Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Август
2020

G‘arb davlatlari Rossiyaning koronavirus vaksinasiga shubha bilan qaramoqda

0
G‘arb davlatlari Rossiyaning koronavirus vaksinasiga shubha bilan qaramoqda

Seshanba kuni Rossiya inson organizmida koronavirusga qarshi davomli immunitet keltirib chiqaruvchi jahondagi ilk vaksinani ishlab chiqqani e’lon qildi. Bu xabar ortidan ko‘pchilik mutaxassislar Rossiya vaksinasi samarasiga ishonchsizlik bildirmoqda.

Prezident Vladimir Putin Gamaleya tadqiqot instituti Rossiya Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan va «Sputnik» nomi berilgan vaksina xavfsiz ekani, hatto o‘z qizlaridan biri uni olganini aytdi.

- Juda samarali ekanligini, davomli immunitet berishini bilaman, - dedi prezident.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi klinik sinovlar hali yakunlanmagani,     2000  odam ishtirokidagi yakuniy sinov bosqichi chorshanba kuni boshlanishini bildirdi.

G‘arb davlatlari Rossiya vaksina dasturi savol tug‘dirishini aytib, unga shubha bildirib kelmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti matbuot kotibi tashkilot Rossiya Sog‘liqni saqlash rasmiylari bilan muntazam aloqada ekani, ammo tashkilot Rossiya vaksinasini ma’qullashi uchun hali erta ekanligini aytdi.

Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi esa «Rossiya vaksinasi sifati, samarasi va xavfsizligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q»ligini bildirdi.

Rossiya sentabr oyida vaksinani keng ko‘lamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu vaksina bilan¸ birinchi navbatda¸  tibbiyot xodimlarini emlash rejalashtirmoqda.

Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi direktori Kirill Dmitriyev rus vaksinasiga bildirilayotgan shubhalar Rossiyani yomonotliq qilishni ko‘zlovchi «puxta rejalashtirilgan matbuot hujumlari» mahsuli ekanligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 xorij davlati rus vaksinasini olish uchun oldindan buyurtma bergan.

Bu orada kasallikning ikkinchi to‘lqini haqida xavotirlar urchir ekan, jahon bo‘ylab vaksina ishlab chiqarish poygasi avj olmoqda.

Seshanba kuni Indoneziyada Xitoyning Sinovac Biotech shirkati ishlab chiqqan CoronaVac vaksinasi sinovining yakuniy uchinchi bosqichi boshlanayotganini e’lon qilindi. CoronaVac vaksinasi allaqachon 9 ming nafar braziliyalik tibbiyot xodimi orasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, jahon bo‘ylab olimlar 165 ta vaksina loyihasi ustida ishlamoqda. Ularning oltitasi sinovlarning so‘nggi bosqichiga yetgan.

Ayni paytda tashkilotning sog‘liqni saqlash sohasida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlari direktori Maykl Rayan vaksina ishlab chiqarilganidan keyin COVID-19 birdaniga to‘xtab qolmasligidan ogohlantirdi.

- Bizda poliomielit va qizamiqqa qarshi samarali vaksinalar mavjud, ammo ushbu kasalliklarni yo‘q qilish yoki to‘xtatish uchun hali ham kurashmoqdamiz. Vaksina bilan uni olishni xohlovchi va talab qiluvchi aholini emlash imkoniyati ham bo‘lishi kerak, - dedi u.

AFP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugunga qadar koronavirusga chalinganlar soni 20 milliondan oshdi, ularning 737 mingga yaqini nobud bo‘ldi.

Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi Evropa davlatlarini ayrim karantin choralarini qayta joriy qilishga chorladi.

Fransiya poytaxti Parij¸ shuningdek Ispaniyada  jamoat joylarida niqob taqish talabi qaytadan joriy qilindi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха





Москва

Тысячи активистов разгромили офис Socar в Стамбуле, обвинив «Азербайджан» в поддержке геноцидальной политики Израиля в Палестине


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Новый корпус больницы святого Владимира планируется открыть в 2025 году



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Оззи Осборн

Гизер Батлер рассказал, что Оззи Осборн согласился выступить с Black Sabbath




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально

Неделя легкой атлетики пройдет в Москве

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024


Ролан Гаррос

Теннисистка из Пятигорска вышла в четвёртый круг турнира Большого шлема



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Game News

Лучшие Эхо в Wuthering Waves — соберите самую мощную сборку



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России