Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Merkel va Makron Ukraina sharqida o‘tkazilgan saylovlarni noqonuniy deb atadi

0
Merkel va Makron Ukraina sharqida o‘tkazilgan saylovlarni noqonuniy deb atadi

11 noyabr kuni Ukraina sharqidagi Donetsk hamda Lugansk viloyatlarining rossiyaparast ayirmachilar boshqaruvida bo‘lgan hududlarida o‘tkazilgan saylovlarni xalqaro hamjamiyat keskin tanqid qilmoqda. Fransiya va Germaniya separatchilar o‘tkazgan saylovlarni “noqonuniy” deb atadi.

Rasmiy Kiev o‘tkazilgan saylovlar 2014 yilning aprelida boshlangan mojaroni to‘xtatishga qaratilgan harakatlarni yanada mushkullashtirishini aytdi.

Rossiya rasmiylari esa, Donetsk va Lugansk yetakchisi hamda mahalliy vakillik organlari a’zolarini tayinlash uchun o‘tkazilgan saylovlar mojaroni hal etish maqsadida 2014 yil sentabri va 2015 yil fevralida erishilgan “Minsk kelishuvi” shartlarini buzmasligini ta’kidladi.

Rossiya matbuoti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, deyarli barcha byulletenlar sanab bo‘linganidan keyin, Donetsk viloyatidagi ayirmachilarning amaldagi yetakchisi Denis Pushilin 61 foiz to‘plagani ma’lum bo‘lgan.

Qo‘shni Luganskdagi ayirmachilarning amaldagi yetakchisi Leonid Pasechnik esa 68 foiz ovoz to‘plagan.

Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron e’lon qilgan qo‘shma bayonotda “Saylov deb atalayotgan bu hodisa Ukrainaning hududiy birligi hamda suverenitetiga putur yetkazadi”, deyiladi.

Ikki prezident ushbu bayonotni e’lon qilishidan avval 11 noyabr kuni Birinchi jahon urushi tugaganining 100 yilligiga bag‘ishlangan marosimlar davomida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko bilan uchrashdi.

Germaniya, Fransiya hamda Ukraina mojaroga yechim topish bo‘yicha “Normandiya formati”dagi muzokaralarni o‘tkazib keladi. Rossiya formatga a’zo to‘rtinchi davlat bo‘lib, keyingi ikki yil davomida muzokara o‘tkazilmadi.

Donetsk viloyatidagi ayirmachilarning amaldagi yetakchisi, 37 yoshdagi Pushilin kazino bankomati hamda minglab odamni laqillatgan taniqli rus Pontsi sxemasining davomchisi MMMning moliyaviy xizmatlarini sotish bilan shug‘ullangan.

Donetskning avvalgi yetakchisi Aleksandr Zaxarchenko avgust oyida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning o‘limida Moskva va Kiev bir-birini aybladi.

Luganskdagi ayirmachilarning amaldagi yetakchisi, yoshi 48 ga chiqqan Leonid Pasechnik esa Ukraina Xavfsizlik xizmatining sobiq hududiy yetakchisidir.

Pushilin ham, Pasechnik ham Rossiya bilan aloqalarni yanada yaxshilashni va’da qilib keladi.

Donetsk va Luganskdagi saylovlar xavfsizlik choralari kuchaytirilgan muhitda o‘tkazildi.

AFP agentligi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Donetsk viloyatidagi saylov posterlari aholini “qalbida Rossiyani tutgan holda” ovoz berishga chorlagan.

Ayirmachilarning oxirgi saylovi 2014 yilda Kiev hamda g‘arb mamlakatlari e’tirozlariga qaramasdan o‘tkazilgan edi.

Ukraina, AQSh hamda Yevropa Ittifoqi 11 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovlarni Rossiya manipulyatsiyasi o‘laroq qoralab, ular Minsk bitimlariga zid ekanligini aytmoqda.

2013 yili moskvaparast prezident Yanukovich hokimiyatdan chetlatilganidan so‘ng Ukraina sharqida rossiyaparast ayirmachilar bilan boshlangan urush oqibatida hozirgacha 10300 dan oshiq dam halok bo‘ldi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва подписала ряд крупных соглашений на Петербургском форуме





Москва

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Анастасия Ивлеева

Сменившая образ Ивлеева появилась на презентации своего азиатского ресторана




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве прошёл спортивный праздник для росгвардейцев

Уверенная победа россиян на турнире ONE FRIDAY FIGHTS 66

В Москве 14-летний мальчик ранил ножом 16-летнего юношу на футбольном поле


Ролан Гаррос

Андреева рассказала о своих планах на предстоящий матч с Соболенко во Франции



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Опубликованы кадры, запечатлевшие смерч в Челябинской области и Башкирии



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России