Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Xorazm: Prezident kelib ketgandan keyin xodimlardan ishdan bo‘shash haqida ariza olindi

0
Xorazm: Prezident kelib ketgandan keyin xodimlardan ishdan bo‘shash haqida ariza olindi

O‘zbekiston prezidentining Xorazm viloyatiga tashrifi ortidan viloyatning barcha tumanlaridagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari xodimlaridan yoppasiga ishdan bo‘shash haqidagi  arizalar yozdirib olindi. Majburan ariza yozganlar ertasiga o‘z o‘rinlariga vaqtincha va sinov muddati bilan ishga olindi.

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasida ishlaydigan mulozimning Ozodlikka aytishicha¸ xodimlarni qattiqqo‘llik bilan boshqarish uchun shu uslub tanlangan. Uning so‘zlariga ko‘ra¸ O‘zbekiston prezidenti viloyatga tashrifi chog‘ida ishsizlikni bartaraf qila olmagan mulozimlarni tanqid ostiga olgani ortidan bu ishga qo‘l urilgan.

Xorazm viloyati tumanlaridan biridagi Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi Ozodlik bilan suhbatda “bu viloyat rahbari ijod qilgan uslub” ekanligini bildirdi.

«Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ishlayman. Prezident kelib ketganidan keyin iqtisodiy kompleks xodimlariga yetarli darajada ishlamayotganligi bildirilib, ariza olish kompaniyasi boshlanib ketdi. Bizlarga yakshanba kuni boshqarmadan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozib berishni so‘rashdi.  Izidan bir kundan keyin ishga qabul qilish to‘g‘risida ariza yozishni talab qilishdi. Vaqtincha vazifani bajaruvchi qilib sinov muddati bilan qayta ishga olinar ekanmiz. Bu mehnat qonunchiligiga zid narsa. Tumanlardan so‘rasam, barchasi yozib bergan arizani».

Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasida ishlaydigan mulozimning Ozodlikka aytishicha, «butun xodimlarga ishonchsizlik bildirib, yoppasiga sinov muddatiga o‘tkazilishi viloyat hokimi 12 - dekabr kuni imzolagan 238- sonli farmoyish ortidan amalga oshirilmoqda».

Ozodlikda viloyat hokimi Ermanov imzolagan farmoyish nushasi bor. Farmoyishda «aholini ish bilan bandligini ta’minlashdagi kamchiliklar bartaraf qilinishi zarurati» ta’kidlangan. Ammo rasmiy hujjatda bandlik markazi xodimlarini yoppasiga ishdan bo‘shatib, qaytadan vaqtincha ishga olish to‘g‘risida talab yo‘q.

Bu hujjatni Ozodlikka taqdim qilgan viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi xodimi «farmoyishda ko‘rsatilgan talablarni bajartirish maqsadida xodimlar intizomiy sirtmoqda ushlab turilishi uchun shu ish» qilinganini aytdi:

«Sinov muddatidagi xodimni olti sekundda ishdan bo‘shata olasiz. Hatto kasaba uyushma roziligi ham kerak emas. Maqsad shu. Bandlik markazi iqtisodiy soha xodimlari mahallalarga biriktirilgan. Shu ishlarni bajartirish uchun qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu natija berishi qiyin. Sababi ish o‘rni juda kam ochilyapti».

Ozodlikda viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi xodimlarining ëpiq Telegramm guruhidagi yozishmalar nushasi mavjud. Bu yozishmalardan xodimlarga tezroq ariza yozishlari uchun  bosim o‘tkazilganini tushunish mumkin.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Xorazm viloyati moliya¸ soliq va bank tizimi xodimlaridan ham yoppasiga ariza yozdirib olib, ularga uch oylik sinov muddati belgilangan.

Xorazm viloyati Iqtisodiy taraqqiët va kambag‘allikni qisqartirish Bosh boshqarmasi mulozimining Ozodlikka bildirishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi davomida bandlik¸ moliya¸ soliq va bank xodimlarining "faoliyatsizligi"ni tanqid qilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining o‘zini Xodimlar bo‘limi vakili, deb tanishtirgan mulozimi “xodimlarni yoppasiga bo‘shatib, qayta ishga olish bo‘yicha topshiriq berilmagani"ni aytdi.





Губернаторы России
Москва

Мэр Москвы договорился о создании роботизированного завода по производству грузовых автомобилей





Москва

Два человека пострадали в ДТП с автозаком в Москве


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин заявил о росте инвестиций в Москву из-за импортозамещения



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Денис Мацуев

Музыкальный фестиваль «Денис Мацуев представляет: диалог поколений» продолжается в Самаре




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Поражения Шубенкова и Савлукова, осечка Кнороз и двойной триумф Макаренко: чем запомнился «Мемориал Знаменских»

Медийный баскетбол, киберспорт и турнир ММА: Константин Пухов рассказал о мероприятиях Международного центра бокса (Наташа)

Академия Плющенко требует почти два миллиона со сбежавшей от них юной спортсменки


Арина Соболенко

Названо условие сенсации в матче Арины Соболенко с вундеркиндом из России



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Злоумышленник избил мужчину возле подъезда на востоке Москвы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России