Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Май
2020

Karantin davrida ko‘chaga chiqishi taqiqlangan keksalar pensiya uchun bank oldida navbatda turibdi

0

COVID-19 infeksiyasidan hayotiga tahdid katta bo‘lgan va zaruratsiz ko‘chaga chiqishi taqiqlangan pensionerlar Xalq bankining Toshkent shahridagi filiallari oldida pensiyasini olish uchun tiqilinch navbatda turibdi.

Bunday vaziyat bankning Olmazor tumani filiali binosi oldida 19 may kuni suratga olingan videoda ham aks etgan.

Xalq banki rahbariyatiga ko‘ra, pensiya pullarini may boshidan plastik kartaga o‘tkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi bilan shunday navbatlar boshlangan. Ammo, 14 kun o‘tib, pensiyani yana naqd pulda to‘lash tizimiga o‘tilgach, ahvol og‘irlashgan.

Video muallifining Ozodlikka bildirishicha, u 19 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12 larda Xalq banki Olmazor tumani filiali binosi oldida shu manzaraga guvoh bo‘lgan.

Videoda ko‘plab keksalar ko‘rinadi va muallifga ko‘ra, ular pensiyasini olish uchun navbat kutib turibdi.

Videoning muallifi bunday dedi:

“Eng yoshi 50 da bo‘lsa kerak, ko‘pchiligi 60 - 65 yoshlarda. Karantin paytida tiqilinch navbatda turishibdi. Koronavirus shu kattalarimiz uchun xavfli, 80 foiz o‘lim bilan tugashi mumkin, deb televideniyeda vahima qilib yotishdiku?! Nega bular ko‘chada, nega bankda navbatda turibdi, nega bank bunga yo‘l qo‘ygan? Achindim, butun umri mehnatda o‘tgan shu qariyalarimizga!”

Xalq bankining Olmazor tumani filialidan voqea guvohi ko‘targan savollarga javob olishning imkoni bo‘lmadi.

Ammo, bankning Toshkent shahridagi bir necha filialidan olingan javoblarga ko‘ra, pensionerlar navbatining paydo bo‘lishi pensiya pullarining plastik kartaga o‘tkazilishi bilanoq boshlangan.

13 maydan plastik karta orqali pensiya to‘lovi bekor qilingach esa, ahvol yanada og‘irlashgan.

“Hozir may oyidagi pensiyasini ololmagan pensionerlarimiz, agar uzoq kutolmasa, bankdan kelib olishlari mumkin bo‘ldi. Ularga naqdlashtirib beryapmiz. Lekin, agar biroz kutib tursalar, kassirlarimiz uyiga ham olib borib beradi. Ikkinchidan, plastikda qolib ketgan pensiyasini naqdlashtirish uchun kelganlar ham ham yig‘ilib qolyapti”, dedi bank filiallaridan birining xodimi.

Shu yilning 14 aprelida, mamlakatda hanuz amalda bo‘lgan karantin chora-tadbirlariga mas’ul Hukumat maxsus komissiyasi karantin tartibini saqlash maqsadida pensiya pullarini plastik kartaga o‘tkazishga qaror qilgan va keksalarga Humo kartalari tarqatilgan edi.

Biroq 7−8 may kunlari Humo to‘lov tizimida jiddiy uzilishlar ro‘y berdi. Bundan tashqari, karantin paytida ko‘chaga chiqishi taqiqlangan keksalarda plastik kartadagi pulni naqdlashtirish muammosi paydo bo‘ldi.

Natijada, 13 may kungi selektorda prezident Shavkat Mirziyoyev pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib pensiya pulini, karantin qoidalariga to‘liq amal qilgan holda, yana naqd pulda tarqatishga qaror qilinganini ma’lum qildi.

Xalq banki matbuot kotibi Yunus Bo‘ronovning aytishicha, 14 maydan pensiya pulini naqd shaklda uyga yetkazib berish amaliyoti qayta yo‘lga qo‘yilgan. 

Ammo, shu kunda pensionerlarning plastik kartalardagi pulini naqdlashtirishi jarayonida shunday navbatlar yuzaga kelmoqda.

Bank mas’ulining tan olishicha, bu jarayonda keksalarning tiqilinch navbatlari oldini olish mushkul bo‘lmoqda:

“Ko‘pchilik pensionerlarimiz bir narsani tushunmayapti: faqat Xalq bankimas, barcha tijorat banklari plastikdagi pensiya pulini foizsiz naqdlab beradi. Lekin, ular faqat Xalq bankiga borishyapti, buning ustiga ertalab soat 8 – 9 orasida yig‘ilishadi. Oyning boshida haqiqatan, shunaqa navbatlarni eplab bo‘lmay qoldi. Chunki, hammasiga bir vaqtda plastikka pul tushdi, ertasiga naqdlash uchun hammasi bankka yig‘ildi", dedi Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda Bo‘ronov.

Matbuot kotibi, bank tomonidan karantin qoidalari talablariga to‘liq rioya qilinmoqda, deb ta’kidladi:

"Bank tomonidan karantin paytida masofa saqlash uchun ogohlantirish chiziqlari qo‘yilgan, lentalar tortilgan. Xodimlarga qat’iy ko‘rsatma berilgan. Lekin, endi odamlar masofa saqlamagani uchun shunaqa tushunmovchliklar bo‘lyapti”.

Yunus Bo‘ronovning qo‘shimcha qilishicha, 14 maydan beri mamlakat bo‘ylab, 90 foiz pensionerlarning puli qo‘llariga yetkazilgan:

“Oldingi mahalliy hokimiyat bilan tasdiqlangan grafik asosida uyida tarqatilyapti. Shtab tashkil qilingan, mendagi oxirgi ma’lumotga ko‘ra, 90 foizdan ortiq pensiya tarqatib bo‘lingan aslida. Hozir siz aytgan Olmazordagi voqea bo‘yicha men hayronman”.

Matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, bankda aholiga pensiya tarqatish bilan shug‘ullangan 4 mingdan ortiq sayyor kassir bor.

Pensiyani plastik kartaga o‘tkazish tizimi boshlanishi bilan kassirlar vaqtincha ishsiz qolgan va ularni mahallalarda ochilishi rejalangan bank xizmatlari markazlariga o‘tkazish rejalanayotgan edi.

Ammo, pensiya pullarini plastik kartaga tushirish amaliyoti to‘xtashi bilan, sayyor kassirlar yana avvalgi ishiga qaytarilmoqda.

Pensionerlarga tarqatilgan 620 mingga yaqin Humo bank kartalari esa, karta egalari istagiga ko‘ra, muomaladan chiqarilib, qolgan summa naqdlashtirib berilmoqda.

7 - 8 may kunlari Humo to‘lov tizimida kuzatilgan uzilishlar maosh va nafaqasi Humo kartasiga o‘tkazilgan o‘zbekistonliklar, ayniqsa, pandemiya davrida pensiyalari plastik kartalarga o‘tkazilgan pensionerlarni tang holda qoldirgandi.





Губернаторы России
Москва

Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму





Москва

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин. Неделя мэра



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Ирина Аллегрова

Ирина Аллегрова назвала себя Родина-Мать в День России




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"

Росгвардейцы обеспечили безопасность болельщиков во время матча чемпионата России по регби

Сотрудники Росгвардии приняли участие в спортивном празднике МГО «Динамо» в Москве


Новак Джокович

Новак Джокович дал дорогу молодым // Борьбу за первое место в рейтинге АТР в этом году поведут Янник Синнер и Карлос Алькарас



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Собянин рассказал, как переразметка позволяет улучшить движение на дорогах Москвы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России