Festivalda yoshlar faol ishtirok etdi
Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda oʻquvchilar, talabalar, turli sohalarda mehnat qilayotgan yoshlar, harbiylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.