Мы в Telegram
Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Январь
2022

Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma. KXShT tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

0
Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma. KXShT tomonlarni o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

27 - yanvar oqshomida qirg‘iz-tojik chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi. Guvohlarning bildirishicha, otishma hanuz davom etmoqda.

Ikki davlat o‘rtasidagi otishma mahalliy vaqt bilan soat 19:30 (Toshkent vaqti bilan soat 18:30) da boshlangan. Qirg‘iziston Chegara xizmati 27 - yanvar soat 20:30 da Qirg‘iz-Tojik chegarasidagi vaziyat keskinlashgani to‘g‘risida xabar berdi. 

Ozodlik tojik xizmati manbalari kamida bir kishining halok bo‘lgani haqida xabar bergan.

MDHning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining bildirishicha, chegaradagi otishmada yaralanganlar bor. KXShT Bosh kotibi  Stanislav Zas Tojikiston va Qirg‘izistonni chegarada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Tashkilot matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilishicha, KXShT Tojikiston va Qirg‘izistonga ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilishda ko‘mak berishga tayyor.

Tojikiston va Qirg‘iziston MDHning KXShT a’zolari sanaladi.

Avvalroq Qirg‘iziston  hukumatining Botken viloyatidagi vakili o‘rinbosari Ma’rufxon Tulayev ziddiyat hududidan aholini evakuatsiya qilish boshlanganini bildirgan.

Unga ko‘ra, birinchi navbatda otishma hududidagi qishloqlardan qariyalar, ayollar va bolalar evakuatsiya qilinmoqda.

Otishma boshlangani haqidagi xabarni Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmatiga Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Chegara xizmati Botken viloyati boshqarmasi rahbari Qiyalbek To‘lo‘nov ma’lum qildi.

To‘lo‘nov “otishma boshlandi, har ikki tomon bir-biriga o‘q otmoqda”, degan ma’lumotni aytish bilan cheklandi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati 27 - yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat keskinlashgani to‘g‘risida xabar berdi.

Avvalroq Chegara xizmati ikki davlat o‘rtasidagi To‘rtko‘cha hududida Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da otishma boshlanganini bildirgan edi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, To‘rtko‘cha hududidan o‘tuvchi Botken-Isfana avtoyo‘lini Tojikiston fuqarolari to‘sib qo‘ygan. Ikki davlat chegarachilarining muzokaralari natijasida 19:30 da yo‘l ochilgan.

Ammo soat 19:35 da Tojikiston tomonidan Qirg‘izistonga qarata o‘q otila boshlangan. Ayni paytda To‘rtko‘chadan tashqari Chirdo‘bo‘ qishlog‘ida ham otishma boshlangani, Tojikiston tomoni minomyot va granatomyotlardan o‘q otayotgani xabar qilindi.

Tojikistonning Isfara shahri hokimligi matbuot kotibi Zubaydullo Shamodov Ozodlik radiosi tojik xizmatiga Qirg‘iziston bilan chegarada otishma bo‘layotganini rasman tasdiqladi. Unga ko‘ra, otishma ikki davlat chegarachilari o‘rtasida bo‘lmoqda.

Ozodlik radiosi tojik xizmatining bildirishicha, Chorkuh qishloq jamoatiga qarashli Somoniyon qishlog‘i otishmalar markazi bo‘lib qolayotir.

Shamodov To‘rtko‘cha hududini qirg‘iz fuqarolari to‘sib qo‘yganini va shu munosabat bilan mahalliy hokimiyat shoshilinch yig‘ilish o‘tkazayotganini bildirgan.

970 kilometrga cho‘ziluvchi qirg‘iz-tojik chegarasining qariyb 450 kilometri hali ham belgilanmagan.

O‘tgan yil aprelida ikki davlat chegarasida yuz bergan qurolli to‘qnashuvda o‘nlab harbiy va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Ziddiyat har ikki tomondan vayronalarga sabab bo‘lgan edi.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал, как электробусы помогают улучшать экологическую ситуацию





Москва

Рубена Варданяна в бакинской тюрьме заставляли долго стоять, его лишали воды, ему не разрешали мыться и менять белье и одежду


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин утвердил проект строительства общественно-делового центра в ЗАО



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Моргенштерн

Шоумен Барецкий: у нас с Моргенштерном будет концерт 28 июня




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Баскетболисты пойдут кругами // Единая лига ВТБ пересмотрела формат проведения чемпионата

В Москве вручили премию МУЗ-ТВ — 2024

В Москве выставили на продажу редкий Mercedes-Benz SLR McLaren за 100 млн рублей


Рафаэль Надаль

Дядя Надаля назвал причину поражения Зверева в финале «Ролан Гаррос»



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Число погибших на дорогах Подмосковья снизилось на 21%



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России