Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Октябрь
2020

Jurnalist Bobomurod Abdullayev: Menga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

0
Jurnalist Bobomurod Abdullayev: Menga nisbatan ochilgan jinoyat ishi tugatildi

O‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayev o‘ziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgani to‘g‘risida Feysbuk tarmog‘idagi o‘z sahifasida yoyinlangan videomurojaatida ma’lum qildi.

Bobomurod Abdullayevga ko‘ra, 23 - oktabr kuni unga Davlat xavfsizlik xizmati katta tergovchisi Mansur Ergashev qo‘ng‘iroq qilib, Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish va migratsiyani rasmiylashtirish boshqarmasiga kelishini so‘ragan. Soat 16.00 da jurnalist advokati Arslon Shoymardonov hamrohligida aytilgan joyga borgan.

Ular ichkariga kirgan paytda M. Ergashev mahalliy jurnalistlar va advokat guvohligida Bobomurod Abdullayevga nisbatan shu yil 29 - iyun kuni ochilgan jinoyat ishi tugatilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u yerda Xorijga chiqish va migratsiyani rasmiylashtirish boshqarmasi inspektori O‘lmasbek Sobirov tomonidan jurnalistga yangi xorijga chiqish pasporti taqdim etilgan.

“Bundan buyon menga nisbatan hech qanaqa jinoiy ta’qib yo‘qligini ma’lum qilishdi. Dunyoning istalgan mamlakatiga bemalol chiqib, borib-kelib yurishim mumkinligini bildirishdi. O‘zbekiston bo‘ylab ham bemalol harakatlanishim mumkinligini aytishdi. Ish bilan bog‘liq ravishda mendan olib qo‘yilgan narsalar ham tez orada qaytarilishini bildirishdi”, degan jurnalist B. Abdullayev bugun o‘zi uchun katta bayram ekanini ta’kidlagan.

Bobomurod Abdullayev 18 - oktabr kuni o‘ziga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahridagi Green Park turar-joy majmuasidan yangi 3 xonali kvartira sovg‘a qilingani haqida bildirgan va buning uchun prezidentga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan edi.

Bu voqeadan bir kun o‘tib, u Davlat xavfsizlik xizmati idorasida o‘ziga tergovchi Bahrom Karimov tomonidan qamash bilan tahdid qilinganini ochiqlagan.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni shu yil 8 - avgustida O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan Bishkekda qo‘lga olgan va 22 - avgust kuni O‘zbekistonga topshirgandi.

22 - avgust kuni Toshkentda DXX xodimlari tarafidan sakkiz soat so‘roq qilinishi ortidan B. Abdullayev qo‘yib yuborilgan, biroq unga qarshi ochilgan jinoyat ishi hali yopilmagan edi. O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalari tomonidan shu paytgacha jurnalistning nimada ayblanayotganiga rasman oydinlik kiritilgan emas.

Jurnalistning o‘zi Bishkekda qo‘lga olingan paytda uni "Qora Mergan" taxallusi ostida hukumatga qarshi tanqidiy maqolalar yozganlikda ayblayotganlarini ta’kidlagandi. Bobomurod Abdullayev bu ayblovlarni keskin rad etgan.

 

Bobomurod Abdullayev 2017 - yilning 27 - sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan. Shundan so‘ng u 2011 - yildan boshlab "Usmon Haqnazarov" imzosi ostida "amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va O‘zbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumon qilinib, sudlangan.

 

Mahkama davomida Bobomurod Abdullayev o‘zining Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi maqolalarning aksariyati muallifi ekanini tan olgan, biroq o‘zi yozgan maqolalarda davlat to‘ntarishiga chaqiriq bo‘lganini rad etgan.

 

Shu bilan birga, sudda jurnalistga nisbatan tergov davomida qiynoq qo‘llanilgani qayd etilgan.

 

Prokuror B.Abdullayevga 5 yillik qamoq jazosi so‘ragan. Biroq 2018 - yil 7 - may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tgan mahkamada jurnalist O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- moddasi, 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o‘tkazish va 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlangan hamda sud zalidan ozod qilingan.

 

Bobomurod Abdullayevning sud zalidan ozod qilinishini qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YeXHTning Matbuot erkinligi bo‘yicha vakili, Amnesty International , CPJ va boshqa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlagan.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Москва — мировой лидер по динамике развития транспортной инфраструктуры





Москва

Интерактив в помощь. «Учитель года Москвы» Морозова — об инновациях


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

В Зеленограде появится производство альбумина и иммуноглобулина — Собянин



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Бато Багдаев

Новости и Культура, Дети и Россия: Театр Ульгэр выступил в Этнографическом музее народов Забайкалья в Улан-Удэ




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике

Псковичка стала призером соревнований по прыжкам в высоту в Москве


Андрей Ольховский

Экс-теннисист Ольховский: Рублев не успел набрать форму на "Ролан Гаррос"



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


ATP

Янник Синнер высказался о первом месте в рейтинге ATP и травме Новака Джоковича



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России