Добавить новость
103news.com
World News in Uzbek
Февраль
2022

The Diplomat: O‘zbekistonda bir-biridan juda farqli ikki bloger so‘zi uchun jazolandi

0
The Diplomat: O‘zbekistonda bir-biridan juda farqli ikki bloger so‘zi uchun jazolandi

O‘tgan hafta  O‘zbekistonda ikki bloger - Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev  hamda Miraziz Bozorov o‘z chiqishlari uchun ozodlikdan mahrum qilindi.

Ularning birinchisi diniy masalalarda ziddiyatli chiqishlari bilan tanilgan bo‘lsa, ikkinchisi O‘zbekiston hukumatiga qarshi korrupsiya ayblovlari va Jinoyat kodeksidan «Besoqolbozlik» moddasini chiqarish haqidagi chaqiriqlari bilan tanilgan. 

The Diplomat nashri bosh muharriri Ketrin Puttsning yozishicha,  bu ikki blogerning jazoga tortilgani O‘zbekiston hukumati ekstremistik qarashlarga ega progressiv blogerlarga ham, konservativ blogerlarga ham toqat qilmasligidan dalolat beradi.

Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev 26 - yanvar kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu jazoga Orifxo‘jayev 2021 - yilning 6 - martida Facebookda yozgan posti asos bo‘ldi. Bloger o‘z postida boshqa din vakillarini diniy bayramlari bilan tabriklash to‘g‘ri yoki yo‘qligi haqida o‘z fikrini bildirgan.

Ammo Orifxo‘jayev bu postni yozganidan keyin bir necha oy o‘tgach qo‘lga olindi. Xabar qilinishicha, bloger 2021 - yilning 26 - iyunida boshqa bir bloger va ulamo Abror Abduazimov va’z o‘qiyotgan Toshkentdagi «To‘xtaboy» masjidiga boradi. U yerda Orifxo‘jayev hukumatparast bloger Abduazimovni (ijtimoiy tarmoqlarda Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan) "ikkiyuzlamachi" deb ataydi. 

28 - iyun kuni ichki ishlar xodimlari Orifxo‘jayevni chaqirtirib, uni mayda bezorilikda ayblab, hibsga olishgan hamda uyali telefonini tortib olishgan. O‘sha kuni sud blogerni 15 sutkaga hibsga olish to‘g‘risida hukm chiqargan. Toshkent sudi Orifxo‘jayevni hibsga olish muddatini avval uch oyga, keyinroq 2021 - yil 13 - dekabrigacha uzaytirgan.

Abduazimovning yaqinda qamoq jazosiga hukm qilingan boshqa bloger – Miraziz Bozorovning ishiga ham aloqasi bor. Bozorov bloger va huquq faoli bo‘lib, O‘zbekiston hukumatni ochiqchasiga tanqid qilib hamda O‘zbekistonda bir jinsli shaxslar o‘rtasida jinsiy aloqani dekriminallashtirishga chaqirib tanilgan. 2021 - yilning mart oyida bir guruh noma’lum shaxs blogerni o‘z uyi oldida kaltaklab ketdi. Hodisa  Toshkent markazidagi Amir Temur xiyobonida yapon animesi va koreys pop-musiqasi tadbirini LGBT anjumani deb o‘ylagan olomonning  «Ollohu Akbar!» degan hayqiriqlaridan ko‘p o‘tmay yuz bergan.

Og‘ir tan jarohatlari olgan Bozorov kasalxonaga yotqizilar ekan, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi blogerning o‘zini ayblab chiqdi. Bozorov ustidan sud to‘rt nafar shaxsning da’vosi asosida ko‘rildi. Bular yuqorida tilga olingan bloger Abduazimov, YouTube tarmog‘idagi kanali bilan tanilgan Shuhrat Musayev, Telegram tarmog‘ida faoliyat yurituvchi bloger Abusolih Salimov hamda Toshkentdagi 110-maktabning bir o‘qituvchisidir. Xabarlarga ko‘ra, o‘qituvchi e’tiroziga Bozorov TikTok tarmog‘ida «Maktab – qul kampirlar va omadsizlar yosh avlodni qul va omadsiz bo‘lishga o‘rgatadigan joy» degan gapi asos bo‘lgan.

21 - yanvar kuni  Toshkentning Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi shu kunga qadar uy qamog‘ida saqlanayotgan Bozorovga 3 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Mahkama boshlanganidan bir kun o‘tib e’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Bozorov Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi g-bandi bilan «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat» qilishda aybdor, deb topilgan.

Maqola muallifiga ko‘ra, bu ikki bloger ishi O‘zbekistonda so‘z erkinligi cheklangani hamda so‘z va ifoda erkinligi ustidan davlat nazorati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Dekabrь oyida Human Rights Watch (HRW) tashkiloti Orifxo‘jayevga qo‘yilgan «asossiz» ayblovlarni bekor qilish va uni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgandi.

Tashkilot o‘z bayonotida Orifxo‘jayevning fikrlari kim uchundir bahsli bo‘lishi mumkinligi, ammo zinhor jinoyat emasligini ta’kidlagan.





Губернаторы России
Москва

Собянин рассказал о росте турпотока из Китая





Москва

За прошедшую неделю подмосковные росгвардейцы обеспечили безопасность более 200 мероприятий


Губернаторы России

103news.net – это самые свежие новости из регионов и со всего мира в прямом эфире 24 часа в сутки 7 дней в неделю на всех языках мира без цензуры и предвзятости редактора. Не новости делают нас, а мы – делаем новости. Наши новости опубликованы живыми людьми в формате онлайн. Вы всегда можете добавить свои новости сиюминутно – здесь и прочитать их тут же и – сейчас в России, в Украине и в мире по темам в режиме 24/7 ежесекундно. А теперь ещё - регионы, Крым, Москва и Россия.

Moscow.media
Москва

Собянин: Москва и Пекин подписали программу сотрудничества на 2024-2026 годы



103news.comмеждународная интерактивная информационная сеть (ежеминутные новости с ежедневным интелектуальным архивом). Только у нас — все главные новости дня без политической цензуры. "103 Новости" — абсолютно все точки зрения, трезвая аналитика, цивилизованные споры и обсуждения без взаимных обвинений и оскорблений. Помните, что не у всех точка зрения совпадает с Вашей. Уважайте мнение других, даже если Вы отстаиваете свой взгляд и свою позицию. 103news.com — облегчённая версия старейшего обозревателя новостей 123ru.net.

Мы не навязываем Вам своё видение, мы даём Вам объективный срез событий дня без цензуры и без купюр. Новости, какие они есть — онлайн (с поминутным архивом по всем городам и регионам России, Украины, Белоруссии и Абхазии).

103news.com — живые новости в прямом эфире!

В любую минуту Вы можете добавить свою новость мгновенно — здесь.

Музыкальные новости

Фёдор Шаляпин

«Всю жизнь я зарабатывал пением и… легким аферизмом». Прохор Шаляпин раскрыл источники дохода в шоу «Вкусно с Анфисой Чеховой» на ТВ-3    




Спорт в России и мире

Алексей Смирнов – актер, которого, надеюсь, еще не забыли

В Лужниках состоялась церемония открытия Всероссийской Спартакиады Специальной Олимпиады

Военно-спортивный фестиваль Росгвардии в «Лужниках» собрал более 20 000 москвичей и гостей столицы

В УФСИН России по Республике Дагестан прошли лично-командные соревнования по легкой атлетике


WTA

Самсонова выиграла турнир WTA в Хертогенбосхе



Новости Крыма на Sevpoisk.ru


Москва

Движение на участке Боровского шоссе в Новой Москве ограничили из-за подтопления



Частные объявления в Вашем городе, в Вашем регионе и в России