanuvchi sifatida ishtirok etayotgan fermerlarning aytishlaricha, birinchi sud kunida sobiq militsiya boshlig‘i qilgan ishlaridan pushaymonligini aytib, kechirim so‘ragan.

Jahongir Rajabov O‘zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan  ayblanmoqda.

Jinoyat ishi materiallarida Qarshi tumani IIB sobiq boshlig‘i Jahongir Rajabovning tumandagi bir necha fermerni muntazam kaltaklagani, mansab vakolatini suiste’mol qilib, talon-tarojlikka qo‘l qo‘yganiga oid epizodlar ko‘rilmoqda.

Sud majlisida ishtirok etgan fermer Bahriddin To‘raevning aytishicha, mahkamada ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan, guvohlar ko‘rsatmalari tinglangan:

- Militsiya boshlig‘i bug‘doy plani bajarilmagani uchun bizni muntazam kaltaklab kelganini sudga aytdik va uning harakatlariga qonuniy chora ko‘rishini so‘radik. Sudya Jahongir Rajabovdan ham nega fermerlarni kaltaklagani sababini so‘radi. U davlat planini bajarish uchun qilganman, dedi. Sudya planni bajarish uchun kaltaklash kerakmi, deb so‘rasa, Jahongir Rajabov pushaymonman, tan olaman, meni kechirishsin, dedi. Shunday qilib, sudning birinchi ish kuni tugadi", deydi fermer.

Uning aytishicha, navbatdagi sud majlisi 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Sobiq militsiya boshlig‘i ayblanayotgan Jinoyat Kodeksi 206 moddasining birinchi qismi sud majlisida o‘z tasdig‘ini topsa, "u eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi" mumkin.

Qarshi tumani IIB sobiq boshlig‘i Jahongir Rajabov bug‘doy rejasini bajrolmayotgan fermerlarni bir safga qo‘yib, muntazam kaltaklab kelganligi haqida Ozodlik joriy yilning 27 iyunida xabar bergan edi.

“Abdug‘afurov Muhammad” fermer xo‘jaligi rahbari¸ 33 yashar Rahmatullo Xo‘jamurodov rayon militsiyasi rahbari zo‘ravonligi haqida shunday degan edi:

- Bundan 10 kuncha oldin uchastkovoy meni Halima opa fermerning dala shiyponiga olib bordi. O‘ntacha fermerni olib kelishgan ekan. Hammamizni bir qator qilib safga terib qo‘yishdi. Militsiya boshlig‘i Jahongir Rajabov keldi-da, bir chetdan “rejani bajardingmi”¸ deb so‘ray boshladi. Kimdir 10 tonna, kimdir 15 tonna yetmadi, deyishi bilan qulochkashlab yuzimizga ura boshladi. Quloqning tagiga, basharaga ikki qo‘li bilan ikki tarafdan urayapti, degan edi Ozodlik bilan 27 iyun kuni gaplashgan fermer.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati shu yilning 9 iyulida Qarshi tuman Ichki ishlar bo‘limining mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qilgandi.

Ozodlik sud majlisini kuzatib boradi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин рассказал о новых трамвайных линиях в Москве





Москва

Весь мир чипировали умом Ленина?! Раскрыта загадка Мавзолея В.И. Ленина. Проект "Святой Ленин".


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин рассказал о расширении функционала МЭШ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

Бутман и Долина приняли участие в Akra Jazz Festival в Турции




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Неделя легкой атлетики пройдет в Москве

В филиалах АО "Желдорреммаш" прошли мероприятия ко Дню защиты детей

Пятеро саратовских гребцов выступят на играх БРИКС


Ролан Гаррос

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции: «Я здесь дома»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Собянин рассказал о расширении функционала МЭШ



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России