Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

Putin: Moskvaning xavfsizlik talablari “e’tiborga olinmayapti”

0
Putin: Moskvaning xavfsizlik talablari “e’tiborga olinmayapti”

Ukraina atrofidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha qizg‘in diplomatik sa’y-harakatlar manzarasida Vladimir Putin Rossiyaning xavfsizlik borasidagi xavotirlarini Qo‘shma Shtatlar va NATO e’tiborsiz qoldirayotganini yana bir bor iddao qildi.

1 - fevral kuni Putin, Kremlь “AQSh va NATOdan olingan yozma javoblarni sinchkovlik bilan tahlil qilayotganini” ma’lum qildi. Biroq “Rossiyaning asosiy xavotirlari allaqachon e’tibordan chetda qolganini” qo‘shimcha qildi.

Putin yana shuni qo‘shimcha qildi: “Garchi bu oson bo‘lmasligini tushunsak‑da, umid qilamanki, biz yakunda masalaga yechim topamiz”.

Bu Putinning bir necha hafta ichida Ukraina tevaragida yuzaga kelgan inqiroz haqidagi birinchi ommaviy bayonoti bo‘ldi.

Rossiya Qo‘shma Shtatlar va NATOdan Ukrainani hech qachon blokka qo‘shmaslikni, Rossiya chegaralari yaqinida qurol joylashtirishni to‘xtatishni va alyans kuchlarini Sharqiy Yevropadan olib chiqishni kafolatlovchi qonuniy asos talab qilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainani NATOga qo‘shilishni taqiqlash talabini rad etib, inqirozdan chiqishning yangi “diplomatik yo‘li”ni taklif qildi.

“Biz NATOning sharqqa kengayishi oldini olish, Rossiya chegaralari yaqinida harbiy qurollar joylashtirishga chek qo‘yish va blokning Yevropadagi harbiy infratuzilmasini 1997 - yilgi holatga qaytarish bo‘yicha uchta asosiy talabimiz yetarli darajada ko‘rib chiqilganini ko‘rmadik”, dedi Putin.

“Bizning xavotirlarimizni e’tiborsiz qoldirgan holda, AQSh va NATO davlatlari o‘z xavfsizligini qanday ta’minlashni erkin tanlash huquqi haqida gapirmoqda, – qo‘shimcha qildi Putin. – Bu tanganing bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, o‘z xavfsizligini boshqalarning xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deya so‘zida davom etgan u.

Putin bilan do‘stona aloqalarni davom ettirayotgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban qo‘shma matbuot anjumanida murosa uchun imkon borligiga ishonishini aytgan.

“Bugun shunga amin bo‘ldimki, pozitsiyalardagi mavjud tafovutlarni bartaraf etuvchi, tinchlikni va Rossiya xavfsizligini kafolatlaydigan, shuningdek, NATOga a’zo davlatlar uchun ham maqbul bo‘lgan shartnomani imzolash mumkin”, dedi Orban.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbatda AQSh  davlat kotibi Entoni Blinken keskinlikni “zudlik bilan” yumshatish va Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegaralari yaqinidan olib chiqishga chaqirgan edi.

AQSh davlat departamenti bayonotida aytilishicha, Blinken Vashingtonning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi, shuningdek, barcha mamlakatlar o‘z tashqi siyosati va ittifoqchilarini o‘zi tanlash huquqiga sodiq qolishini yana bir bor alohida qayd etgan.

Shu bilan birga, Blinken “Ukrainaga bo‘ladigan keyingi bosqin og‘ir oqibatlarga olib kelishini ta’kidladi va Rossiyani diplomatik yo‘ldan borishga chaqirdi”, deyiladi bayonotda.

Lavrov Blinkenga Rossiya G‘arbdan  xavfsizlik kafolatlarini  talab qilishda davom etishini aytdi va “Blinken yana boshqa masalalarni ham muhokama qilishga rozi bo‘lganini” qo‘shimcha qildi.

Kiyevda Britaniya va Ukraina rasmiylari Rossiyaning Ukrainaga har qanday harbiy bosqini “katta strategik xato” bo‘lishi haqida ogohlantirdi.  Ikkala davlat Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Boris Jonson Rossiya armiyasining chegara yaqinida kuchayishini “aniq va mavjud xavf” deb atab, Rossiyani qo‘shinlarini olib chiqishga va diplomatiyani tanlashga chaqirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zlagan Jonson Kiyev har qanday harbiy bosqinga qarshilik ko‘rsatishini aytdi.

“Menimcha, Rossiya jamoatchiligiga, Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qilib, Ukraina armiyasi qarshi tura olishi haqiqatligini uqtirish barchamiz qila oladigan eng samarali ish bo‘ladi”, dedi Boris Jonson.

“Ukraina qurolli kuchlarida 200 ming erkak va ayol bor. Ular  juda qattiq va mardonavor qarshilik ko‘rsata oladi”, deya qo‘shimcha qildi Britaniya bosh vaziri.

U Buyuk Britaniya hukumati “rus armiyasi Ukraina hududiga qadam qo‘ygan zahoti kuchga kiradigan” sanksiyalar va boshqa choralar ustida ishlayotganini ham ma’lum qilgan.

Zelenskiy Ukraina armiyasi mamlakat sharqida Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ayirmachilarga qarshi qariyb sakkiz yillik kurashdan so‘ng o‘z imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilagani haqida eslatib o‘tdi.

“Hududimizning bir qismini egallab olmoqchi bo‘lganlar uchun hozir katta xavf bor. Ukrainaliklar o‘zlarini oxirigacha himoya qiladi. Ruslar bizga quloq tutishi va urush hech kimga kerak emasligini tushunishlari kerak”, deydi Zelenskiy.

U shuningdek, agarda keskinlashuv boshlansa, bu “fojia” bo‘lishini aytib, “urush faqatgina Ukraina va Rossiya o‘rtasida bo‘lmaydi, Yevropada keng ko‘lamli urushga aylanib ketadi”, deya ta’kidladi.

Zelenskiy yana bir bor ukrainaliklarni xotirjam bo‘lishga va Moskvani chegara yaqinida joylashgan harbiylarini olib chiqib ketib, keskinlikni yumshatishga chaqirdi.





Губернаторы России
Москва

Сергей Собянин: Активно укрепляем отношения с Китаем





Москва

Московский аэропорт Домодедово и Всероссийское общество инвалидов заключили соглашение о сотрудничестве


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва и Пекин подписали программу сотрудничества на 2024-2026 годы



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Жанна Агузарова

Хирург Володченков: у певицы Агузаровой не видит глаз из-за неудачной пластики




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В УФСИН России по Республике Дагестан прошли лично-командные соревнования по легкой атлетике

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 москвичей и гостей столицы

Красногорск первым встретил участников международного супермарафона Москва-Минск


Кирилл Скачков

Скачков и Тайлакова выиграли соревнования по настольному теннису на Играх БРИКС



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Агроном Ганичкина: спасти урожай от ливней помогут водоотводы



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России