Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Май
2020

Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbek muhojirlariga tranzit yo‘lagi ochib berildi

0

Rossiya- Qozog‘iston chegarasida ikki haftadan buyon uyiga qaytish uchun to‘planib turgan 600ga yaqin o‘zbekistonlikka 18 may kuni istisno tariqasida bir martalik tranzit yo‘lagi ochib berildi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha¸ O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan o‘zbek muhojirlariga chegaradan o‘tishga ruxsat berilgan.   

Rossiyaning turli hududlarida yashovchi o‘zbek muhojirlari 30 apreldan boshlab Qozog‘iston chegarasiga yig‘ila boshlagan edi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Ozodlikka ma’lum qilishicha, Rossiyaning Orenburg oblastidagi “Mashtakovo” chegara nazorat punktida to‘plangan o‘zbek muhojirlari uchun tranzit yo‘lagi ochib berilgan.

"O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston tomoni chegaraga to‘plangan o‘zbekistonliklar borasida rasman murojaat qildi. Ayni daqiqalarda ularni chegaradan o‘tkazish boshlandi", dedi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati rasmiysi 18 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da. 

Ozodlik  “Mashtakovo” chegara punktidagi o‘zbek muhojirlari bilan  bog‘langanida, ular chegaradan faqat odamlar o‘tkazilayotgani, biroq mashinalarga ruxsat yo‘qligini aytishdi:

"Chegaradan odamlarni o‘tkazish boshlandi. Rossiya tomoni Gazel mashinalariga odamlarni o‘tkazib, chegara yaqiniga olib boryapti. Uyog‘iga chegaradan piyoda o‘tgach, avtobuslarga mindirib olib ketishyapti. Lekin mashinasi borlar qoldik. Qozog‘iston mashinalarni o‘tkazishga ruxsat bermapti".

Ozodlik dastlab 30 aprel kuni Rossiyaning turli mintaqalarida guruh bo‘lib to‘plangan muhojirlar yengil mashina va avtobuslarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasi tomon kolonna bo‘lib yo‘lga chiqqani haqida xabar qilgan edi.

Pandemiya cheklovlari bois chegaralar yopiq qolayotgani ortidan o‘zbek muhojirlari Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘planib qoldi.

Ozodlik chegarada qolib ketgan o‘zbek muhojirlari vaziyatini muntazam kuzatib bordi.

O‘zbekistonlik muhojirlar Ozodlik orqali hukumatga murojaat qilib, Qozog‘iston orqali vatanlariga qaytishlari uchun koridor ochib berishni iltimos qilgan edi.

O‘tgan hafta Qozog‘iston ​Milliy xavfsizlik qo‘mitasi¸ agar O‘zbekiston Rossiya bilan chegarada to‘plangan yuzlab o‘zbek muhojiri uchun tranzit yo‘lagi so‘rab murojaat qilsa, ular chegaradan o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan 18 may kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, vazirlikning Operativ shtabi Rossiya-Qozog‘iston chegarasiga to‘plangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga murojaat qilgan. Komissiya qaroriga binoan, chegaradagi o‘zbekistonliklar uchun tranzit yo‘lagi so‘rab Qozog‘istonga murojaat qilingan.

Ayni paytda Samara viloyati Bolshechernigov tumanida ham o‘nlab o‘zbek muhojiri O‘zbekistonga qaytish uchun chegaralar ochilishini kutib turibdi.

TASSning xabar berishicha, Samaradagi o‘zbek muhojirlari uchun lager-observator tashkil etilgan.





Губернаторы России
Москва

Собянин поздравил всех социальных работников с профессиональным праздником





Москва

Интерактив в помощь. «Учитель года Москвы» Морозова — об инновациях


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Бато Багдаев

Новости и Культура, Дети и Россия: кукольный Театр Ульгэр выступил в Улан-Улан-Удэ в Этнографическом музее народов Забайкалья перед детьми и родителями в семейный праздник




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике

Мастер-классы по созданию крафтовых украшений проходят в центре Москвы


Александр Зверев

Зверев вышел в финал «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Ежегодная церемония вручения Всероссийской премии Евгения Зубова прошла в библиотеке Видного



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России