Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Ноябрь
2018

Baliqchi tuman tug‘ruqxonasida 36 yashar ona va uning homilasi o‘ldi

0
Baliqchi tuman tug‘ruqxonasida 36 yashar ona va uning homilasi o‘ldi

Andijon viloyat, Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksida 28 noyabr kuni 36 yashar ayol tug‘ruq paytida olamdan o‘tdi. Ayol qornidagi homilasi ham nobud bo‘ldi.

Ona va bola nima sababdan o‘lgani ma’lum emas. Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining Ozodlik suhbatlashgan xodimi  ekspertiza natijalari chiqmagunicha o‘lim sababi haqida hech narsa deyolmasligini aytdi.

Marhumning yaqinlari esa fojiada tug‘ruqxona vrachlarini ayblamoqda. 

Ayni paytda, Bosh prokuratura matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Jizzaxning Zafarobodida qayd etilgan go‘dak o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

36 yoshli E.K. qornidagi uchinchi farzandini tug‘ish uchun Baliqchi tuman  Tibbiyot birlashmasi tug‘ruq kompleksiga yotganidan bir kun o‘tib, 28 noyabr kuni olamdan o‘tdi.  

Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi  xodimi  Ozodlik bilan suhbatda shifokorlarning "astoydil harakatlari"ga qaramasdan ona qornidagi bolaning ham hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmaganini aytdi.

– Bilmaymiz negaligini. Endi ekspertizaga ketdi, xulosa chiqqanidan keyin ma’lum bo‘ladi. Yuragidan taxmin qilyapmiz, infarkt miokarda deyilyapti, ko‘tarolmagan bo‘lishi mumkin.  Endi ekspertizani kutyapmiz. Qornidagi bola 37 haftalik edi. Bolani ham saqlab qololmadik, - dedi tug‘ruq kompleksi xodimi.

Marhumning yaqinlari ona va bola o‘limida tug‘ruqxona vrachlarini ayblamoqda.

Ozodlik bilan suhbatlashgan marxumaning qarindoshi "ta’magir vrachlar"ning beparvoligi bois, oila nobud bo‘ldi, deb da’vo qildi.

- Anchadan beri qornida og‘riqdan shikoyat qilar edi. Qishloq vrachlik punktidagilar vaqtida e’tibor bermadi. Hozir pul bermasangiz vrachlar qaramaydi. To‘rt kun avval ahvoli yomonlashgach, tuman tibbiyot birlashmasiga ham bordi. Lekin ginekologiya bo‘limi qabul qilmadi. Oxiri yotadigan holat bo‘lib qolganidan keyin ikki kun oldin qabul qilishdi, lekin kech bo‘lib bo‘lgan ekan-da, - dedi marxumning ismi aytilishini istamagan qarindoshi.

Baliqchi tuman Tibbiyot birlashmasi shifokorlari bu iddaoni rad qilishmoqda.

- Tug‘ruq paytida ayolda patologik muammo bo‘lmagan, hech qanaqa noqislik kuzatilmagan. Endi o‘lim sababi haqida ekspertiza chiqsa hammasi oydinlashadi, - dedi shifokor.

Ozodlik ona va bola o‘limi yuzasidan izoh olish uchun Baliqchi tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari bilan bog‘landi, lekin u majlisda ekanini aytib, Ozodlikka izoh berolmasligini bildirish bilan cheklandi.

Bu shu oyni o‘zidagi O‘zbekiston tug‘ruqxonalaridagi go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq Ozodlikka ma’lum ikkinchi xolatdir.

2018 yilning 12 noyabrida  Jizzax viloyatida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirish uchun Zafarobod tuman Markaziy kasalxonasining Tug‘ruq bo‘limiga yotgan ayolning bolasi vafot etgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining 29 noyabr kuni Ozodlikka ma’lum qilishicha, go‘dak o‘limi yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

"Tergovga qadar tekshirish jarayonida, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlarining kasb yuzasidan o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarganliklarini aniqlash maqsadida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.02.2010 yilgi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarida tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, perinatal o‘lim va o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma talabi to‘liq bajarilmaganligi va G.X.ning chaqalog‘i patologoanatomik tekshiruvdan o‘tkazilmaganligi aniqlangan", - deyiladi Bosh prokuratura bildiruvida.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda  shu yilning o‘zida onalar o‘limi bilan bog‘liq 59 ta, bolalar o‘limi bilan bog‘liq esa, 2.706ta holat qayd etilgan.

"Save The Children" tashkiloti hisobotida O‘zbekistonda har ming bolaning beshtasi tug‘ilganidan sal o‘tmay olamdan o‘tishi aytiladi.

Dunyoga kelganidan so‘nggi 30 kun mobaynida ro‘y beradigan bolalar o‘limi hollari esa O‘zbekistonda har ming bolaga 15tani tashkil etadi.

Dunyo bo‘yicha esa har yili 1 milliondan oshiq bola tug‘ilishi bilan o‘ladi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Детский фестиваль искусств «Небо» станет праздником для всей семьи





Москва

Преступления мигрантов с рынков азербайджанского олигарха Года Нисанова продолжают шокировать Москву


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин поздравил москвичей с Международным днем защиты детей



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Элвис Пресли

Дом Элвиса Пресли атаковали аферисты




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Фильм «Мой любимый чемпион» показали в павильоне «Роснефти» на ВДНХ в Москве

Дептранс Москвы раскрыл детали инцидента на станции метро "Спортивная"

Спортсмены из Химок выиграли Первенство Подмосковья по автокроссу


Ролан Гаррос

Арина Соболенко повторила уникальное достижение Азаренко на турнирах «Большого шлема»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Минск

Путин и Лукашенко обсудили по телефону предстоящий саммит ШОС



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России