Jurnalistlar daraxt ekishga chiqdi
Toshkentda daraxtlar koʻproq kesilyaptimi yoki ekilyaptimi? Kesilayotgan daraxtlar soni aniq maʼlum boʻlmasada, shunisi bizga aniqki 4-mart sanasidan bugungacha “Meros” fondi Toshkentning 11 ta tumanida 16 mingga yaqin koʻchat oʻtkazdi. Koʻchatlarni ekishda shahar aholisi mashhurlar va hatto jurnalistlar ham qatnashdi.