O‘zbekistonlikni Domodedovo aeroportida o‘zbekistonlik taksichi to‘nadi (AUDIO)
Toshkentdan kelgan o‘zbek muhojiri Moskvaning Domodedovo aeroportida taksichi-bosqinchilar qurboni bo‘ldi. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan migrant 7 ming rubl berib, tahdid qilgan shaxslardan bazo‘r qutilganini so‘zlab berdi.