Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2019

Yolg‘iz ona: 10 yil qatiq sotib yiqqanimni bankka to‘ladim, ammo prezident atagan arzon uyni menga berishmadi

0

Termiz shahrining Bo‘ston mahallasida yashaydigan va "10 yildan buyon bozorda suzma sotib, kun ko‘radigan yolg‘iz ona" – 51 yashar Rajaboy Xolnazarovaning Ozodlik muxbiriga aytishicha, uni yillardan buyon qiynab kelayogan asosiy muammo – uysizlikdir.

Rajaboyning Ozodlikka aytishicha, 2017 yilning kuzida u to‘plagan bor puliga ko‘targan qarzlarini qo‘shib himoyaga muhtoj qishloq aholisi uchun maxsus qurilayotgan arzon uylardan olishga harakat qilgan.

- 12 yarim million so‘m pulni bankka olib borib, topshirdim. Yana ozgina to‘lov qiling, deyishdi. Ammo, mening boshqa imkonim yo‘q edi - viloyat hokimiga bordim. O‘sha kezda Erkin Turdimov hokim edi. U kishi sizga uy beriladi, yordam qilamiz, dedi. Keyin uy qurib bitkazildi, ammo menga berishmadi, - deb da’vo qiladi Xolnazarova.

Shikoyat qilishicha, Rajaboy Xolnazarovaga va’da qilingan uy berilmagan, dastlabki to‘lov uchun bergan 12 yarim million so‘m puli esa 1 yarim yilcha bankda qolib ketgan. 

Rajaboyning aytishicha, endilikda unga pulini qaytarishmoqchi, ammo u buncha vaqtdan so‘ng pul qaytarilishini emas, uy berilishini talab qilmoqda.

Ozodlikka aytishicha, uning doimiy ishi yo‘q, buning ustiga uyi ham yo‘q. Yolg‘iz o‘g‘li va o‘zi navbatma-navbat opa-singillarining uyida yashaydi.

 

Termiz shahri hokimiyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, rahbariyat Rajaboy Xolnazarovaning ahvolidan xabardor, uning shikoyati hokimlikning uy-joy bilan ta’minlashga mas’ul bo‘limida qabul qilingan.

Ammo, muammo yechimini topdimi yoki yaqin-atrofda hal bo‘ladimi, degan savolga Ozodlik shahar hokimligidan rasmiy javob ololmadi.

Aslida, Rajaboy Xolnazarovaga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevralda qabul qilingan 103-sonli qarori asosida Termiz shahrida qurilayotgan 432 ta 3 qavatli uylardan birida arzon narxdagi kvartira va’da qilingan.

Qarorga muvofiq:

- boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila;

- ko‘p bolali oilalar;

- to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar);

- daromadi yuqori bo‘lmagan (1 oydagi jami daromadi har oila a’zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oilalar)

Ro‘yxatdagi oilalar tuman hokimliklarida tashkil etilgan maxsus komissiya tavsiyasi bilan qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bilan arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi mumkin.

Xolnazarova esa – yuqorida tilga olingan toifalarning qariyb barchasiga to‘g‘ri keladi – boshqa oila bilan yashaydi, to‘liq bo‘lmagan oilada 1 bolani tarbiya qilgan, daromadi yuqori bo‘lmagan oilada ham ota, ham onadir.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayol - Xolnazarova dastlabki to‘lovini bajargan uy qani – bu savolga rasmiylardan javob yo‘q.

Termiz shahar hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ayni paytda shaharda yashovchi nogiron yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj ahvolda qolgan 7 ming kishidan imtiyozli asosda uy-joy olish uchun ariza tushgan. Ammo, bu yil faqat 6 uy imtiyozli uy ajratilgan.

Imtiyozli deyilarkan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga ipoteka krediti uchun dastlabki 25 foizlik to‘lovni to‘lashda hokimiyat yordam beradi.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, buning uchun maxsus ajratilgan mablag‘ yo‘q - jamoat jamg‘armalari, homiylar, boshqa jamg‘armalar hisobidan to‘lab beriladi. Qolgan 75 foizini talabgorning o‘zi tijorat banklari beradigan imtiyozli kredit hisobidan to‘lashi kerak.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Город одобрил гранты для столичных компаний более чем на 1 млрд рублей





Москва

Вебкам-студия MONTANA в Санкт-Петербурге


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин оценил объем поддержки создателей импортозамещающей продукции



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Юрий Шатунов

Его можно было спасти: вдова Шатунова сделала душераздирающее признание в день годовщины мужа




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Московские спортсмены выиграли 141 медаль на Играх стран БРИКС

Легенда вне времени Жанна Агузарова и легенда поп-музыки Жанна Фриске:самое интересное с Премии МУЗ-ТВ 2024

Компания «КЕНГУРУ.ПРО» стала лучшим производителем спортивного оборудования


WTA

Анна Калинская впервые вошла в топ‑20 рейтинга WTA



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Владимир Спиваков

Юные таланты под эгидой Фонда Спивакова дали концерт в «Михайловском»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России