Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2020

Ikkinchi bor 4 yilga qamalgan "Shuhrat Dombrabadskiy"zonada “raskrutka” qilindi

0
Ikkinchi bor 4 yilga qamalgan

Umrining 23 yilini qamoqda o‘tkazgan va ozod qilinganidan keyin yana Ozodlikdan mahrum qilingan 62 yashar Shuhratilla Nosirov zonaga etap qilinishi bilanoq "muassasa tartibini buzdi" deya ogohlantirish oldi.

Bu haqda u 5 fevral kuni o‘zining advokati Umid Davletovga shikoyat qilgan.

Nosirovning qarindoshi Shahnoza Nosirovaning Ozodlikka aytishicha¸ mahkum joriy yilning 23 yanvar kuni  Toshturmadan (Birinchi tergov hibsxonasi) dan Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12 sonli jazoni o‘tash muassasasiga olib borilgan:

-Zonaga borishi bilan  narusheniya qo‘yishdi. 23 yanvarda opketildi zonaga. 24 yanvar kuni uje ayb qo‘yishdi. Sumkasida soqol oladigan ustara bor deb narusheniya yozishdi. Buni otini raskrutka deyiladi. Mahkum  manzil koloniyaga chiqarilmasin¸ amnistiyaga tushmasin afv qilinmasin deb ataylabdan qilishadi.

Mahkum Nosirov o‘z advokati bilan suhbatda¸ zonadagi tartibni buzmagani va “qoidani buzdi degan ogohlantirish” o‘rinsiz ekanligini aytgan.

Advokat bu yuzasidan O‘zbekiston IIV JIEBB 12 sonli JIEKB (Jazoni ijro etish koloniyasi) boshlig‘iga so‘rovnoma jo‘natgan ammo javob ola olmagan(so‘rovnoma nusxasi Ozodlikda bor).

Nosirovning qarindoshi Shahnoza Nosirova iddaosiga ko‘ra 12 sonli JIEKB xodimi “narusheniyani yozmaslik uchun pora so‘ragan”

- Adamiz Shuhratilla Nosirov kolonkaga (manzil koloniya) chiqishi kerak edi. Shuni chiqarmaslik uchun ataylab sumkasiga soqol oladigan britva tashlab narusheniya yozib raskrutkaga tayyorlashyapti. Bizdan ochiqcha pora so‘rashdi. Narusheniyani bekor qilish uchun¸ deya iddao qildi Shaxnoza Nosirova.

Ozodlik 8 fevral kuni o‘zini Rahmatov deb tanishtirgan 12 sonli JIEK (Jazoni ijro etish koloniyasi) vakili bilan gaplashib “ta’magirlik” haqidagi Nosirova iddaosi yuzasidan izoh so‘radi.

Rahmatov mahkum Nosirovning advokatidan 5 fevral kuni so‘rovnoma olganligini tasdiqlash bilan kifoyalandi.

IIV JIEBB (Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi) bilan bog‘lanishni iloji bo‘lmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudining 2019 yil 24 dekabr kuni chiqarilib¸ joriy yilning 20 yanvaridan kuchga kirgan ajrimiga binoan 62 yashar Shuhratilla Nosirov 4 yil qamoqda jazo o‘tashi lozim.

Nosirov ayni sudning 2019 yil 13 sentabridagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 145-moddasining 1-qismi ("Vijdon erkinligini buzish"), 165-moddasi 3-qismining “a” bandi ("Tovlamachilik"), 227-moddasi 2-qismining "a" bandi ("Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish") da aybdor deb topilgan edi.

(Sud hukmi nusxasi Ozodlikda bor)

Koloniyada uni ko‘rib kelgan advokatning Ozodlikka 8 fevral kuni aytishicha Nosirov bu ayblarni tan olmaydi va adolat qaror topib masala prezident nazoratiga olinishidan umid qilmoqda.

Nimada ayblandi?

Shuhratilla Nosirov “masjidning diniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlikda” ayblandi.

Nosirov hibsga olinishidan uch hafta o‘tib¸ 2018 yil 1 iyulida "O‘zbekiston-24" telekanali u haqida "Manmanlikning oxirgi bekati" nomli hujjatli filmni namoyish qilgan edi.

YouTube tarmog‘iga joylashtirilgan filmda Shuhratilla Nosirov va uning akasi o‘ta og‘ir jinoyatchi sifatida tasvirlanadi.

Tergov materiallari asosida tayyorlangan mazkur filmda da’vo qilinishicha, aka-uka Nosirovlar Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi "Nosirxon" jome masjidini "muqaddam o‘z hisoblaridan qurdirganliklarini aytib, uni o‘zlarining shaxsiy mulkiga aylantirishga uringan".

Toshkentliklar orasida "Shuhrat Dombrabadskiy" nomi bilan tanilgan Shuhratilla Nosirov 90-yillarda "o‘g‘irlangan mashinalarni topib beradigan" avtoritet sifatida ko‘rilgan.

U 1993 yili Toshkent shahar sudi tarafidan uyushgan jinoyatchilikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan va ikki "raskrutka" bilan jami 23,5 yil qamoqda o‘tirgan.

Dastlabki hukmda ta’kidlanishicha, Shuhratilla Nosirov "avtomobil vositalarini olib qochish, boshqalar mulkini tortib olish, tamagirlik, o‘g‘rilik, mol-mulkka qasddan ziyon yetkazish, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish mollarini noqonuniy o‘zlashtirish"da aybdor deb topilgan.

Nosirov 2016 yil 18 avgustda Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi qarori bilan, muddati tugagani bois qamoqdan ozod qilingan edi.

Ozodlik gaplashgan yaqinlari, qamoqdan chiqqandan keyin Shuhrat Nosirovning "hech kimga qo‘shilmay, osuda" hayot kechirib kelganini bildirgan edi.





Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил всех социальных работников с профессиональным праздником





Москва

В Оренбурге вручили Всероссийскую литературную Пушкинскую премию «Капитанская дочка – 2024»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Булат Окуджава

«Мгновенна нашей жизни повесть…» – музыкальный вечер к юбилею Булата Окуджавы




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы

Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

Уверенная победа россиян на турнире ONE FRIDAY FIGHTS 66


WTA

Соболенко, проигравшая Андреевой, потеряет 2-е место в рейтинге WTA по итогам «Ролан Гаррос», уступив его Гауфф



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Авто

Трасса М-12 Восток будет продлена до Тюмени в 2025 году



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России