Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2020

Qozog‘istondagi to‘qnashuv. Yarador va qurbonlar bor

0
Qozog‘istondagi to‘qnashuv. Yarador va qurbonlar bor

Qozog‘iston rasmiylari Jambil viloyati Qo‘rday tumanidagi “to‘qnashuv” va “nizo” paytida yarador bo‘lgan va o‘lganlar haqida ma’lumot berdi.

Qozog‘iston IIV ma’lumotiga ko‘ra¸ aholi o‘rtasida yuzaga chiqqan to‘qnashuvda 8 kishi o‘lgan¸ va o‘nlab kishi yaralangan.

Qozog‘iston rasmiylari to‘qnashuv sababini ochiqlamagan.

To‘qnashuv yuz bergan Masanchi qishlog‘idan habar bergan Ozodlik muxbiri pogrom izlari va yondirilgan uylarni ko‘rgan.

8 fevralga o‘tar kechasi rasmiylar “konflikt” yuz berdi deb atagan Masanchi qishlog‘i politsiya tarafidan o‘rab olingan.  

Masanchi qishlog‘iga aylanma yo‘llar orqali kirgan Ozodlik muxbiri tungi pogrom oqibatida yonib kul bo‘lgan uy¸ do‘kon va yemakxonalarni borib ko‘rdi. Muxbirimizning aytishicha, ba’zi binolar hanuz tutab yonmoqda¸ osmonni qora tutun qoplagan.

Ozodlik suhbatlashgan qishloq turg‘unlari iddaosiga ko‘ra¸ qo‘shni qishloqlarda ham uylarga o‘t qo‘yilgan.

8 fevral tushga borib Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev matbuot orqali  chiqish qilib Qo‘rday tumanidagi voqeani mahalliy aholi orasida yuz bergan  mushtlashuv deb atadi.

Qozog‘iston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri  Davron Abayev “to‘qnashuv” sababi “maishiy janjal” bilan bog‘liq deya bildirdi.

-“To‘qnashuvlar” “maishiy mojaro”dan so‘ng boshlanib ketgan bo‘lsa ajab emas. “Kim aybdor” va “nima ro‘y berdi” qabilidagi savollarga tergov tadbirlari tugagandan so‘ng javob olinadi deya ta’kidladi vazir.

Ayni paytda Abayev yuz bergan to‘qnashuvning "fojia" ekanligiga urg‘u berdi:

‒ Fojia ro‘y berdi, odamlar halok bo‘ldi. Taassufki, bu maishiy mojaroni elatlararo mojaroga aylantirishga harakat qilgan fitnachilar sabab sodir bo‘ldi. Ayni paytda vaziyatni barqarorlashtirish uchun barcha choralar ko‘rildi, ‒ dedi Abayev.

Qozog‘iston IIV: Qo‘rday tumanidagi voqealarda 8 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Erlan Turg‘umbayev shanba kuni Nur-Sulton shahrida 8 fevralda o‘tkazgan matbuot konferensiyasida Jambil viloyatining Qo‘rday tumanidagi voqealarda sakkiz kishi halok bo‘lganini, 40 dan oshiq kishi yaralanganini ma’lum qildi. Mamlakat hokimiyat idoralari ushbu voqealarni “ziddiyat” va “to‘qnashuvlar” deb atadi.

IIV talqinicha, juma kuni kechqurun Masanchi qishlog‘ida 70 ga yaqin kishi ishtirokida “ommaviy mushtlashuv” boshlangan. Vaziyatning keyinchalik keskinlashuviga ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqatilayotgan video va audioyozuvlar sabab bo‘lgan, deyiladi IIV tarqatgan ma’lumotda.

‒ Fitnachilar va mojaro guvohlari ro‘y berayotgan voqealarni videotasvirga olib, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali vatandoshlarni noqonuniy xatti-harakatlar sodir etishga da’vat qilgan. Bu mojaro keskinlashuviga va ommaviy mushtlashuv ishtirokchilari soni ortishiga sabab bo‘lgan. Natijada qo‘shni qishloqlardan yana 300 ga yaqin kishi yetib kelgan, ‒ dedi Turg‘umbayev.

Yig‘ilganlar politsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, kuchishlatar tizimlar talablarini bajarmagan, metall buyumlar, tosh, o‘qotar qurollardan, foydalangan, dedi vazir. Keyinchalik mojaro qo‘shni Auxatti va Bulan-Botir qishloqlariga ham tarqalgan. Aholi punktlari va ularga kiradigan avtomobil yo‘llariga blokpostlar o‘rnatildi.

Turg‘umbayev e’lon qilgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 30 dan oshiq xususiy uy, 15 ta savdo ob’ekti va 23 ta avtomobil shikastlangan.

IIVdan bildirishlaricha, “Ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish va ularda qatnashish” hamda” Qotillik” moddalari bo‘yicha suddan oldingi tergov olib borilmoqda. 47 kishi ushlangan, ulardan ikkita ov miltig‘i tortib olingan.

Prezidentdan munosabat

Shanba kuni oldinroq Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qo‘rday tumanining bir necha aholi punktida ro‘y bergan “voqealar oqibatlarini bartaraf etish uchun” hukumat komissiyasini tuzishga farmoyish bergan edi. Bosh vazir o‘rinbosari Berdibek Saparbayev komissiya raisi etib tayinlandi. Toqaevning qo‘shimcha qilishicha, komissiya Jambil viloyati hokimi bilan birga halok bo‘lganlarni dafn etish, yetgan zarar miqdorini baholash va jabr ko‘rganlarning mulkini tiklash rejasini qabul qilishi kerak.

Dunganlar yashaydigan qishloq

Voqealar ro‘y bergan Masanchi, So‘rto‘be va Auxatti qishloqlari Qirg‘iziston bilan chegara yaqinida joylashgan. Ushbu qishloqlar aholisining ko‘pchiligini etnik dunganlar tashkil qiladi. Masanchi qishlog‘iga borgan “Ozodlik” radiosi qozoq xizmati muxbirlari dunganlarga tegishli yonib ketgan uylar, do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylarini va qatliom izlarini ko‘rgan.

Juma kuni  tarmoq messenjerlarida Qo‘rday tumanida kunning qorong‘isida tasvirga olingani taxmin qilinayotgan videoyozuvlar tarqatildi. Ularda tajovuzkorona kayfiyatdagi tayoq bilan qurollangan, toshlar otayotgan kishilar hamda olov domida qolgan binolar, shikastlangan avtomobillar aks etgan.

O‘sha kuni kechqurun Qozog‘iston hokimiyat idoralari Qo‘rday tumanida vaziyat og‘ir ekanini va bunga “fitnalar” sabab bo‘lganini aytgan edi.





Губернаторы России
Москва

Мэр Москвы Собянин договорился о сотрудничестве с главой Башкирии Хабировым





Москва

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

В Зеленограде появится производство альбумина и иммуноглобулина — Собянин



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Анастасия Ивлеева

Сменившая образ Ивлеева появилась на презентации своего азиатского ресторана




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»


Ролан Гаррос

Андреева рассказала о своих планах на предстоящий матч с Соболенко во Франции



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Происшествия

В Москве арестовали бывшего замглавы Росприроднадзора по делу о мошенничестве



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России