Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Декабрь
2020

J. Ortiqxo‘jayev poytaxtdan Toshkent viloyatiga o‘tishi aytilgan hududlar aholisini ogohlantirdi (VIDEO)

0
J. Ortiqxo‘jayev poytaxtdan Toshkent viloyatiga o‘tishi aytilgan hududlar aholisini ogohlantirdi (VIDEO)

Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev 19 - dekabr kuni poytaxtda o‘tgan matbuot anjumanida anchadan buyon jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘layotgan qator masalalarda savolga tutildi.

Anjumanda hokimga, 2 yildan buyon va’daligicha qolayotgan Toshkent bosh plani va poytaxtdan Toshkent viloyatiga o‘tkazish rejalangan hududlar haqidagi savollar berishdi.

2020 - yilning avgustida Qurilish vaziri qator mahalla va yirikroq aholi punktlarini Toshkent viloyatiga o‘tkazish loyihasini e’lon qilgandi.

Bu poytaxt ahli tomonidan qattiq norozilik bilan qarshi olingan. Toshkent hokimi, norozi poytaxtliklarni "biron narsaga erishish uchun biron narsadan voz kechish kerak", deb ogohlantirdi.

19 - dekabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev "Toshkent yerining biron bir qismi Toshkent viloyatiga o‘tib ketmaydi", deb ta’kidladi.

Hokimga ko‘ra, poytaxtning chegaralari o‘zgartirilmaydi, poytaxt yaqinida yo‘ldosh shahar qurishdan maqsad esa - Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlarida uy-joy muammosini hal qilishdir.

Vaholanki, poytaxtliklarning bunday sarosimasiga Qurilish vazirining shu yil avgustda bergan bayonoti sabab bo‘lgan.

5 - avgust kuni "O‘zbekiston 24" telekanaliga intervyu bergan O‘zbekiston Qurilish vaziri Botir Zokirov poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlari bir qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish, Mirzo-Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini Qibray tumani ma’muriy markaziga aylantirish rejalanayotganini ma’lum qilgan edi.

Rasmiy bayonotda aholiga qulaylik yaratish mavsadida 1010 gektar kapital yerlarni Toshkent viloyati yurisdiktsiyasiga o‘tkazish va 8371 gektar viloyat hududini Toshkent shahriga o‘tkazish rejalanayotgani aytilgan edi.

Bu bayonot o‘shandayoq shahar ahli tomonidan keskin norozilik bilan qarshi olingan, xususan Gazeta.uz nashri poytaxtliklar petitsiyalari haqida qator maqolalarni e’lon qilgan, natijada bu loyihalar qayta ko‘rib chiqilishi rasman aytilgan edi.

19 - dekabr kungi matbuot anjumanida bu nashr muxbirining bu loyihalar taqdiri haqida bergan savollariga javoban Toshkent hokimi:

"Mening fikrimcha, 2021 - yilda hech qanday yer Toshkentga qo‘shilmaydi. Ammo shuni aytishim mumkinki, Toshkentdagi yerlarning bir qismi ham Toshkent viloyatiga o‘tmaydi", dedi.

Toshkent hokimining bu "fikri" konkret rejaga asoslanganmi va poytaxtdagi qator tumanlar hududini viloyatga o‘tkazish rejasidan voz kechilganmi - bu savolga aniq javob yo‘q.

Shuningdek, ushbu yig‘inda J. Ortiqxo‘jayev Olmazor tumani yaqinida sun’iy yo‘ldosh shahar qurish rejasiga ham izoh berdi.

Shu yilning 12 - iyunida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining bir qismini Olmazor viloyatiga o‘tkazib, yangi turar-joy massivlari va korxonalarini barpo etishni taklif qilgan.

Prezident Toshkentga sun’iy yo‘ldosh bo‘ladigan bu shaharcha 260 gektar maydonda qurilishi, unda xiyobon, ko‘ngilochar bog‘lar, velosiped yo‘lakchalari, kamida 5 ming kishini ish bilan ta’minlaydigan savdo punktlari yaratilishini aytgandi.

Toshkent hokimiga ko‘ra, Shayxontohur, Olmazor va Uchtepa tumanlarida aholi zich joylashgani uchun alohida shaharcha qurishga qaror qilingan. Buni aytar ekan hokim, poytaxt aholisini bir narsaga erishish uchun boshqasidan voz kechish kerakligidan ogohlantirdi:

"Bizning ikkita yo‘limiz bor: yoki ushbu muammoni hal qilish uchun ushbu hududlarda mayda ishlanmalar olib borish yoki hech kimga aralashmasdan, ularga infratuzilmasi yaqin bo‘lgan hududda Toshkentdan uzoq bo‘lmagan shaharcha qurish. Shaharda yashovchi fuqarolarni bezovta qilmaslik uchun u yerda (yo‘ldosh shaharda — tahr.) qurish yaxshiroq deb o‘ylayman. Hech kim Shayxontohurdan Sergeli tumaniga, Sergelidan Yunusobod tumaniga ko‘chib o‘tishni xohlamaydi, ular o‘zlari yashaydigan [kvartirani olishni] xohlashadi. Shularni inobatga olgan holda, biz sun’iy yo‘ldosh shahar yaratishni taklif qildik". "Oziq-ovqat xavfsizligiga erishish va shu bilan birga uy-joy masalasini hal qilish qiyin". "Biron narsaga erishish uchun biron narsadan voz kechish kerak".

 

So‘nggi yillarda Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish va buzilishlar, shuningdek, alohida hududlarning investorlarga sotilishi borasida ziddiyatli holatlar kuzatilmoqda.

Poytaxtdagi hududlar va alohida obyektlar noqonuniy ravishda ba’zi xususiy investorlarga sotilayotgani, natijada mahalliy aholi uyi yoki tadbirkorlik obyektlari noqonuniy ravishda tortib olinayotganiga oid jiddiy iddaolar bor.

Jumladan, ​Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy mahallasida yashovchi bir guruh aholi poytaxt markazidagi eng so‘lim o‘rmonzorning xususiy investorga kafe qurish uchun berilishiga norozilik bildirgani haqida Ozodlik xabar qilgandi.

Ozodlik ayni paytda, Yunusobodning Universamida faoliyat olib boradigan 100 ga yaqin tadbirkor, hokimning o‘zlariga tegishli yerni Urban Developers MChJga berish haqidagi qarorini bekor qilishni so‘rab, sudga kiritgan arizasi taqdirini kuzatmoqda. ​





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал, как переразметка позволяет улучшить движение на дорогах Москвы





Москва

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин поддержал команду кандидатов от «Единой России» на выборы в Мосгордуму



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Елена Волкова

Кинофестиваль «Движение по вертикали» памяти Станислава Говорухина пройдет в Тульской области




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»

Росгвардейцы обеспечили безопасность болельщиков во время матча чемпионата России по регби

Массовыми патриотическими акциями отметили День России на заводах АО "Желдорреммаш"


WTA

Александрова вышла во второй круг турнира WTA в Хертогенбосе



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Интернет

ИИ оказался эффективнее врачей в диагностике рака простаты



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России