Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Yana bir hokim so‘kindi. Bosh prokuror o‘rinbosari Ozodlikka izoh berdi

0
Yana bir hokim so‘kindi. Bosh prokuror o‘rinbosari Ozodlikka izoh berdi

Joriy yilning 7 - dekabr kuni Ozodlikka Xorazm viloyati Shovot tumani hokimi Hakimboy Otaxonovning tumandagi yer o‘lchovchilarni haqoratlagani iddao qilingan audioyozuv kelib tushdi. Audioyozuvda davomiyligi 5 minutga yaqin so‘kinishlar mavjud.

Ozodlik bu audioyozuvni Xorazm viloyat hokimligi mulozimiga yubordi. Ismi aytilmasligini so‘ragan mulozim bu ovozning haqiqatan ham Shovot tumani hokimi Hakimboy Otaxonovga tegishli ekanini tasdiqladi.

“Haqiqatan bu Hakimboy Ahmadjonovichning ovozi. Shu yilning 16 - aprelida bo‘lg‘an janjal bu. Uch yarim gektar qo‘shimcha yer borasida zemlomerlar so‘kilgan. Lekin zemlomerlar haqiqatda ta’magirlik evaziga ziyod yer o‘lchashgan. Bu so‘kinish bo‘yicha hokimlikka shikoyat kelgan. Otaxonov bu masalada aybini tan olib, 15 - oktabr kungi majlisda prezidentdan kechirim so‘ragan. Lekin tuman hokimiga biror chora ko‘rilmagan", - deb aytdi Xorazm viloyat hokimligi mulozimi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimi yer o‘lchovchilardan uzr bo‘ramagan. O‘sha kungi mojarodan xabardor shovotlik fermer "Hokim nega zemlomerni so‘kib, prezidentdan uzr so‘raydi. Axir u prezidentni so‘kmagandiku", deya e’tiroz bildirdi.

Ozodlik muxbiri o‘sha so‘kishlar nishoni bo‘lgan shovotlik yer o‘lchovchilar bilan suhbatlashdi. Ular sholi ekiladigan maydonni paxta uchun o‘lchab bergani bois hokim tarafidan "tergalgani"ni aytishdi. Ular o‘z tinchini o‘ylab, bu masala bo‘yicha hech kimga shikoyat qilmasliklarini bildirdilar.

Yer o‘lchovchilarga ko‘ra¸ hokim Toshkentda ishlaydigan "tagi xorazmlik qudratli generalni orqa qilib", tiliga erk bergan.

Davomli so‘kinish

Ozodlik tasarrufidagi qariyb 4.30 daqiqalik  audioda tuman hokimi sholi yeriga rejadan ziyod paxta yeri o‘lchab bergan yer o‘lchovchilarni tergar ekan, ta’bir joiz, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqadi:

Ozodlik Shovot tumani hokimi Hakimboy Otaxonov bilan bog‘lanishga urindi, ammo Otaxonov telefonni ko‘tarmadi. O‘zini Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovning yordamchisi, deya tanishtirgan mulozim esa Ozodlik muxbiri savolini oxirigacha eshitgach, telefonni o‘chirib qo‘ydi.

So‘kong‘ich hokimni kim tergaydi?

O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova 7 - oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda ijro hokimiyati rahbarlarining so‘kinishi bilan bog‘liq muammo mavjudligini tan oldi.

Ayni paytda u “so‘kong‘ich hokimlar masalasi Vazirlar Mahkamasida ko‘rilishi kerak", deb aytdi.

Ortiqovaga ko‘ra¸ “agar Vazirlar Mahkamasi so‘kong‘ich hokimlarga chora ko‘ra olmasa, unda bu hokimlar ishi prokurorga oshadi”.

Huquqshunos Umid Davletovning Ozodlikka aytishicha¸ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda shaxsning qadr-qimmatini kamsitish huquqbuzarlik sifatida malakalangan:

“Bu 41-modda. Ya’ni haqorat qilish, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish deb malakalanadi. Agar haqorat qilingani sudda isbotini topsa¸ aybdorga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin. Jarima miqdorini sud hakami belgilaydi. “

O‘tgan oy Xorazm viloyati Xiva tumani hokimi Ozod Matyoqubov tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishda kamida 7 nafar fermerni turg‘azib qo‘yib, 20 daqiqa davomida uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani haqida Ozodlik yozganidan keyin bu holat viloyat hokimligida muhokama qilingan edi.

Bundan oldin Farg‘ona viloyati Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayevning o‘z qo‘li ostidagilarni so‘kishlari aks etgan audio ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

O‘zbekistonda hokimlarning majlislarda o‘z qo‘li ostidagilarni kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilishi va hatto do‘pposlashi odatiy holga aylangan.

Bundan ilgari Andijon hokimi Shuhrat Abduraxmonov¸ Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev, Parkent tumani hokimi Ne’matulla Abdullayevning bolaxonador so‘kishlarga to‘la audiolari ijtimoiy tarmoqda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

O‘tgan yili Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Qo‘ng‘irot Erdavlat Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Abduvaqqos Aliqulov tuman hokimi va muovini uni kaltaklagani haqida shikoyat qilgan.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Центральной детской библиотеке имени Гайдара — 90 лет





Москва

Более 30 компаний из Нижегородской области пришли на первую встречу регионального сообщества инклюзивного бизнеса «Открыто для всех»


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: На северо-западе Москвы открылся волонтерский центр «Доброе место»



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Коммерсантъ

Отельеры вступают в Игры дружбы // Стоимость размещения в гостиницах растет




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Первое историческое ралли в Москве 2 июня 2024

Один из лидеров «Салавата Юлаева» подписал контракт с ЦСКА: теперь официально

«Зенит» добыл волевую победу в матче с «Балтикой» и завоевал Кубок России


Ролан Гаррос

Главный русский теннисист заставил Париж аплодировать ему стоя. Что удалось Осьминогу Медведеву?



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Настроение

Белоусов и его зам продолжают зачистку. Настала очередь главного коммунальщика Минобороны. Обвинение просит 12 лет за взятку



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России