Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Bellingcat: Navalniyni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati zaharlagan

0
Bellingcat: Navalniyni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati zaharlagan

Britaniyada joylashgan Bellingcat tadqiqot guruhi bir necha nashr bilan hamkorlikda tergov o‘tkazib, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy zaharlanishi ortida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) turganini ko‘rsatuvchi dalillarni qo‘lga kiritdi.

Tergovni Bellingcat Rossiyaning Insider tergov sayti, Germaniyaning Der Spiegel gazetasi va AQShning CNN agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan.

Tergovni olib borgan jurnalistlar «Telekom va sayohat ma’lumotlari ko‘rinishidagi katta hajmdagi dalillarga» tayangan holda, Navalniyni zaharlash rejasi 2017 - yilda ishlab chiqilgan, degan  xulosaga kelganlar.

Tergov natijalari 14 - dekabr kuni chop etildi. Bellingcat saytida e’lon qilingan bayonotda «2017 - yil boshidan 2020 - yil avgustigacha zaharli moddalar bilan ishlashga ixtisoslashgan yashirin FXX bo‘linmasi xodimlari Navalniyni Rossiya bo‘ylab ta’qib qilgani, uning yonida 30 dan ortiq reysda parvoz qilgani va Tomskdagi  amaliyotdan avval uni ikki marta zaharlashga uringani aytiladi.

20 - avgust kuni Navalniy zaharlanish asoratlari bilan Omskda kasalxonaga yotqizilgandi. Uning ahvoli Tomskdan Moskvaga parvoz qilayotganida yomonlashgan. 22 - avgust kuni muxolifatchi Berlindagi «Sharite» klinikasiga ko‘chirilgan. U ikki haftadan ko‘proq komada yotgan.

Ayni paytda Germaniyada sog‘lig‘ini tiklayotgan Navalniy uning zaharlanishi bilan bog‘liq ish Rossiyada rasman tergov qilinmaganiga qaramay, «o‘z yechimini topgani»ni ta’kidladi.

Muxolifatchi uni zaharlash buyrug‘ini Rossiya prezidenti Vladimir Putin bergani haqidagi iddaosini yana takrorladi. Kreml bu ayblovlarni rad etib keladi.

Bellingcat guruhiga ko‘ra, tergov davomida Navalniy bilan birga Novosibirskka borgan va uning izidan Tomsk shahriga borgan uch nafar FXX xodimi aniqlangan.

Uchala agentni kamida yana besh nafar FXX xodimi qo‘llab-quvvatlagan va nazorat qilgan. Ularning ba’zilari Navalniy kasalxonaga yotqizilgan Omsk shahriga ham borishgan.

Hisobotda Navalniy izidan borgan shaxslar Aleksey Aleksandrov va Ivan Osipov hamda Vladimir Paniyayev ismli agent ekanligi aytildi.

«Guruh a’zolari operatsiya davomida bir-biri bilan aloqada bo‘lgan. Zaharlanishdan oldin va Aleksey Navalniy tunda (Moskva vaqti bilan) mehmonxonasidan chiqib, Tomsk aeroportiga yo‘l olgan paytda to‘satdan muloqot ko‘paygan», deyiladi hisobotda.

Navalniyning ahvoli uchoq havoga ko‘tarilganidan keyin birdaniga yomonlashgan va shu sababdan Omsk shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga majbur bo‘lgan. Omskda bir necha kun davolangan Navalniy Germaniyaga olib ketildi. U yerda shifokorlar muxolifatchiga asabni falajlovchi zahar berilganini xulosa qildilar.

14 - dekabr kuni Navalniy o‘z jamoasi Bellingcat tergovi natijalarini o‘rganib chiqqanini aytdi.

«Kim meni o‘ldirmoqchi bo‘lganini bilaman. Ular qayerda yashashini bilaman. Qayerda ishlashini bilaman. Asl ismlarini bilaman. Soxta ismlarini bilaman. Menda ularning fotosuratlari bor», - dedi Navalniy o‘z videomurojaatida.

Bellingcat hisoboti e’lon qilinishdan bir necha kun oldin Britaniyada nashr etiladigan Times gazetasi g‘arb davlatlari josuslik xizmatlaridagi manbalariga tayangan holda, Navalniy Germaniyaga olib ketilishidan oldin uni ikkinchi marta zaharlashga urinish bo‘lgani haqida yozdi.

Bellingcat hisobotida aytilishicha, Rossiya kriminalistik institutiga aloqador 12 nafar FXX xodimining telefon metadatasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, institut kimyoviy qurollar tayyorlaydigan laboratoriyaga ega bo‘lib, Sovet Ittifoqi davrida KGBni tark etgan josuslar tasvirlagan laboratoriyalarga o‘xshaydi.





Губернаторы России
Москва

Собянин: Московский городской транспорт на 100 процентов отечественный





Москва

США и Европа "подготавливают" Россию и Ближний Восток для переселений?!


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Завод по производству препаратов из плазмы крови человека появится в РФ



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Ольга Бузова

Бузова ответила Собчак на критику концерта в Уфе




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

«Столото» подписал соглашение в развитие стратегической поддержки комплекса ГТО и многоборья ГТО

В Швейцарии завершился чемпионат Европы по спортивной и фитнес-аэробике

Футбольная сборная России забила Белоруссии 4 безответных мяча


Янник Синнер

«Янника Синнера очень рано сравнивать с Роджером Федерером» // Тренер мужской сборной России по теннису Игорь Куницын — о главных событиях Roland Garros



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Блоги

Филиал № 4 ОСФР по Москве и Московской области информирует: С начала года более 4,7 тысячи жителей Московского региона оформили страховую пенсию в автоматическом режиме на портале госуслуг



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России