103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2019

"Umra" loyihasi bilan Toshkentga kelgan saudiyaliklarni yarim million dollarga tushirishdi

0
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tuman sudining 13 mart kuni Mirziyod Obidov raisligida o‘tgan mahkamasida saudiyalik to‘rt nafar investorni aldab pulini o‘marishda ayblangan uch nafar o‘zbekistonlik ustidan hukm o‘qildi.


Hukmning Ozodlikka yuborilgan nusxasida yozilishicha¸ ”uyushgan jinoiy guruh a’zolari” deya malakalangan Murodbek Shamsiev 12 yil¸ Shavkat Saidvaliev 9 yil¸ Botir Xolmuhammedov esa 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


Saudiyaning Royal Bird for the management Operation and Maintenance shirkati vakilidan yarim million AQSh dollar miqdoridagi naqd pulni aldab olib  g‘oyib bo‘lgan  Zokir Salmanov va Sherzod Ibraevlar Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro qidiruvga berildi.


Sudlanuvchilarning hammasi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik)¸ 168-moddasi (Firibgarlik) va  238-moddasi (Yolg‘on guvohlik berish) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. 




Yarim million naqd dollarni firibgarlarga oldirgan 60 yashar Abdul Rahmon Muhammad Anasning Mardon ismli vakili Ozodlik bilan suhbatda hukm ustidan shikoyat qilishini bildirdi.


- Norozimiz hukmdan. Bizni guvoh sifatida rasmiylashtirib¸ pulimizni  davlat hisobiga o‘zlashtirishmoqchi. Biz O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari tarafidan qabul qilinib¸ investitsiya kiritayotgan paytda firibgarlar qurboni bo‘ldik. Sud aybdorlarni qisman qamagan bo‘lsa ham¸ bizning zararimizni qoplash yo‘lini topib bera  olmadi¸ deydi jabrlanuvchi vakili.




Suhbatdoshning aytishicha¸ ayni firibgarlik sxemasi oqibatida “O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan Saudiya vatandoshlari Banun Turkiy Salah¸ Al Maymani Bosim Muhammad¸ Alleyoni Barra Saudlar ham zarar ko‘rgan”.


Bu tadbirkorlar O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan 2018 yilning 29 oktabrida olingan T-0075-01 raqamli litsenziya asosida faoliyat yuritishgan.


Innovatsion rivojlanish vazirligining Ozodlik 4 aprel kuni suhbatlashgan vakili bu tadbirkorlar 2018 yil aprel oyida vazir o‘rinbosari Sherzod Shermatov qabulida bo‘lgani va ziyorat biznesi uchun investitsiya kiritish mavzusida suhbatlashganini aytdi.


Vazirlik mulozimi investorlarning puli o‘marilgani borasidagi suddan bexabar ekanligini ham bildirdi.


Yarim million dollarlik jinoyat tarixi


Ozodlik saudiyalik tadbirkorlar va ular advokatlari bilan suhbatlar¸ qolaversa 1-1008-1903/22-sonli jinoyat ishi tafsilotlari asosida voqeaga oydinlik kiritishga urindi.


Jinoyat ishidagi hujjat va ko‘rsatmalarda aks etishicha “saudiyalik investorlarni Toshkentga chaqirib pulini shilish g‘oyasi”  hozirda firibgarlikda ayblanib 12 yilga kesilgan Murod Shamsiev va xalqaro qidiruvga berilgan 38 yashar Bekzod Ibraevdan chiqqan.


Hujjatlarga ko‘ra¸ aynan Bekzod Ibraev haj qilish uchun 2018 yili Saudiyaga borganida¸ “investorlarni ilintirgan".


Sudlanuvchi Shavkat Saidvalievning tergov davomida bergan ko‘rsatmasida voqea tafsilotlari hikoya qilingan.


“2018 yil mart oyida Ibraev uyimga keldi. Haj ibodatini ado etdim va sizga o‘sha muqaddas yurtdan sovg‘a keltirdim¸ deb hadyalar berdi. Saudiyada O‘zbekistondan “Haj” va “Umra” ziyoratini tashkil qilishga investitsiya qilishga tayyor shaxslar bilan tanishib keldim dedi. Ularni O‘zbekistonga chaqirib olish ishida qatnashishimni so‘radi. Evaziga besh nafar mening odamimni “Haj” safariga tekin yuborishga va’da berdi.”


Jinoyat ishidagi hujjatlarga ko‘ra¸ ana shundan keyin Ibraev o‘z atrofiga hozir qidiruvga berilgan 55 yashar Zokir Salmonovni ham tortgan. Bu uchlik Saudiyaning Riyod shahrida yashaydigan to‘rtta tadbirkorga “O‘zbekistondan “Umra” va “Haj” ziyoratini  amalga oshirish uchun litsenziya-shartnoma  va mexmonxona qurish uchun yer uchastkasi olib berish va eng muhimi rahbariyat “akaxonligini” va’da qilishgan.


Shundan so‘ng¸ Saudiyada istiqomat qiladigan Afg‘oniston vatandoshi Abdul Rahmon Muxammad Anas (M. Abdul Rahman Mohammad Anas) nomiga Tashqi mehnat migratsiyassi agentligi tarafidan mehnat faoliyatini tasdiqlovchi 1022 raqamli hujjat rasmiylashtiriladi.


Saudiya vatandoshlari Banun Turki Salah¸( Banoun Turki Saleh S) Al Maymani Bosim Muhammad¸ (Al Maimani Basim Mohammad A) Allexyoni Barra Saudlarga (Allehyani Barra Saud N) Riëddagi O‘zbekiston elchixonasi tezlashtirilgan tartibda viza beradi.


Ozodlikda Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘ining saudiyalik tadbirkorlar bilan yozishmalari nusxasi bor.


Bu yozuvlarda Saudiya vatandoshlari Banun Turki Salah¸Al Maymani Bosim Muhammad¸ Allexyoni Barra Saudlar uchun “O‘zbekistonda yashil chiroq “ va’da qilinadi.


2018 yilning 18 aprelida Riyoddan uchib kelgan to‘rt nafar “saudiyalik investor” Toshkent xalqaro aeroporti VIP zalida kutib olinadi.


Jinoyat ishi hujjatlarida aks etishicha¸ “saudiyalik investorlarning” Innovatsion rivojlanish vazirligida qabul qilinishi “ham vazirlik¸  ham ko‘cha bolalariga taalluqli” Nilufar Yunusova o‘z zimmasiga oladi.


Izlar vazirlikka borib taqaldi


Ozodlikda nusxasi bo‘lgan 1-1008-1903/22-sonli jinoyat ishida ta’kidlanishicha¸ hozirda mahkum¸ sud tarafidan to‘da boshlig‘i sifatida malakalangan Murodbek Shamsiev Saudiya tadbirkorlaridan olgan 500 ming AQSh dollaridan 300 ming AQSh dollarini Innovatsion rivojlanish vazirligi Ta’lim boshqarmasida ishlaydigan Nilufar Yunusovaga bergan. Yunusova keyinroq 150 ming AQSh dollarini “ish pishmadi”¸ deya Shamsievga qaytib bergan.




Jinoyat ishi figuranti Yunusovaga nisbatan “tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Yunusovaga nisbatan ajrim yoki hukm chiqarilmadi.


Sud kotibining Ozodlikka  4 aprel kuni aytishicha¸ Yunusova va boshqa figurantlarning aybdor yoki aybdor emasligi masalasi sudning navbatdagi majlisida ko‘riladi.


Nilufar Yunusova ayni kunlarda Innovatsion rivojlanish vazirligida ishlashda davom etmoqda. 


Innovatsion rivojlanish vazirligining 4 aprel kuni Ozodlik suhbatlashgan vakili “vazirlik xodimasining jinoyatda gumonlanayotgani borasida” izoh bermadi.


Vazirlik “primanka” sifatida qo‘llanildi


Tadbirkor Abdul Rahmon Muxammad Anasning Mardon ismli vakili aytishicha¸ Murodbek Shamsiev boshchiligidagi guruh saudiyalik investorlardan naqd pul ko‘rsatishni so‘rashgan.


- "Bizning vazirlikdagi odamlarimiz ishonishi uchun pulni naqd shaklida ko‘rishimiz kerak. Keyin pulni bir taqvoli odamga vaqtincha omonat qilib berib qo‘yamiz. Bankga qo‘ysak ribo bo‘ladi"¸ deyildi. Shu shartdan keyingina vazir o‘rinbosari Sherzod Shermatov bilan uchrashuv aniq bo‘ladi¸ deb va’da berdi. Oq-qora yelim xaltada yarim million AQSh dollarini Bekzod  Ibraevga berdik. Buni rasmga ham olib qo‘ydik. Ana shundan keyin vazirlik xodimasi Nilufar Yunusova telefon qilib vazir o‘rinbosari sizlarni kutayapti¸ dedi.(iqtibos tugadi)


Jinoyat ishi hujjatlarida “investor”larni Innovatsion rivojlanish  vazirligi eshigi oldida Nilufar Yunusova kutib olgani va vazir o‘rinbosari Sherzod Shermatov xonasiga uning yordamchisi Rustam olib kirgani aytiladi.


Ozodlik tasarrufidagi hujjatlarda bu uchrashuv paytida Innovatsion rivojlanish vazirligi xalqaro boshqarmasi boshlig‘i Iskandar Abdurahimovning ham ishtirok qilgani aks etgan.


Abdul Rahmon Muxammad Anas vakiliga ko‘ra¸ “investorlar ziyorat turizmi” borasida yiliga million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish taklifini ilgari surishgan.


Ozodlik 4 aprel kuni suhbatlashgan Innovatsion  rivojlanish vazirligi vakiliga ko‘ra¸ “bu uchrashuv xushmuomala tashrif formatidan nariga o‘tmagan".


“Ular o‘zbeklarni “Haj” va “Umra” ziyoratiga jo‘natadigan turfirma ochish  va Imom Buxoriy ziyoratggohiga Saudiyadan turist  olib kelishni va’da qilishdi. Umumiy masalalar va umumiy gaplar aytilib¸ asosiy gap keyingi uchrashuvga qoldirildi”.


Bu uchrashuvdan sal oldin Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Jasur Akramov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarovga rasmiy maktub yo‘llagan edi


Bu hujjatda “Umra” va “Haj”  safarining xususiy shirkatlar tarafidan tashkil qilinishi maqsadga muvofiq emasligi ta’kidlanadi.


Abdul Rahmon Muxammad Anas vakili Ozodlik bilan suhbatda “xususiy shirkatlarga ziyorat biznesi taqiqlanganini bilib turib¸ bizni Innovatsion rivojlanish vazirligida aldashdi” deya tashvish bildirdi.


Bu uchrashuvdan keyin¸ sud tergov hujjatlariga ko‘ra¸ naqd 500 ming AQSh dollarini olgan Murodbek Shamsiev boshliq  guruh “telefonlarini o‘chirib qo‘yib¸ investorlar bilan aloqani uzadi”.


Suhbatdoshning Ozodlikka aytishicha¸ “bu paytga kelib bu pulni olgan guruh ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan va Innovatsion rivojlanish vazirligi mulozimasi Nilufar Yunusova men sizlarni tanimayman” deb turib olgan.


- Shu paytda bizni chuv tushirishganini tushunib ydtdik¸ deydi suhbatosh.


Ozodlik bilan 4 aprel kuni gaplashgan Innovatsion rivojlanish  vazirligi vakiliga ko‘ra¸ firibgarlar vazirlikdagi uchrashuvdan “primanka” (qarmoqqa ildiriladigan xo‘rak) sifatida foydalanishgan.


Pulidan ayrilgan tadbirkorlar arizasi ortidan jinoyat ishi ochilib¸ 2018 yilning sentabr-oktabr oylarida firibgarlar to‘dasining uch nafari qo‘lga olinadi va ikki nafariga qidiruv e’lon qilinadi.




Губернаторы России
Москва

Собянин пообещал продлить скоростные диаметры Москвы в Ярославскую область





Москва

Стоит ли отдавать ребенка в частную школу?


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

«В ближайшие регионы»: Собянин анонсировал продление МЦД до четырёх областей



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Фрэнк Синатра

СМИ: съёмки фильмов Мартина Скорсезе про Иисуса Христа и Фрэнка Синатру перенесли на неопределённый срок




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Олимпийские ценности: доступное жилье в Иваново сдадут по улучшенному стандарту

Представители Росгвардии поздравили воспитанников Центра спорта и образования «Самбо-70» с принятием торжественной клятвы

Подведены итоги конкурса «Мы верим твердо в героев спорта»


WTA

Камилла Рахимова вышла во второй круг WTA-1000 в Пекине, обыграв Кимберли Биррелл



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Представители Росгвардии поздравили воспитанников Центра спорта и образования «Самбо-70» с принятием торжественной клятвы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России