Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Декабрь
2020

Ashxobodda koronavirus qurboni bo‘lgan turk diplomatining yaqinlari prokuraturaga murojaat qildi

0
Ashxobodda koronavirus qurboni bo‘lgan turk diplomatining yaqinlari prokuraturaga murojaat qildi

Turkmanistonda vafot etgan turk diplomatining bevasi erining o‘limiga sabab bo‘lgan vaziyat uchun mas’ul mansabdor shaxslar ustidan Turkiya jumhuriyati prokuraturasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Turkiyaning Turkmanistondagi elchixonasi din ishlari bo‘yicha maslahatchisi Kemal Uchqun shu yil iyulida Ashxoboddagi kardiologiya kasalxonasida olamdan o‘tgani haqida Ozodlik avval xabar qilgan. Uning COVID-19 vajidan vafot etgani taxmin qilingandi.  

Diplomatning bevasi Guzide Uchqun Turkmanistonga sanitar uchog‘i yetib borishi va Ashxobod shifoxonasida 11 kun yotgan erining vataniga qaytarilishiga erishish uchun barcha choralarni ishga solmagan amaldorlarni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.  

Turkiyada chiqadigan Sozcu nashrining yozishicha, Kemal Uchqunning bevasi prokuraturaga yozgan o‘z arizasida Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligining tez tibbiy yordam xizmati bosh direktori Semih Qo‘rqut, Turkiyaning Ashxoboddagi elchisi To‘g‘an O‘ral, din ishlari bo‘yicha vitse-prezident Selim Arg‘un va Din ishlari boshqarmasining xorijiy ishlar bo‘yicha bosh direktori Erdal Atalayni javobgarlikka tortishni so‘ragan.  

57 yoshli diplomat Kemal Uchqun Ashxobod kasalxonasida 7 - iyul kuni, turkmanistonlik vrachlar iddaosicha, pnevmoniyadan vafot etgan. Biroq flyuorografiya tasvirlarini (bu tasvirlarni Turkiyadagi yaqinlariga Kemal Uchqunning o‘zi yuborgandi) o‘rganib chiqqan turkiyalik vrachlar  xulosasiga ko‘ra, diplomat 90-99 foizlik ehtimol bilan koronavirusga chalingandi.  

Ozodlik turkman xizmatining diplomat o‘limidan avvalgi holatlardan xabardor manbasi K. Uchqun turk rasmiylariga o‘zini vataniga evakuatsiya qilish iltimosi bilan murojaat qilgan, biroq rasmiy Ashxobod Turkiya sanitar uchog‘ini qabul qilishdan bosh tortganini aytgan.

“Turkmaniston uni olib chiqishga ruxsat bermadi, chunki o‘z hududida COVID-19 mavjudligiga oid ma’lumotning chiqib ketishini istamadi, Turkiya hukumati esa yetarli darajada siyosiy bosim o‘tkazgani yo‘q. Turkman rasmiylari mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni yashirish uchun u vafot etgunicha uchoqni kirgizishmadi”, deya iddao qilgan manba.

Ozodlikning turkman xizmati 20 - dekabr kuni bu manba bilan bog‘langanida u Kemal Uchqunning yaqinlari ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan va diplomat evakuatsiyasiga to‘sqinlik qilgan Turkmaniston rasmiylarining ham javobgarlikka tortilishiga erishmoqchi ekanini aytib bergan.

Sozcu nashri diplomat bevasi Guzide Uchqunning turkman vrachlari turk diplomatini koronavirus muolajasiga mo‘ljallanmagan antibiotiklar bilan davolaganini keltirgan. K. Uchqunning ahvoli bir necha kun davomida muttasil yomonlashib boravergan, biroq u tegishlicha muolaja olmaygina qolmay, yaqinlarining Turkiya rasmiylaridan tezlik bilan sanitar uchog‘ini tashkil etish talabi ham natijasiz qolgan.  

“Men erimning Turkiyaga olib kelinishi uchun sanitar uchog‘i yoki istalgan boshqa vositani yo‘llashni talab qildim. Uning vafotiga qadar har kuni arizalar yozdim, evakuatsiya uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etdim. Ammo elchixona, Din ishlar boshqarmasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bu ishni qilish uchun keragicha harakat qilmadilar”, degan diplomatning bevasi Guzide Uchqun.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, Ashxobod kasalxonasida yotgan Kemal Uchqun ham tezlik bilan evakuatsiya qilinishini talab qilgan. Turkiya hukumati, manbaga ko‘ra, evakuatsiya jarayonini boshlagan va Turkmaniston tomoniga sanitar uchog‘ining mamlakatga kirishi uchun ruxsat so‘ragan. Biroq, manba iddaosicha, Turkmaniston tomoni izn bermay, bu ishni qo‘ldan kelgancha cho‘zgan.

Kemal Uchqun Ashxoboddagi kardiologiya kasalxonasida 7 - iyul kuni mahalliy vaqt bilan kechki soat 9 larda jon taslim qilgan. Vrachlar Turkmaniston tomonga diplomat pnevmoniya qabatida yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etganini bildirganlar.

Turkiya sanitar uchog‘iga Kemal Uchqun vafot etganidan bir sutkadan ko‘proq o‘tib – 9 - iyul tunidagina uchib kelishga ruxsat berilgan. Diplomatning jasadi u tug‘ilgan Denizli shahriga olib ketilgan va 12 - iyul kuni dafn etilgan.  

Ozodlikning turkman xizmati Turkiyaning Ashxoboddagi elchixonasi va Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga manbaning iddaolari yuzasidan izoh so‘rab, murojaat qilgan. Kemal Uchqun 2018 - yildan beri ishlagan Turkiyaning Ashxoboddagi elchixonasi tahririyat savollari o‘zlarining sobiq xodimlari o‘limi bilan bog‘liq holatlarga aloqadorligini eshitishlari bilan trubkani qo‘yib qo‘yganlar. Elchixonaga qayta ulanish urinishlari samara bermagan. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi xodimlari esa Ozodlik muxbiri savollariga javob berishi mumkin bo‘lgan biror rasmiy bilan bog‘lab berolmaganlar. Turkiya TIV bilan bog‘lanishga ko‘plab urinishlar ham, odatdagidek, natija bermagan.  

Turkmaniston rasmiylari hali-hanuz mamlakatda bironta ham koronavirus holati qayd etilmaganini iddao qilib keladi.

Biroq Ozodlikning Turkmanistondagi muxbirlari koronavirus asoratlari bo‘lgan xastalar soni oshib borayotgani, kasalxonalar to‘lib-toshgani, cheklovlar kuchayib borayotgani, karantin hududlari kengayayotgani va tibbiyot xodimlari doxil vafot etayotganlar soni ko‘payayotgani haqida muttasil xabarlar yo‘llash orqali rasmiy bayonotlarni rad etmoqdalar.





Губернаторы России
Москва

Собянин: выборы в Мосгордуму будут серьезным экзаменом





Москва

Попурри мелодий и дух патриотизма: военный оркестр в парке «Кузьминки» отметил День России


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Сергей Собянин. Неделя мэра



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Игорь Бутман

Игорь Бутман рассказал подробности о Московском джазовом фестивале




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Росгвардейцы обеспечили безопасность болельщиков во время матча чемпионата России по регби

Площадь пожара в здании у метро «Динамо» в Москве составляет 400 квадратов

В Москве тушат пожар в здании у метро «Динамо»


Бьянка Андрееску

Бьянка Андрееску: «Мне нравится, что на траве, поскольку она намного быстрее грунте, меньше времени на раздумья»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Собянин рассказал, как переразметка позволяет улучшить движение на дорогах Москвы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России