Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Январь
2020

BP: MIB harakatiga norozilik sifatida o‘zini yoqish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

0
BP: MIB harakatiga norozilik sifatida o‘zini yoqish holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 21 yanvar kuni uyini musodara qilishga kelgan MIB xodimi oldida o‘zini yoqib yuborgan Xushnud G‘oyibnazarov ishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Rasmiy xabarga ko‘ra¸ voqea yuzasidan "shaxsni  o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish" moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

23 yanvar kuni Ozodlik Andijon tumanining Beshbo‘ynoq mahallasida ro‘y bergan bu voqea haqida xabar qilgan edi.

 

Tanasining 50 foizi kuygan holda Andijon tuman shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan G‘oyibnazarov 25 yanvar kuni kasalxonada vafot etdi.

 

Bosh prokuraturaning bu voqea bo‘yicha e’lon qilgan rasmiy xabarida¸ uning tafsilotlari ham keltirilgan.

Unda yozilishicha¸ Majburiy ijro byurosi Andijon tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan G‘oyibnazarov  va oilasini uydan ko‘chirish hamda undiruvchi M.Bayxanovani ushbu uyga kiritish to‘g‘risida ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud hukmi ijrosini ta’minlash maqsadida¸ prokuraturaning bildirishicha¸  21 yanvar kuni kech soat 18:00 larda undiruvchi va qarzdor o‘zaro kelishtirilib, qarzdorlarga 24 yanvarga qadar ko‘chib ketishlari uchun muddat berilgan.

Undiruvchi ketganidan so‘ng qarzdor MIB xodimlarini chaqirib “jahl ustida bir qo‘lidagi yelim idishdagi suyuqlikni ustidan sepib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan”¸ degan Bosh prokuratura¸ MIB xodimlarining olovni o‘chirib¸ o‘z mashinasida  G‘oyibnazarovni kasalxonaga yetkazganini bildirgan.

“Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 25 yanvarida Andijon tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi ( O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish)  1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”¸ deyiladi Bosh prokuraturaning mahalliy nashrlarda chop etilgan bayonotida.

Bu bayonot ortidan Ozodlikka bog‘langan G‘oyibnazarov yaqnlari¸ hozircha ochilgan ish tafsilotlari¸ xususan¸ bu ish bo‘yicha kimlarning figurant ekanidan xabari yo‘qligini bildirdi.

G‘oyibnazarov oilasi 27 yanvar kuni Majburiy ijro byurosi xodimlarini korrupsiyada ayblovchi videoni ham Ozodlikka taqdim qildi.

Sifati pastligi uchun e’lon qilinmayotgan bu videoda marhumning opasi MIBni oilasining 95 ming dollarlik qarzini undirib berish borasida biror ish qilmasdan turib¸ uydan chiqarish harakatini boshlagani ukasi o‘limiga sababchi ekanini iddao qiladi.

26 yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi MIB bayonotini e’lon qilgan ayrim nashrlar:

"MIB matbuot xizmatining alohida ta’kidlashicha, MIBda sud qarorlari muhokama etilmaydi. Balki qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ijrosi ta’minlanishi shart. Sud qarorlari ijrosini vaqtincha to‘xtatishning qonuniy tartiblari bor", deb ëzdi.

Sud qarorlari ijrosini ta’minlashga mas’ul Majburiy ijro byurosi xodimlari xizmat vazifasini bajarishga borganda aholi bilan kelishmovchilik asosida turli holatlar kuzatilmoqda.

Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatilgani bilan bog‘liq 132ta holat qayd etilgan.

Byuro tashkil etilgan 2017 yildan buyon esa fuqarolarning qarshilik ko‘rsatishi tufayli 4 nafar MIB xodim o‘z vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan. 200 dan ortiq xodimlarga turli darajada tan jarohati yetkazilgan.





Губернаторы России
Москва

Собянин расширил программу стимулирования создания мест приложения труда





Москва

Владимир Путин сенсационно получил ключевое признание от Н А Т О.


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин поздравил москвичей с Днем России



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Александр Градский

Суд в Москве отказал детям певца Градского в аресте имущества его вдовы Марины




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Сотрудники Росгвардии приняли участие в спортивном празднике МГО «Динамо» в Москве

Путин приветствовал в России участников и гостей Спортивных игр стран БРИКС

Росгвардейцы обеспечили безопасность болельщиков во время матча чемпионата России по регби


Людмила Самсонова

Самсонова вышла во второй круг турнира в Хертогенбосе



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Более 40 тысяч семей в Москве и области получают ежемесячные выплаты из средств материнского капитала



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России