103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2019

“Jihodchiligi uchun” qamalib, Suyak sili kasalxonasida saqlanayotgan nogiron o‘z uyida o‘lishga izn so‘rayapti

0
Nukus shahridagi Suyak sili kasalliklari  shifoxonasida og‘ir ahvolda saqlanayotgan mahkum - 57 yashar Ozat Masaburov hayotining so‘nggi kunlarini oilasi bag‘rida o‘tkazishga izn berilishini so‘ramoqda.


II guruh nogironi, qo‘ltiqtayoqda yuradigan Ozat Masaburov “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkilotini tuzish va unga rahbarlik qilishda ayblanib, 5 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. U ayblovni tan olmagan.


Uning huquqlarini himoya qilayotgan faollar esa davlat va huquq-tartibot idoralariga jo‘natgan shikoyat arizalariga qonuniy javob berilmaganini aytmoqda.


To‘shakka mixlangan mahkum


Xorazm viloyat, Urganch tumanilik 57 yashar mahkum – Ozat Masaburov 2018 yilning oktabridan buyon Nukus sharhidagi sil kasalliklari shifoxonasida qolmoqda.


Uning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, manzil koloniyasida jazoni o‘tayotgan bir paytda ahvoli og‘irlashgan va Nukusdagi shifoxonaga keltirilgan.


- 1985 yilda sil kasalliklari bo‘yicha Moskva ilmiy tadqiqot institutida operatsiya bo‘lganimdan keyin, bir amallab yurgan edim. Vaqtida davolanmaslik oqibati, mana shu qama-qamalar oqibatida ​yana qaytaladida kasalligim, - dedi Masaburov.


Uning aytishicha, muassasa shifokorlari unga qat’iy yotoq rejimini belgilagan.


- Istalgan minutda bel suyaging sinib ketib, ikkiga bo‘linib qolishing mumkin, deyishdida. Shunga hozir yotoqdaman. Shifoxonada menga yaxshi qarashayapti, rahmat... Lekin davolanishga kuchim victim yetadimi-yo ‘qmi - bunga bir narsa deyish qiyin. Lekin, uyga borib, uydagilarni ko‘rib qolsam, ham yaxshi edi. Mana shunday ahvoldaman hozir, – deydi Masaburov.


Shifokor tavsiyasi


Nukus markaziy shifoxonasining Masaburovni davolayotgan vrachlardan birining tasdiqlashicha, mahkumning ahvoli haqiqatan og‘ir va uning davolanishi uzoq kechadigan murakkab jarayondir.


Unga ko‘krak va bel qismidagi umurtqa suyagi sili tashxisi qo‘yilgan. 


Ismini oshkor etmayotganimiz shifokorning mikrofonsiz suhbatda aytishicha, odatda, suyak silining surunkali tarzdagi og‘ir ko‘rinishi bilan og‘rigan bemorlarga oilaviy muhit yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.


“Masaburovga qanday jazo berilgan va unga buning uchun ruxsat bormi-yo‘qmi – men bilmayman. Lekin, ayni paytda u juda tushkun ahvolda va ba’zan dorilarni ichishdan ham bosh tortayapti. Bu holatda, bemorga oilaviy muhitda bo‘lish – albatta, juda foydali bo‘lardi”, - deydi shifokor.


Ayblovni tan olmagan mahkum


Aslida II guruh nogironi bo‘lgan va qo‘ltiqtayoqda yuradigan Ozat Masaburov “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkilotini tuzish va unga rahbarlik qilishda ayblanib, 2017 yilning 9 martida 5 yilu 3 oylik qamoqqa hukm qilingani haqida Ozodlik xabar qilgan edi.


Masaburovdan tashqari yana 4 kishi -  57 yashar Ko‘palboy Jumaniyozov, 46 yashar Bahodir O‘razboev, 45 yashar Matyoqub Masaburov va 44 yashar G‘ayrat Ro‘zimetovlar ayni jinoiy ish doirasida sudlangan.


Ayni hujjatda, Ozat Masaburovning ayblovlarni tan olmagani, hatto namoz ham o‘qimasligini aytgani keltirilgandi.


Masaburovning da’vo qilishicha, ayni paytda qilmagan jinoyati uchun berilgan jazo bois, sog‘ligi og‘ir ahvolga kelib qolgan va uning so‘zlari bilan aytganda "hayotining so‘ng kunlarini" umidsiz bir holda shifoxonada kechirishga mahkum qolmoqda.


Uning sud hukmi ustidan kiritgan shikoyat arizasi esa qondirilmagan.









Shuningdek, ​2017 yilning 9 martida chiqarilgan sud hukmida keltirilishicha, umrbod nogiron bo‘lgan Ozat Masaburov muqaddam ham "mehnat qilish huquqini buzish", "haqorat qilish", "voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish" kabi ayblovlar bilan bir necha bor sudlangan va har gal amnistiya akti qo‘llanib, ozod qilingan.


Masaburov bu ayblovlarning hech birini tan olmagani, ularni asossiz, deb bilishini da’vo qilmoqda.







Huquq faollari xavotiri


Hozir Fransiyada yashayotgan asli o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachisi - "O‘tyuraklar klubi" inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti prezidenti Mo‘’tabar Tojiboeva Ozat Masaburov va bilan birga sudlangan 4 kishiga qo‘yilgan ayblovlar asossiz, degan ishonchda.


Ozodlik bilan suhbatda faolning aytishicha, uning tashkiloti jihodchilikda ayblangan bu shaxslarning aybsizligini tasdiqlovchi dalillarni yiqqan va O‘zbekistondagi tegishli tashkilotlarga yo‘llagan.


- Bulardan - prezident administratsiyasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Tanzila Norboeva, Ichki ishlar vaziri, Oliy sudi raisi,  Sog‘liqni saqlash vaziri kabi tashkilotlarga 2017 yilning fevral oyida sudlanganlarning yaqini bo‘lgan 7 oila ishonchli vakili sifatida yozgan arizamizga hanuz javob ololmadik. Shuning uchun, bu tashkilotlar ustidan qonunda belgilangan tartibda da’vo arizasini kiritishga tayyorlanayapmiz, - deydi huquq faoli.


Mo‘’tabar Tojiboevaning ta’kidlashicha, ayni paytda bu mahkumlarning Xorazmdagi yaqinlariga nisbatan bosimlar boshlangan va xususan, Masaburovlar oilasiga 2005 yilda baliqchilik uchun berilgan yer uchastkasini olib qo‘yishga urinishmoqda.







Nogiron oila


Xorazm viloyatining Urganch tumanida yashovchi II guruh nogironi bo‘lgan Ozat Masaburovning rafiqasi Karomat Karimova ham II guruh nogironidir.




Aytishicha, Masaburov xotini nogiron bo‘lgani bois, yana bir ayolga sha’riy nikoh bilan uylangan va har ikki ayoldan 11 farzand ko‘rgan.


Masaburov o‘rta ma’lumotlidir va farzandlari bilan birga yarim gektar maydonda xo‘jalik yuritib, kun ko‘rgan.


 




Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил Матвиенко с переизбранием





Москва

НОВЫЕ «ОПАСНЫЕ СВЯЗИ» С НОВЫМ ВЕДУЩИМ НА «ЧЕ!»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин поздравил Валентину Матвиенко с переизбранием



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Песня

Песня жителя Абдулино "Оренбургская красавица" украсила открытие международного форума




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«Не утопляйте меня!» За «игру» с инвалидом в бассейне тренеру грозит тюрьма

Изделия алтайского ювелира признаны произведениями искусства

Игорь Ларионов стал новым амбассадором Лошадиной силы


Марин Чилич

Эйсинг-777 // Марин Чилич стал самым низкорейтинговым чемпионом турнира АТР



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Пользователи зафиксировали сбои в работе Discord в РФ



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России