Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2019

"Qodirovchilar" sudi: Ayrim sudlanuvchilar tergov paytida qiynoqlarga tutilganini iddao qildi

0

O‘zbekiston sobiq Bosh prokurori Rashitjon Qodirov va uning jinoiy sheriklari deb ko‘rilayotgan yana 12 nafar sobiq mulozim ustidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod sudida o‘tayotgan yopiq jarayonda 17 aprel kuni ko‘rsatma bergan sudlanuvchilardan ayrimlari tergov paytida jismoniy va ruhiy qiynoqlarga tutilganini da’vo qilgan.

Bu haqda Ozodlikka sud jarayonida ishtirok etayotgan bir-biridan mustaqil ikki shaxs ma’lum qildi.

Ular yopiq sud haqida jamoatchilikka ma’lumot berish vakolatiga ega bo‘lmaganlikari uchun ismlari sir qolishini so‘radilar.

Qiynoq da’volari

Yopiq sud jarayonida bo‘lgan shaxslardan birining Ozodlikka ma’lum qilishicha, 17 aprel kuni ko‘rsatma bergan sudlanuvchi Ulug‘bek Sunnatov (Bosh prokuror sobiq o‘rinbosari) sud raisiga tergov paytida uni dastlab rezina tayoq bilan kaltaklashgani, ammo qo‘yilgan ayblovlarga iqror bo‘lmagach, uning moyaklariga elektroshok yuborishganini so‘zlab bergan.

“Bunga chiday olmagan Sunnatov o‘zini osmoqchi bo‘lgani, lekin hibsxona nozirlari bilib qolishganini aytdi. Keyin tarbiya berib qo‘yish maqsadida hibsxona nozirlari uni besh kun davomida qip-yalang‘och qilib, karserga tashlashibdi ekan. U sud raisidan uni tergov qilgan tergovchi Yorqin Abdullaevni sudga chaqirib, undan ko‘rsatma olishni so‘radi”,- dedi sud jarayonida qatnashayotgan shaxs.

Uning bu so‘zlarini tasdiqlagan sudda bo‘lgan boshqa bir shaxs keyin yana bir sudlanuvchi - Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Xurramov ko‘rsatmasi tinglanganini aytdi.

Unga ko‘ra, Ulug‘bek Xurramov tergovchilar uning yosh qizini "podvalga tiqib qo‘yish" bilan tahdid qilganlaridan keyingina sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga qarshi ko‘rsatma berishga majbur bo‘lganini iddao qilgan.

U, shuningdek, tergov paytida tergovchilar urib uning bir qo‘li va bir oyog‘ini sindirib tashlashganini aytgan.

Ulug‘bek Xurramov o‘z da’volari yuzasidan tibbiy tekshiruv o‘tkazishni talab qilgan.

Ozodlikda mazkur da’volarni mustaqil manbalar yoki faktlar asosida tasdiqlash yoki rad qilish imkoni yo‘q.

Roppa-rosa bir hafta muqaddam, ya’ni 11 aprelda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Amnesty International murojaatiga javoban sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganini rad etgan edi.

Yopiq sud

7 yanvar kuni boshlangan sud jarayoniga hattoki sudlanuvchilar yaqinlari ham qo‘yilmayotir.

Zamon axborot-tahliliy telekanalining 17 aprelda xabar berishicha, sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov va u bilan ayblanayotgan 12 nafar sobiq mulozim ishi yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Baxtiyor Islomov izoh bergan. 

- Bu jinoyat ishi doirasida 13 nafar shaxs hozirgi kunda sudga berilgan. Ularga ham firibgarlik, pora olish, pora berish, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, tergov qilishga va sud ishlariga aralashish holatlari yuzasidan ayblovlar qo‘yilgan. Jinoyat ishi o‘ta murakkab, ko‘p voqeali bo‘lgani munosabati bilan jinoyat ishini sudda ko‘rish muddati jinoyat-protsessual kodeksining 405-moddasi tartibida 4 oygacha uzaytirilgan. Ulgurmadik, so‘roq qilinadigan odamlarning soni ham juda ko‘p, shuning uchun bugungi kunda sud tergovi hali davom etmoqda. Sud tergovi yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va mening o‘ylashimcha, bu OAVda yoritiladi, - deb aytgan Baxtiyor Islomov.

Avvalroq O‘zbekiston Oliy sudi mahkama jarayonining yopiq o‘tayotgani bois unga oid biror ma’lumot¸ xususan¸ sudlanuvchilarning aniq ro‘yxati e’lon qilinmasligini bildirgandi.

Ammo Adliya tizimi mulozimi tomonidan Ozodlikka taqdim etgan ro‘yxatda O‘zbekiston Bosh prokuraturasini 2015 yilga qadar 15 yil boshqargan Rashitjon Qodirov; 2013 yilga qadar Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i¸ 2013 yildan prezidentning kuchishlatar tizimlari bo‘yicha davlat maslahatchisi¸ 2018 yil yanvariga qadar Toshkent viloyat prokurori bo‘lib ishlagan Jamshid Fayziev; 2013 yildan Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ulug‘bek Sunnatov; Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi sobiq boshlig‘i Ramazon Po‘latov¸ Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Xurramov; Toshkent shahar prokurorining sobiq 1-o‘rinbosari Mirag‘lam Mirzaev; Mirag‘lam Mirzaevning xotini¸ “Yunusobod advokatlar kollegiyasi”si sobiq rahbari Muhabbat Hasanova; Mirzaevning o‘g‘li¸ MXXning Toshkent shahar boshqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi sobiq boshlig‘i Abdurashid Mirzaev; Mirag‘lam Mirzaevning jiyani¸ MXX Toshkent viloyat boshqarmasi huzuridagi Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘linmasi sobiq boshlig‘i Mansur Mirzaev va Toshkent shahar prokuraturasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi sobiq rahbari Aziz Musashayxovlar nomi bor.

Rashitjon Qodirov va aksar sudlanuvchilar¸ Bosh prokuratura rasmiy xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining "Tovlamachilik" (165-moddasi), "Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish" (205-modda) va "Pora olish" (210-modda) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о новых стандартах системы соцзащиты в Москве





Москва

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: Более 12 тысяч жителей Москвы и Московской области получают повышенную пенсию за работу в сельском хозяйстве


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин: Предоставляем индивидуальный набор услуг



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Сергей Брановицкий

Продвижение Шансон Песен и Клипов ВКонтакте.




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Рюдигер может пропустить матч сборной Германии в ⅛ финала Евро, пишут СМИ

Объявлены итоги XIII конкурса «Вместе в цифровое будущее»: лидируют темы ИИ, кибербезопасности граждан и цифровизации отраслей народного хозяйства

Депутат МГД Киселева назвала санкции ЕС поводом для поздравлений


Елена Рыбакина

Появились новости о здоровье Елены Рыбакиной перед турниром в Англии



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Анна Калинская

Калинская выиграла второй матч за день и вышла в финал турнира в Берлине



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России