Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Апрель
2020

Ishi tergovdagi mahbuslar sudlar karantinga chiqqani uchun belgilangan muddatdan ko‘p hibsda qolmoqda

0
Ishi tergovdagi mahbuslar sudlar karantinga chiqqani uchun belgilangan muddatdan ko‘p hibsda qolmoqda

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning aksariyati karantin cheklovi tufayli ishlamayotgani bois, ustidan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida vaqtincha qamoqqa olingan mahbuslar vaziyati mavhum qolmoqda.

Mahbuslarning yaqinlari Ozodlikka aytgan bu gapni sharhlagan advokatga ko‘ra¸ o‘zbek qonunchiligida pandemiya yoki shunga o‘xshash boshqa favqulodda holatlarda vaqtincha qamoqqa olinganlar shartli ozod qilinishi yoki uy qamog‘iga olinishi nazarda tutilmagan.

Advokatga ko‘ra, mahbuslar karantin qancha davom etsa, shuncha o‘tirib sud bo‘lishini kutishlari kerak bo‘ladi.

Ayni paytda ba’zi "muhim" ishlarni ko‘rish uchun sudyalar karantindan chaqirtirib olinayotgani aytildi.

Toshkentlik 28 yashar oliy ma’lumotli yigit Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha ayblanib, joriy yilning fevralida ehtiyot chorasi sifatida sudgacha qamoqqa olingan edi. Mahbus yigitning onasi Ozodlik bilan suhbatda karantin bois sudlar ishlamayotgani va o‘g‘lining qancha muddat qamoqda qolishi noma’lumligidan shikoyat qildi.

Ayolning aytishicha¸ karantin bois mahbus o‘g‘li bilan hech qanday aloqa imkoni yo‘q.

Ozodlik bu ayoldan tashqari boshqa yaqinlari qamoqda bo‘lgan yana uch kishi bilan gaplashdi.

Ular karantin paytida sudlar ishlamayotgani bois, ayblanuvchilar muallaq holda qolganidan shikoyat qilishdi.

Toshkentlik advokat Umid Davletovning Ozodlikka bildirishicha¸ mahbuslarning keyingi taqdirini karantin tugaganidan keyin bo‘ladigan sud hal qiladi:

- Mavjud qonunchilikda karantin¸ favqulodda xolat va komendant soati e’lon qilingan paytda qamoqda o‘tirganlar qo‘yib yuborilsin yoki ularga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilsin degan istisno yo‘q. Karantin e’lon qilinishi bilan sudni kutayotgan barcha mahbuslar holati muzlatildi. Jarayon to‘xtab turadi. Karantin tugab, sud jazo tayinlayotgan vaqtda mahbusning o‘tirgan kunini hisob-kitobini qilib asosiy jazo o‘tash qismidan chegirib tashlaydi. Mahbus agarda oqlansa, qamoqda har bir o‘tirgan kuni uchun davlat byudjetidan tovon undirish bo‘yicha sud ajrim ham chiqarib beradi. Qonunchilikda boshqa variant ko‘zda tutilmagan.

O‘g‘li mavhum holatda qamoqda qolayotgan onaning Ozodlikka aytishicha, Toshkent shahridagi 1-sonli tergov izolyatorida (Toshturma) 15 martdan beri mahbuslarga tashqaridan yegulik kiritish va uchrashuvlar to‘xtatilgan.

Jazoni ijro qilish Bosh boshqarmasi matbuot xizmati vakili Ozodllikka hech bir shaklda bu cheklovni izohlamadi.

Lavozimida matbuotga gapirish izni bo‘lmagani uchun ismi sir qolishini so‘ragan ayni idora mulozimiga ko‘ra¸ “O‘zbekistondagi barcha jazoni o‘tash maskanlarida karantin” joriy qilingan. "Bu cheklovlar karantin talabi bilan bog‘liq" dedi mulozim.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmatida hech kim telefon go‘shagini ko‘tarmadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining o‘zini navbatchi deb tanishtirgan xodimi “sudyalarning karantin bois, uyda o‘tirganligini” aytish bilan kifoyalandi.

O‘zbekiston Oliy sudi saytida sudlarning karantinga yopilgan haqida ma’lumot yo‘q.

Oliy sudga yaqin mulozimning ismi sir saqlanish sharti bilan Ozodlkka bildirishicha, “o‘ta muxim ishlardan boshqa ishlarni ko‘rish mart oxiridan boshlab to‘xtatilgan”:

- Boshqa idoralarda bo‘lgani kabi Oliy va quyi sudlarda odamlar bilan yaqin kontaktda bo‘lish cheklandi. Hujjatlar oldi-berdisini onlayn qilish borasida ish ketmoqda. O‘ta muxim bo‘lgan ishlar sudda istisno tarzida ko‘rib chiqiladi. Lekin sud majlisidagi barcha gigiyena qoidalariga amal qilishi lozim.

Ishlayotgan sudlar ham bor

Karantin qoidalariga amal qilmadi deya joriy haftada 7 sutkaga qamalgan buxorolik tadbirkor Ismat Jumayev advokatining Ozodlikka aytishicha¸ sudlarning o‘zi ishlarning muhim-nomuhimligini xal qilyapti:

- Buxorolik tadbirkor Ismat Jumayevni qamash uchun sudyalar karantindan zudlik bilan chaqirib olindi. Xo‘sh nima jinoyat qilibdiki hatto karantindagi sudlar ham ishga qaytibdi deb so‘rarsiz? Jumayev o‘zining stikeri bor avtomobilida xalqaro yo‘lda 18 aprel kuni IIBning boshlig‘i ketayotgan avtomashinaga yo‘l bermaganligi uchun jazolandi. Tadbirkorni sud 7 sutkaga qamadi. Men bu adolatsiz qaror ustidan shikoyat qildim. Sudlar IIB boshlig‘i xarxashasini amalga oshirish uchun karantinni ham to‘xtatib yugurib kelganiga nima deysiz?!

Dunyoning bir necha mamlkatida vaqtincha qamoqqa olinganlarga pandemiya paytida yengillik berildi. Xususan, o‘tgan haftada Turkiya hukumati 90 ming mahbusni ozod qilish haqida qaror chiqargan edi.





Губернаторы России
Москва

Мэр Москвы Собянин договорился о сотрудничестве с главой Башкирии Хабировым





Москва

«Солнечная Азбука» в особом семейном центре «Семь-Я»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Мэр Москвы Собянин договорился о сотрудничестве с главой Башкирии Хабировым



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Сергей Рахманинов

Выставка Музея музыки о Рахманинове охватила 44 страны




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Медийный баскетбол, киберспорт и турнир ММА: Константин Пухов рассказал о мероприятиях Международного центра бокса (Наташа)

Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»


Андрей Ольховский

Экс-теннисист Ольховский: Рублев не успел набрать форму на "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Киев

AFP: Байден объявил о выделении Киеву помощи на 225 млн долларов



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России