Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Mirziyoevning har bir oilani tovuqboqar qilish rejasi Qashqadaryoda mag‘lub bo‘ldi

0
Mirziyoevning har bir oilani tovuqboqar qilish rejasi Qashqadaryoda mag‘lub bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati hokimligi rasmiysining Ozodlikka aytishicha¸  oilaviy parrandachilik davlat loyihasiga 2017 yilda 3130 oila qo‘shilgan bo‘lsa¸ bu raqam joriy yil noyabrida 592 ni tashkil qilgan. Tovuqchilikdagi bu qariyb olti martalik kamayishni izohlagan viloyat agrosanoat majmuasi xodimi tovuqlar kasalga chalinib yoppasiga o‘la boshlagani uchun aholi orasida parrandachilikka qiziqish kamayganini bildirdi.

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi mulozimi «parrandachilik sohasini yaxshi bilmaslik oqibatida¸ nafaqat Qashqadaryo¸ balki aksar tumanlarda tovuqlar qirilib» ketganini aytdi.

Hozircha Ozodlik ixtiyorida mulozimning bu gapini tasdiqlovchi rasmiy statistika raqamlari yo‘q.

"Mirziyoev tovuqlari"

Qashqadaryoning Nishon  tumanida yashaydigan 56 yashar Suyun Rahimqulov Ozodlik bilan 8 noyabr suhbatda o‘tkan yili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi arafasida kreditga olgantovuqlari kasalga chalinib o‘lib qolganini aytib berdi:

- "Mirziyoev tovug‘i" deydi buni. O‘tkan yili hokim bovo chaqirib¸ yuzta jo‘ja olib¸ ko‘paytiring¸ devdi.. Prezident bovomiz sizga orden va moshin beradi¸ deb va’dayam berdi. Shundan so‘ng «Sanoatqurilishbank» kredit berdi. Lekin olgan tovuqlarim kasalga chalinib qirilib bitdi. Zimmamda kredit qoldi¸ deydi Rahimqulov.

«Dushmaningga tovuq boqtir»

Suhbatdoshga ko‘ra¸ shu kunlarda Qashqadaryoda «Dushmaningga tovuq boqtir» degan maqol urf bo‘lgan:

- Bizda tovuq iqlimga mos emas. Iqlimga mosini topish qiyin. Ilgari bor edi.Sasarka marjon tovuq. O‘sha chidamli edi. Bizning yerga o‘rdak chidaydi faqat. "Mirziyoev tovuqlari"dan zarar ko‘rdik¸ degan suhbatdosh o‘tgan yil fevralidan beri ko‘rgan azobini hikoya qildi:

- Tovuqlarga qorin og‘rig‘i tegdi. Yil qurg‘oqchilik bo‘ldi. Tovuq ko‘k o‘t yeydi. Qurg‘oqchilikda o‘t-o‘lan bitmadi. Yerda hashorat kamaydi. Tovuqqa vitamin yetmadi. Yana nima deyin. Mening ochirgan jo‘jamdan 14 donadan uchtasi qoldi¸ bittasining ko‘zi ko‘r bo‘ldi . Yoz issig‘iga biz chidadik¸ ammo tovuq chidamadi. 45 daraja issiqda qirilib bitdi Mirziyoev bovoning tovuqlari¸  deydi nishonlik tovuqboqar.

Tovuqlar o‘z ajali bilan o‘lgan

Qashqadaryo viloyat hokimligi agrosanoat majmuasining ismi aytilmasligini so‘ragan mulozimiga ko‘ra¸ bir yil ichida 20 mingdan ko‘proq tovuqning o‘limi qayd qilingan:

-O‘tkan yili prezident tashrifi oldidan shoshib-pishib odamlarga tovuq tarqatildi. Gapning to‘g‘risi¸ kreditga berilgan tovuqlar qariyb o‘z umrini fermada o‘tab bo‘lgandi. Tovuq degani o‘zi 7-8 yil yashaydi. O‘lgan 20 ming tovuqdan 19 mingi o‘z ajali bilan o‘ldi¸ deydi mulozim.

Ayni paytda Ozodlik suhbatlashgan mulozim tovuqlarning bir qismi kasalga chalinib o‘lganini ham tasdiqladi:

- Oshqozon va raxit kasalidan o‘ldi aksar tovuqlar.  Dastlabki oylarda jo‘jalar muzlab aspergillez, koksirozdan qirildi. Yozga borib qorin og‘rig‘i va raxit bois o‘ldi. Lekin viloyat hokimligi tovuq boqayotgan oilalarga vetvrach yuborib talafot ko‘lamini kamaytirdi¸ deydi mulozim.

Tovuqboqarlik hobbi emas

Ozodlik suhbatlashgan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi mulozimi «parrandachilik sohasini yaxshi bilmaslik oqibatida  nafaqat Qashqadaryo¸  balki respublikaning aksar tumanlarida tovuqlar qirilib» ketganligini aytdi.

Bu mulozim Suhbatdosh Ozodlik muxbiriga Qishloq xo‘jalik vazirligida parrandachilikka ma’sul bo‘lgan rahbarlardan biri Maqsud Yusupov bilan suhbatlashishni maslahat berdi.

Maqsud Yusupov Ozodlik muxbiri bilan suhbatni «Tovuqboqarlik hobbi emas¸ balki yuksak malaka va jiddiy ma’suliyat talab qiladigan soha" ekanligini ta’kidlash bilan boshladi. Savollar jiddiylashgani ortidan mulozim «men bir raqamlarni qarab ko‘ray»¸ deya suhbatga nuqta qo‘ydi.

Kreditni to‘lamasa mol-mulki musodara qilinadi

Nishon  tumanida yashaydigan 56 yashar Suyun Rahimqulov tovuq uchun rasmiylashtirilgan kreditni to‘lay olmagani uchun Majburiy ijro byurosi bilan nizolashganini aytadi:

- Tovuqning kredit pulini to‘lang¸deb kelayapti MIB. To‘lamasang mol-mulkingni musodara qilaman¸ deb qog‘oz yuborib yotibdi har kuni¸ deydi o‘z ixtiyoriga qarshi tovuqboqarlik qilgan Rahimqulov.

Qashqadaryo viloyat hokimligi mulozimiga ko‘ra¸ o‘tkan yilning fevral oyida prezident Mirziyoevning Qashqadaryoga tashrifi arafasida viloyat hokimligi Qarshi, Nishon va Muborak tumanlarida uch yuzta oilaga jo‘ja tarqatib¸ kredit rasmiylashtirgan.

Viloyatdagi Agrobank, Hamkorbank, Xalq banki hamda Mikrokreditbanklar xodimlari o‘tgan yili  mahalla qo‘mitalari faollaridan bilan birga uyma-uy yurib, aholiga o‘z tomorqasida tovuq boqish uchun kredit rasmiylashtirgan edi.

Nishonlik tovuqboqarning aytishicha¸ hokimlik tovuq va jo‘jalarni aynan Mirziyoevning Qashqadaryoga kelishi munosabati bilan u to‘xtashi kutilgan joylarda yashovchi oilalarga tarqatib chiqqan.

- Hokim o‘tgan yili bizga tovuq berib¸ ochko oldi. Endi esa buning xarajati bizning zimmamizga tushdi¸ deydi tovuqboqar.

Qashqadaryoda tovuq tarqatish kampaniyasi prezident Mirziyoevning 2017 yili Qoraqalpog‘istonda o‘tkazgan selektor yig‘ilishida aytgan gaplaridan so‘ng avjiga chiqqani aytiladi.

O‘zbekiston viloyatlaridagi har bir xonadon 100 tadan tovuq boqishga shart ekanligi haqida  gapirgan Shavkat Mirziyoev bu vazifani bajarish haqida o‘ylashni hokimlarga, aholini kreditlar bilan ta’minlashni esa¸ banklarga topshirgan edi.

O‘sha majlisda tovuqchilikni rivojlantirish prezident tomonidan O‘zbekiston bosh vaziri muovini Rustam Azimov zimmasiga yuklatilgan edi.

Bu vazifa yuklatilganidan olti oy o‘tib  Rustam Azimov lavozimidan ozod etildi¸ "zo‘raki tovuqboqarlar" esa¸  o‘z muammosi bilan o‘zi yuzma-yuz qoldi¸ deydi nishonlik tovuqboqar.





Губернаторы России
Москва

Собянин: выборы в Мосгордуму будут серьезным экзаменом





Москва

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Фредди Меркьюри

Фильм о Фредди Меркьюри помог российским детям с онкологией




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Пожар у станции «Динамо» в Москве потушен

Площадь пожара в здании у метро «Динамо» в Москве составляет 400 квадратов

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»


Роджер Федерер

Федерер рассказал о недооценке Джоковича на старте карьеры



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Минск

Пашинян предложил Лукашенко извиниться перед армянами из-за слов про Карабах. Что на это ответили в Белоруссии?



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России