Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Октябрь
2020

Vazirlar Mahkamasi oldida tunayotgan sardobaliklarni haydash uchun Sirdaryodan maxsus guruh keldi (VIDEO)

0
Vazirlar Mahkamasi oldida tunayotgan sardobaliklarni haydash uchun Sirdaryodan maxsus guruh keldi (VIDEO)

Hukumat va’da qilgan yordam pulini so‘rab Toshkentga, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qabuliga borgan va uch kundan buyon Vazirlar Mahkamasi oldida tunayotgan sardobaliklarni haydash uchun Sirdaryodan o‘ttiz kishilik maxsus guruh kelgan.

3 - oktabrga o‘tar kechasi Sirdaryo viloyat hokimligi va IIBsidan kelganlar poytaxt markazida to‘plangan sardobaliklar bilan muloqot qilishga uringan, biroq talabi qondirilmagach arzchilar uylariga qaytishdan bosh tortishgan.

2 - oktabr kuni Ozodlik Sardoba suv ombori toshqinida uylari vayron bo‘lgan sakkiz kishi hukumat ajratgan 40 million so‘mlik yordam puli o‘zlariga berilmagani da’vosi bilan shikoyat qilib Toshkentga yurish qilgani, shahar markazidagi Vazirlar Mahkamasi oldida tunayotgani haqda xabar bergan edi.

Vazirlar Mahkamasi binosi oldida tunayotgan sardobaliklardan biri Odina Komilovaning aytishicha, Ozodlik xabari ortidan Sirdaryo viloyati hokimligi va IIBsidan o‘ttiz kishi kelib, yarim tunda ularni tarqatishga uringan.

"Bizni Vazirlar Mahkamasida hech kim qabul qilmaganidan keyin, shu yerda tunayapmiz. Kecha yarim tunda 30 kishi Sirdaryo IIB xodimlari, hokimlikdan kameralar bilan keldi. Bu yerda yotganlaringni foydasi yo‘q, uylaringga boringlar dedi. Boradigan uyimiz yo‘q, dedik. Abdulla Aripov bilan uchrashmasdan hech qayerga ketmaymiz, deyapmiz. Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i O‘lmas Mamadalimov ham keldi. U talablaring noqonuniy, deyapti. Noinsoflik qilyapsizlar dedi. Bular yana o‘yin qilib, bizni Sirdaryoga qaytishga ko‘ndirishmoqchi bo‘lishdi, lekin biz ko‘nmadik", - deydi Komilova.

Sirdaryoning Sardoba tumani, "Do‘stlik" mahallasidan bo‘lgan 33 yoshli Odina Komilova suv ombori toshqinida uyi vayron bo‘lib, ikki farzandi bilan ko‘chada qolganini aytadi.

"Bular o‘yin qilib, haligacha yordam puli berishni cho‘zib kelishmoqda. Men farrosh bo‘lib ishlayman, zo‘rg‘a ikki bolamni boqaman. Uyimiz vayron bo‘ldi. Hozir uni o‘rnida ko‘p qavatli uy qurilyapti. Biz ko‘chada qoldik. Uy berishadi, deb og‘zaki aytishdi, lekin hujjat yo‘q", - deydi Komilova.

Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash markazi boshlig‘i O‘lmas Mamadalimov 2 - oktabr kuni Ozodlikka sardobalik sakkiz shikoyati talabini noqonuniy, deb hisoblashini bildirgandi.

“May oyida maxsus komissiya bu sakkiz kishining uyini ro‘yxatga kiritmagan. Uylar bo‘sh turgan deb ko‘rsatilgan. Ular bu uylarda yashamagan. 40 million so‘m odamlarning vayron bo‘lgan jihozlari uchun berildi. Bular esa noqonuniy narsani talab qilyapti. Bo‘sh turgan uyini odam yashadi deb, yolg‘ondan da’vo qilyapti. Ular Kabminga qatnayverib, bezor qilgani uchun homiylar hisobidan ularga yordam bermoqchi bo‘ldik. 40 million so‘mlik tartibga to‘g‘ri kelmagani uchun boshqa protokol qilib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida homiylar yordamida ko‘mak beramiz dedik. Lekin bunga rozi bo‘lishmadi. Ular talab qilayotgan narsa esa hech qachon hal bo‘lmaydi”, dedi O‘lmas Mamadalimov 2 - oktabr kuni.

Ammo, shikoyatchi Odina Kamolova Sardoba suv omboridagi toshqin oqibatida uning uyi vayron bo‘lgani, buning uchun hukumat tovon berishi kerakligini ta’kidlaydi.

"Bular menga toshqin payti u uyda yashamagansan, deyapti. Yashaganmanmi, yashamaganmanmi, meni uyim vayron bo‘ldi. Toshqin ro‘y berishiga men aybdor emasmanku," deydi Komilova.

Odina Komilova o‘zi yashagan uy uchun, Shuhrat Yo‘ldoshev va Ixtiyor Ochilov onalaring uylari uchun, Muzaffar Sultonov nogiron opasining uyi uchun tovon so‘rab, kurashib kelayotganini aytishdi.

Shikoyatchilar guruhi 17 - sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovga beshinchi marta arz qilib borgan payti ularni hech kim qabul qilmagan va organ xodimlari tazyig‘ida yana Sirdaryoga jo‘natib yuborilgandi.

Sardoba tumanidagi "Do‘stlik" mahallasi 1 - may kuni Sardoba suv omborida yuzaga chiqqan texnogen falokat oqibatida eng katta talafot ko‘rgan hududlardan biridir.

“Do‘stlik” mahallasi raisi Alisher Chinboyevning bergan ma’lumotiga ko‘ra, mahallada jami 777ta xonadon bo‘lib, Sardoba ombori toshqinida ularning barchasi vayron bo‘lgan.

Ushbu mahallada yashovchi boshqa bir shikoyatchilar guruhi - 28 ta uy egasi ham Toshkentga bir necha bor qatnadi.

Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi ortidan yashab bo‘lmas holga kelgan uylari o‘rnida uy qurib berishni talab qilayotgan bu guruh ham bir necha bor IIB tomonidan olib ketildi.

1 - may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida¸ rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra¸ 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan¸ 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi joriy yil 27 - iyulida tergovning dastlabki xulosalarini e’lon qilgan.

Unda to‘g‘onning o‘pirilishiga uch asosiy omil sabab bo‘lgani o‘rganilayotgani aytiladi.

Bular - loyiha hujjatlari, qurilish va ekspluatatsiyadagi xato va kamchiliklar.

Mahalliy matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda tergovning qanchalik xolis va shaffofligi savol ostiga olingan.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин. Главное за день





Москва

Дивный новый мир цифровизации: в Москве пройдет Форум «Время цифры»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин поздравил победителей городского конкурса в сфере культуры и искусства



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

Трансляцию концерта джазового оркестра Бутмана посмотрели 50 млн китайцев




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Стали известны все участники РПЛ сезона-2024/2025

Фильм «Мой любимый чемпион» показали в павильоне «Роснефти» на ВДНХ в Москве

Муж Заворотнюк дал волю эмоциям на прощании с актрисой


WTA

Пресс-служба WTA мемом отреагировала на тяжёлую победу Свёнтек над Осакой



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

"Парни из стали": в Самаре завершился турнир по хоккею среди ветеранов СВО и боевых действий



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России