Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Август
2020

Belarusda Lukashenkoga qarshi namoyishlar uch kundan beri to‘xtamayapti

0
Belarusda Lukashenkoga qarshi namoyishlar uch kundan beri to‘xtamayapti

Belarus poytaxti Minsk shahrida 12 avgustga o‘tar kechasi ham Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik saylovida g‘olib bo‘lgani e’lon qilingani ortidan boshlangan namoyishlar davom etdi.

Politsiya norozilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar, ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va rezina o‘qlarni qo‘lladi.

Ozodlikning Belarus xizmati rasmiylar de fakto komendant soatini joriy qilganini bildirdi. Politsiya ko‘chaga chiqqan odamlarni qo‘lga oldi, shaharda ommaviy transport harakati cheklandi. 12 avgustga o‘tar kechasi ham politsiya norozilarni hamda namoyishini yoritayotgan jurnalistlarni kaltakladi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari markaziy maydonlar va hukumat binolari oldida aholi to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslikka urindi. Pushkin metro stansiyasida bir necha odam qo‘lga olindi. Ayni shu stansiya yaqinida 10 avgust kuni bir nafar namoyishchi o‘lgan edi.

Mamlakatning boshqa shaharlarida ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Namoyishlar uchinchi kunining avvalgilaridan ancha farq qilgani kuzatildi. 10 va 11 avgust kunlari norozilarning asosiy qismi maydonlarga yig‘ilgan bo‘lsa, 12 avgustga o‘tar kechasi yoshlar bir necha o‘n kishilik guruhlarga birlashib, shahar ko‘chalarida yurish qildilar.

12 avgustgacha 9 avgustda boshlanib ketgan norozilik namoyishlarida qatnashgan 5 mingdan oshiq odam qo‘lga olindi, 200 dan oshiq odam shifoxonaga yotqizildi.

11 avgust kuni Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya Belarusni tark etdi va ayni paytda Litvada qolmoqda.

10 avgust kuni Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasiga ovoz berish natijalaridan norozi ekanini bildirish uchun ariza topshirgani borgan va keyin yo‘qolib qolgan edi. Uning tarafdorlari matbuotga Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasi binosida majburiy tarzda ushlab turilganini ma’lum qildi.

11 avgust kuni esa Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Tixanovskaya hayoti xavf ostida bo‘lgani uchun mamlakatga kiritilganini aytdi.

11 avgust kuni qamoqda qolayotgan Sergey Tixanovskiyning YouTube kanalida Tixanovskayaning oldindan tayyorlangan matnni o‘qiyotgan videosi paydo bo‘ldi. Videoda Tixanovskaya Belarusni tark etishga o‘zi qaror qilganini aytadi. Videoning Belarus yoki Litvada yozib olingani hozircha noma’lum.

«Men juda mushkul qarorga keldim. Bu qarorni o‘zim qabul qildim. Do‘stlarim, qarindoshlarim, saylov kampaniyasi a’zolari, Sergey – ularning birortasi gapiga quloq solganim yo‘q. Ko‘pchilik meni tushunishini, ko‘pchilik esa meni tanqid qilishini, mendan nafratlana boshlashini bilaman. Ammo bilasizmi, xudo saqlasin, men duch kelgan dilemma sizning boshingizga tushmasin», dedi Tixanovskaya videoda.

11 avgust kuni uning hamkori Mariya Kolesnikova Tixanovskaya videoni yozishga majburlanganini aytdi. Kolesnikovaning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlarining «yuqori lavozimli» rasmiylari Tixanovskayani advokatsiz uch soat ushlab turishgan.

11 avgust kuni e’lon qilingan ikkinchi videoda Tixanovskaya Belarus xalqini «qonunni hurmat qilishga» chorladi.

«Qon to‘kilishini va zo‘ravonlikni istamayman. Sizlarni politsiyaga qarshi chiqmaslikka chorlayman. Hayotingizni xavf ostiga qo‘ymaslik uchun maydonlarga bormang. O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang», dedi Tixanovskaya ikkinchi videoda.

Tixanovskaya matbuot kotibi Volga Kavalkova Belarus rasmiylari 11 avgust kuni Tixanovskayani mamlakatdan olib chiqib ketishganini aytdi.

«Svetlananing boshqa iloji yo‘q edi. Uning erkin va tirik qolishi muhim. Saylov kampaniyasi yetakchisi Mariya Moroz bilan ketdi. Svetlana saylov kampaniyasi a’zolarining bir qismi Belarusda asir olindi», dedi Kavalkova.

Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i, taniqli bloger Sergey Tixanovskiy prezidentlikka nomzodligini ko‘rsatish istagini izhor qilganidan keyin qamoqqa olingan edi. Buning ortidan¸ o‘qituvchilik qilib kelgan 38 yashar Svetlana Tixanovskaya o‘z nomzodini ko‘rsatishga qaror qildi.

11 avgust kuni Yevropa ittifoqi saylovlarning na erkin, na adolatli o‘tganini bildirdi. Shuningdek, ittifoq norozilik namoyishi ishtirokchilariga kuch qo‘llash, asossiz hibslar va saylov natijalarini soxtalashtirish uchun mas’ul bo‘lgan Belarus hukumati vakillariga nisbatan sanksiyalar joriy etishi mumkinligini bildirdi.

AQSh ham saylov natijalari va namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlik yuzasidan xavotir izhor qildi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: На северо-западе Москвы открылся волонтерский центр «Доброе место»





Москва

Более 30 компаний из Нижегородской области пришли на первую встречу регионального сообщества инклюзивного бизнеса «Открыто для всех»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Около обновленных поликлиник создано более 600 зон отдыха



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Анастасия Волочкова

«Нужно быть очень осторожной»: Волочкова высказалась о спутнике дочери




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Неделя легкой атлетики пройдет в Москве

ФК «Зенит» представил стартовый состав на суперфинал Кубка России в Москве

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024


Ролан Гаррос

Главный русский теннисист заставил Париж аплодировать ему стоя. Что удалось Осьминогу Медведеву?



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Ролан Гаррос

Бывшая российская теннисистка спела гимн Франции: «Я здесь дома»



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России