103news.com
World News in Uzbek
Январь
2022

AQSh va NATO Rossiyaga javob berdi: Ukraina masalasida yon berish yo‘q

0
Prezident Jo Bayden ma’muriyati chorshanba kuni AQSh va NATO Ukraina  inqirozi bo‘yicha Rossiyaga yon bermasligini aytdi.


Associated Press agentligining xabar berishicha, Rossiyaga javoban berilgan yozma bayonotlarda AQSh va NATO alyansning a’zolik uchun ochiq eshiklar siyosatiga sodiqligini aytib,  Ukraina a’zoligini taqiqlash talabini rad etdi.


Shuningdek, Sharqiy Yevropada ittifoqchilar  qo‘shinlari va harbiy texnikalarini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmasligini ham ma’lum qilgan.


«Hech nima o‘zgarmadi, hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi», dedi AQSh davlat kotibi Entoni Blinken. Qolaversa , Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga  AQSh va Yevropa shunchaki muzokaralar bilan javob bermaydi. Bunday  bosqin uzoq davom etadigan  ham siyosiy, ham jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib keladi” Blinken so‘zlaridan iqtibos keltirgan Associated Press.


Blinkenning  bayonoti kutilganidek,  AQSh va  NATOning  boshqa yuqori martabali  rasmiylari fikrini  aks ettirdi. Shundan kelib chiqib, G‘arb va Rossiyaning  mavjud masalaga munosabati Yevropa yana urushga kirishi yoki kirmasligini belgilashi mumkin.


Rossiyadan zudlik bilan javob bo‘lmadi. Biroq  Rossiya rasmiylari agar Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Moskvaning talablarini rad etadigan bo‘lsa,  Moskva bunga javoban tezkor «javob choralarini» ko‘rishi haqida ogohlantirdi.


Blinken Vashingtonda jurnalistlar bilan uchrashuvda, AQSh taqdim qilgan bir necha sahifalik hujjat mazmuni Rossiyani ajablantirmasligidan umid qilgan. AQShning  Rossiyadagi elchi Jon Sallivan mazkur hujjatni chorshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga topshirgan.


«Agar Rossiya ham to‘g‘ri yo‘lni tanlasa yuqorida aytilgan  barcha narsa diplomatiya  yo‘lidan olg‘a siljishga turtki beradi.», dedi Blinken. «Biz taqdim etgan hujjatda AQSh va ittifoqchilarimizning  Rossiyaning xavfsizlikka putur yetkazuvchi xatti-harakatlaridan xavotirlari, o‘z navbatida Rossiya bildirgan xavotirlarga prinsipial va pragmatik baho, shuningdek, umumiy qarashlarni  topish mumkin bo‘lgan sohalar bo‘yicha o‘z takliflarimiz bayon qilingan»


Blinken yaqin kunlarda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov javobiga  umid qilayotganini aytdi. Ammo  u diplomatiyaga qaytish yoki mojaroni davom ettirish  Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qaroriga  bog‘liq bo‘lishini ta’kidlagan.


«Ko‘ramiz, ular qanday javob berishadi. Fikrimcha , agar Rossiya barcha uchun jamoaviy xavfsizlikni kuchaytirishga qat’iy qaror qilgan holda jiddiy yondashsa, bu hujjatda anchagina ijobiy takliflar mavjud. Putin uchun bunday qarorni biz qabul qila olmaymiz”- deya Blinkenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Associated Press agentligi.


Blinken nutqidan ko‘p o‘tmay, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda alyans Rossiyaga aloqalarni yaxshilash, harbiy harakatlardan qochish yo‘llarini topish hamda qurol-yarog‘ nazoratini muhokama qilish taklifi bilan alohida so‘rov yuborganini ma’lum qildi.


“Biz alyans xavfsizligi, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi xavfsizlik tamoyillariga tayangan holda murosaga kela olmaymiz. Gap boshqa  xalqlarni hurmat qilish va ularning o‘z yo‘lini tanlash huquqi haqida ketmoqda.»


«Rossiya ittifoqchilar va boshqa davlatlarga qarshi zo‘ravonlik, tajovuzkorlik  va g‘arazli harakatlaridan voz kechishi kerak. Rossiya Ukraina, Gruziya va Moldovadan ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi lozim. Qo‘shinlar  bu davlatlarga ularning  roziligisiz joylashtirilgan», - dedi Stoltenberg.


AQSh va NATO e’lon qilgan  hujjatida Sharqiy Yevropada hujumkor raketalarni joylashtirish va harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatlari, shuningdek, Rossiya Ukraina chegarasidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketsa, qurol nazorati bo‘yicha kelishuvga erishish takliflar aks ettirilgan.


Moskva NATOdan Ukraina va boshqa sobiq post sovet davlatlarini a’zo sifatida qabul qilmaslikni va sobiq Ittifoq davlatlariga qo‘shinlarini joylashtirmaslik kafolatlarini talab qildi. Bu talablardan ba’zilari, xususan a’zolik borasidagi talab umuman ko‘rib chiqilmasligi ma’lum qilingan.  Nizo faqat urush bilan yakun topishi haqidagi xavotirlar o‘rtada turg‘unlikni keltirib chiqarmoqda.


Kreml Ukrainaga hujum qilish rejalari borligini bir necha bor rad etganiga qaramay,  AQSh va  NATO  Rossiyaning Ukraina yaqinida o‘z qo‘shinlarini to‘plashidan va keng qamrovli harbiy manevrlar o‘tkazishidan jiddiy tashvishda.


Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi  mashg‘ulotlarda motorli piyoda qo‘shinlari va artilleriya bo‘linmalari o‘q uzishni mashq qildi.  Boltiq dengizidagi Kaliningradda harbiy samolyotlar bombardimon mashqlarini o‘tkazdi, o‘nlab harbiy kemalar Qora dengiz va Arktikada o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yuborildi, Rossiya qiruvchi samolyotlari qo‘shma harbiy o‘quvlar uchun Belarusga kelishdi.


Bir kun oldin  Lavrov u va boshqa yuqori amaldorlar Putin bilan keyingi harakatlar borasida maslahatlashishini aytdi.


«Agar G‘arb agressiyani davom ettirsa, Moskva kerakli javob choralarini ko‘radi», - dedi Lavrov.


«Biz xavfsizlik borasidagi takliflarimiz  oxiri yo‘q muhokamalar bilan qolib ketishiga  qarab tura olmaymiz», qo‘shimcha qildi u.


Qarama-qarshiliklar fonida AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya va Kanada o‘z diplomatlari va ularning oila a’zolarini Kiyevdan olib chiqishga tushdi.


Chorshanba kuni AQSh Ukrainadagi amerikaliklarni  mamlakatni tark etish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirib, xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat  «Rossiya harbiy tahdidlari tufayli oldindan aytib bo‘lmasligini, istalgan daqiqada vaziyat yomonlashishini» haqida xabar qilgan..


Chorshanba  kuni Parijda  Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya elchilari mojaro yuzasidan sakkiz soatdan ortiq davom etgan muzokaralar o‘tkazdi. Hech qanday samara bermagan muloqot davomida tomonlar ikki hafta ichida Berlinda yangi muzokaralar o‘tkazishga kelishib olgan.


Shundan so‘ng Fransiya o‘z bayonotida  barcha tomonlar Ukraina sharqida o‘t ochishni to‘xtatishni  «so‘zsiz» qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.


Muzokaralarda mojaroga barham berishga qaratilgan 2015 - yildagi  Minsk tinchlik kelishuvi muhokama qilindi. Yakuniy bayonotda  Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq hozirgi xavotirlar borasida hech nima deyilmagan.


«Bular boshqa masalalar,  biz buni muhokama qilmadik», dedi Kreml vakili Dmitriy Kozak.


Ukraina vakili Andrey Yermak chorshanba kungi muzokaralar haqida ehtiyotkorlik bilan optimistik fikr bildirdi. Uning  aytishicha, bu 2019 - yil dekabr oyidan beri o‘tgan birinchi muvaffaqiyatli muzokaralardir. Ammo, u muzokaralar chegaradagi mavjud ziddiyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal qilmaganini  ham tan olgan.


“Albatta, hammamiz tezroq natijaga erishmoqchimiz. Biroq, Ukraina xalqining urushni to‘xtatish, hududlarimiz va xalqimizni qaytarish istagidanda  muhimroq narsa  yo‘q" deydi Yermak.


Kozak Minsk kelishuvi turlicha talqin qilinayotganini asosiy to‘siq bo‘layotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki hafta ichida tomonlar yana bir bor bu masalada  murosaga erishishga  yana urinib ko‘radi.




Губернаторы России
Москва

Средняя скорость оказания экстренной медпомощи выросла в 1,5 раза - Мэр Москвы





Москва

В Подмосковье сотрудники Росгвардии провели встречу со студентами финансового университета


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Средняя скорость оказания экстренной медпомощи выросла в 1,5 раза - Мэр Москвы



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Лариса Долина

Долину заподозрили в оплате счетов за проданную из-за мошенников квартиру




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

Росгвардия обеспечила правопорядок на футбольном матче «ЦСКА» - «Краснодар» в Москве

Росгвардия обеспечила правопорядок на футбольном матче «ЦСКА» - «Краснодар» в Москве

Росгвардия обеспечила безопасность футбольного матча в Дагестане


Мария Шарапова

Tennis.com: Бывший тренер Шараповой и Мыскиной Роберт Лэнсдорп умер в возрасте 85 лет



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Путин объяснил резкое увеличение численности армии РФ



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России